Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə35/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobining uzviy aloqa funksiyasi aiohida ahamiyatga ega bo'lib, busiz boshqaruv tizimining

faoliyati ma’nosini yo'qotadi. Keng ko'lamda kompyuterlashtirilgan sharoitda faoliyat ko'rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini korxona va undagi bo'linmalaming ma’lum davr ichidagi faoliyati to‘g*risida, xo'jalik mablag'lari, ulaming vujudga kelish manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi, investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o'zaro munosabatlar to‘g‘risida, moliyaviy natijalami shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg'arilishi to'g'risida, mulkdorlar (aksiyadorlar, paychilar, ta’sischilar va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Ko'rsatkichlaming haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes reja ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o'matiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulaming safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi (1.7-rasm).


1.7-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funksiyasining
vujudga kelish jarayoni.

Buxgalteriya hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada axborot bilan ta’minlay oladi. Boshqa hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi.
Uzviy aloqa funksiyasi, odatda, asosan dastlabki hujjatlardan olinadigan, turli xil tashuvchilardagi birlamchi axborotlami shakllan- tiradi. Masalan, mehnatga haq to'lash to‘g‘risidagi ishbay naryadlarda mavjud bo'lgan axborotlar, ham bajarilgan ishlaming haqiqiy hajmini hisobga olish uchun, ham ma’lum davr ichidagi rejalashtirilgan har bir tadbir bo'yicha rejadan chetga chiqishlami aniqlash uchun ishlatiladi.


  1. Yüklə 5,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin