Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə140/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Hisobning turlari.
Jamiyatnining rivojlanib borishi bilan hisob tizimi ham takomillashib, fan sifatida yuzaga kela boshlagan. Hozirgi kunga kelib, hisobning uch turidan joydalaniladi:
1. Operativ (Tezkor) hisob.
2. Statistik hisob.
3. Buxgalteriya hisobi.
Statistik hisob — ommaviy xo‘jalik (umumdavlat) hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foyda­laniladi. Statistik hisob yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bunga ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi, o‘sishi va boshqa ko‘rsat kichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuv ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va respublika xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi.
Operativ (tezkor) hisob - ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbar- lik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Operativ hisob turli-tuman xo‘jalik hodisalarni o‘z ichiga olib, asosan ishlab chiqarishni texnik xususi- yatidagi ko‘rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, xarajatlarni me’yorlardan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi haqidagi kabi ma’lumotlar bilan boshqaruv ta’minlaydi. Operativ hisobda o‘lchov birliklarining hamma turlaridan — natura, vaqt va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar talab qilinmaganligi sababli, unda ko‘proq moddiy va mehnat o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi — ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona hamda tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi hamda tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Xozirda respublikamiz hisob tizimida quyidagi o‘lchov birliklaridan foylalaniladi:
– natura o‘lchovi birligi;
– vaqt (mehnat) o‘lchov birligi;
– pul o‘lchov birligi.
Natura o‘lchov birligi tezkor hisobda, statistik hisobda, buxgalteriya hisobining analitik hisobida keng qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birligi bir turdagi buyumlar hisobi uchun kerak bo‘ladi. (metr, kg, dona, juft, litr va h.k).
Pul o‘lchov birligi xo‘jalik jarayonlari (operatsiyalar) va vositalarini yagona o‘lchovda (pulda) umumlashtirishda qo‘llaniladi, ya’ni barcha mablag‘lar qiymat o‘lchov birligida ifodalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchov birligi sifatida so‘m, tiyin qabul qilingan.
Vaqt (mehnat) o‘lchov birligi (oy, kun, soat, minut, sekunt) esa biror bir statistik yoki xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va hokazolarni aniqlashda qo‘llaniladi. Savdo korxonasida esa ma’lum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda kerak bo‘ladi. Vaqt o‘lchov birligi xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob - kitoblarni olib borishda ham ahamiyatlidir. Vaqt o‘lchov birliklari natura o‘lchov birliklari bilan birgalikda mehnat unumdorligini bildiradi.

Bu atama respublikamiz hisob tizimida 1998 yil 26 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 17-07/86-sonli yo‘riqnomasi bilan buxgalteriya hisobi milliy standartining 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» standartida o‘z ifodasini topdi. Ushbu standartda hisob siyosatiga ta’rif berilmagan bo‘lsada, lekin u respub­likamiz iqtisodiyoti va fanida «Hisob siyosati» atamasini qo‘llashning birinchi asosiy manbalaridan hisoblanadi.


«Hisob siyosati» — bu buxgalteriya hisobini tashkil qilishda umumqabul qilingan me’yoriy hujjatlar, tamoyil va usullarni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘zining xususiyatlariga mos holda qo‘llashini ifodalovchi huquqiy kuchga ega bo‘lgan hujjatlar majmuasidir.

Blits-so‘rov” uchun savollar:



  • Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisob o‘rni va ahamiyati.

  • Xo‘jalikdagi hisobning qanday turlari mavjud?

  • Xo‘jalikdagi hisob turlariga qanday talablar qo‘yiladi?

  • Hisob turlarida qanday o‘lchov birliklari qo‘llaniladi?


Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin