Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Tushunarlilik va soddalik



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə38/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Tushunarlilik va soddalik hisob axborotlarini boshqaruv maq- sadlari uchun to'g'ridan-to'g'ri, zarur hollarda guruhlangan holda foydalanish imkoniyatidan kelib chiqadi.
Tejamlilik va oqilonalik buxgalteriya hisobi boshqaruv funksi- yasini amalga oshirishi uchun muhim talab hisoblanadi.
Mazkur talabning mazmuni axborotni olish xarajatlarming qiymati hamma vaqt ushbu axborotlardan foydalanishdan kutilayotgan natijalar qiymatidan past bo'lishini bildiradi. Aks holda bunday vaziyat buxgal­teriya apparatining unga yuklatilgan funksiyalami uddalay olmayot- ganligi deb baholanadi. Ayni vaqtda buxgalteriya hisobini soddalash- tirish uni oqilona tashkil etishning muhim yo'nalishi sifatida amaldagi me’yoriy hujjatlaming majburiy talablaridan chetga chiqmasligi lozim.
4.Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari
Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida shakllanadigan axborotlar bilan qiyoslaganda farq qiladigan belgilari uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum mahsulot, ish va xizmatlar bozorida o'zining moliya-xo'jalik strategiyasi ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunning 6-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilar:

  • buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;

  • uzluksizlik;

  • xo'jalik muomalalari, aktivlar va passivlami pulda baholash;

  • aniqlik;

  • hisoblash;

  • oldindan ко‘га bilish (ehtiyotkorlik);

  • mazmunning shakldan ustunligi;

  • ko'rsatkichlaming qiyoslanuvchanligi;

  • moliyaviy hisobotning betarafligi;

  • hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;

  • aktivlar va majburiyatlaming haqiqiy baholanishi.

Har bir tamoyilning mohiyatini ochish uchun ularga batafsilroq to'xtalib o'tamiz. Demak, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish bu barcha xo'jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi schotlarida ikki marta, ya’ni bir schotning debetida ikkinchi schotning kreditida bir xil summalarda aks ettirilishini bildiradi. Shunga ко‘га ikki yoqlama yozuv usulidan foydalanib schotlar korrespondensiyasi tuzilganida uchta narsa: xo‘jalik muomalasining mazmuni (bayoni), debetlanuvchi schot va kreditlanuvchi schot ishtirok etadi. Bu tamoyil ulkan nazorat ahamiyatiga ega. Chunki, bir xo'jalik muomalasi bir vaqtning o'zida bir xil summada ikki marta (ikki joyda) - bir schotning debetida, ikkinchi schotning esa kreditida aks ettirilib, summalarda farq aniqlanganida ushbu muomala bo'yicha xatoga yo‘l qo‘yilganligi va uning aybdori ma’lum bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining uzluksizligi korxonaning butun faoliyati davomida sodir bo'ladigan barcha xo‘jalik muomalalari tasdiqlangan qoida va buxgalteriya hisobi hamda hisobotning me’yorlari asosida tuzilib, qayd qilib borilishini talab etadi.
Xo'jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash tamoyili ulami yagona universal o'lchov - pulda ifodalashni bildiradi. Bunday baholashning haqiqiyligi va to‘g‘riligi butun buxgalteriya hisobi tizimini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborotlar aniqligi dastlabki hisob hujjatlarini yuritish va buxgalteriya hisobi registrlarini to‘lg‘azishdan to buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini taqdim etishgacha bo‘lgan butun buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning asosiy tamoyili hisoblanadi.
Hisoblash tamoyili tegishli mahsulotlar qaysi davrda jo'natilgan (ish va xizmatlar bajarilgan) bo‘lsa, hatto pul mablag'lari sotuvchining schotiga kelib tushmagan bo'lsa ham, ulami sotishdan olinadigan daromadlar shu davrga olib borilishini taqozo etadi. Sarflar ham qaysi davrda amalga oshirilgan bo'lsa, ular korxona tomonidan mazkur hisobot davrida to'langanligidan qat’i nazar, shu hisobot davrida aks ettiriladi. Demak, realizatsiyadan olinadigan daromad mahsulotlar jo'natilgan yoki xizmatlar ko'rsatilgan paytda aniqlanadi. Lekin, iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichidagi ma’lum xususiyatlami hisobga olib, ushbu tamoyilni qo'llash qoidalari buxgalteriya hisobining tegishli milliy standartlari bilan detallashtirilishi mumkin.
Oldindan ко 'ra bilish yoki ehtiyotkorlik tamoyili hisobotda aktivlar va foydani oshirib, majburiyatlami esa pasaytirib baholashga yo'l qo'ymaslikni taqozo etadi.
Natijada potensial yo'qotishlar yoki zararlami aks ettirish uchun korxonaga potensial foydani aks ettirishga qaraganda kam asos kerak bo'ladi. Ushbu tamoyilga muvofiq eng past darajada, ya’ni tannarx yoki bozor bahosi bo'yicha baholash qoidasiga rioya qilish kerak. Bu shuni bildiradiki, agar korxona o‘z aylanma mablag'larini bitta bahoda sotib olib, biroz vaqtdan so'ng esa uning bozor bahosi tushib ketsa, u holda uni hisobotda joriy bozor bahosi bo'yicha baholab, farqi joriy davming moliyaviy natijalariga olib boriladi. Agarda mazkur hisobot davrida aylanma mablag'larining bozor bahosi oshsa, korxona o'z aktivlarini ushbu bozor bahosi bo'yicha sotguniga qadar o'z hujjatlariga o'zgar- tirish kiritmaydi. Bunday yondashuv bozordagi vaziyatning o'zga- ruvchanligi va mulkdorlarning hamda xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan xavf-xatar(risk)lami buxgalteriya hisobida aks ettirishga imkon beradi. Demak, korxona o'z aylanma mablag'larini sotgunga qadar ulami ushbu ikkala bahodan past bahoda aks ettirishi lozim.
Shu bilan birga ushbu tamoyil yashirincha rezerv yaratishga yoki aylanma mablag'larini oshirib yuborishga huquq bermaydi. Chunk! moliyaviy hisobot betaraf va aniq bo'lishi lozim.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyiliga muvofiq xo'jalik muomalalari va boshqa turli xil iqtisodiy hodisalami hujjatlar va hisobotlarda o'zlarining iqtisodiy mazmuniga muvofiq namoyon bo'ladigan qilib aks ettirish lozim.
Ko 'rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi tamoyili, birinchidan, korxona faoliyati to'g'risidagi ma’lumotlaming boshqa korxonalar faoliyati to'g'risida o'xshash axborotlar bilan qiyoslanuvchanligini ta’minlaydi. Qolaversa, muayyan korxonada qo'llanilayotgan buxgalteriya hisobi metodlarida izchillik saqlanishi va shu bilan birga uning bir qancha hisobot davrlaridagi faoliyati to'g'risidagi ma’lumotlaming qiyoslanuvchanligini ham ta’minlaydi.
Ushbu tamoyil tegishli axborotdan foydalanuvchilarga korxona samaradorligi va moliyaviy holati rivojlanishining borishini aniqlashda yordam beradi. Ular turli xil korxonalaming moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatlariga ham ega bo‘lishlari lozim.
Ayni paytda ko'rsatkichlar qiyoslanuvchanligi zarurati unifikatsiyalangan hisob standartlarini kiritishga to'siq bo'lmasligi lozim. Agar korxonaning tasdiqlangan hisob siyosati o'rinlilik va aniqlikning sifat belgilariga muvofiq bo‘lsa, muomalalar shunday tarzda davom yoki hodisalami aks ettirish uchun hisobni shunday tarzda davom ettirish noqulay hisoblanadi.
Axborotdan foydalanuvchilar ilgari ma’lum bir muddat o'tgandan so'ng korxona moliyaviy holatini taqqoslashga zarurati tufayli moliyaviy hisobotlar oldingi davrlar uchun tegishli axborotlami aks ettirishi muhimdir.
Moliyaviy hisobotning betarafligi, uning har xil tafovutlardan xoli bo'lishi bilan izohlanadi. Agar moliyaviy hisobot ko'zda tutilgan natijaga erishish uchun qaror yoki fikr-mulohazalar qabul qilishga ta’sir ko'rsatadigan bo‘Isa, u holda betaraf hisoblanmaydi.
Betaraflik tamoyiliga muvofiq korxona tegishli davrlar uchun o‘z faoliyatining natijalari to‘g‘risida moliyaviy hisobot ko'rinishida manfaatdor organlarga hisobot berib turishi lozim.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi. Bu tamoyil faqat mazkur hisobot davrida daromad olish bilan bog'liq xarajatlargina shu hisobot davrida aks ettirilishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlaming ayrim turlari o'rtasida bevosita bog'liqlikni aniqlash qiyin bo'lsa, u holda xarajatlar biron-bir qulay taqsimlash usuliga muvofiq bir necha hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bunga misol qilib, bir necha yillarga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlarini keltirish mumkin. Kelgusi davr xarajatlari ham shular jumlasidan bo'lib, ular qaysi davrlarda daromad keltirsa, shu davrlarda hisobga olinadi. Mazkur tamoyil hisoblash tamoyili bilan birgalikda ishlatilib, barcha daromadlar va shu daromadlami olish bilan bog‘liq xarajatlar bitta hisobot davrida hisobga olinishini ta’minlaydi. Masalan, agar sotishdan olingan tushum 2010-yilda hisobga olingan bo'lsa, sotilgan mahsulot tannarxi 2011-yilda aks ettirilishi mumkin emas.
Aktivlar va majburiyatlarning haqqoniy baholash tamoyili aktivlar va majburiyatlarning tannarxi yoki sotib olish bahosi, ulami baholashning asosi ekanligini taqozo etadi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko'rib chiqilgan tamoyillarifl .8), talablari(l .7) va yuritish usullari uning metodologik asosini tashkil etib, tegishli obyektlarga nisbatan qo'llaniladi. Uning negizini buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS), boshqa me’yoriy hujjatlar va metodik ko'rsatmalar tashkil etadi.



Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin