Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə41/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Oqilonalik. Hisob siyosati shunday tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobi oqilona va tejamli, korxona ko'lami va faoliyat miqyosiga mos tarzda yuritiladi. Ko'rsatilgan tamoyillar korxona tomonidan o‘z hisob siyosatini ishlab chiqish va qabul qilishning asosini tashkil etishi lozim. Ularga rioya qilinmasligi korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini buzib ko'rsatishi mumkin.
Korxona tomonidan yuqorida ko‘rib chiqilgan farazlar va tamoyillardan kelib chiqqan holda, qabul qilingan hisob siyosati korxonada buxgalteriya hisobi tizimining yaxlitligini ta’minlaydi. U korxonadagi hisob jarayonlarining barcha - uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlarini qamrab oladi Hisob siyosatining uslubiy jihati korxonada mulklami va majbu- riyatlami baholash, amortizatsiya hisoblash va shu kabilami qanday Lisullan qo’llanilishini ko’rsatadi.
Tashkiliy jihati esa - ushbu usullami buxgalteriya xizmatini tashkil etishda qanday amalga oshirilishini bildiradi.
Texnik jihati ushbu usullami hujjatlar va hisob registrlarida qanday amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
4.Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti
Bozor munosobatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobi oldiga yangi talablar qo'ymoqda. Bir tomondan, bu talablar O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan. Ikkinchi tomondan, mazkur qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy konsepsiyasi bilan birga, korxona to'plangan tajribaga tayanib, hisobni tashkil etishning amaldagi tajribasini yangi vazifalami hal etishga qaratishi lozim. Bunda alohida hisob turlari to‘g‘risida axborotlarni olishga noan’anaviy yondashuvlami yaratish va o‘zlashtirish to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bunday axborotlarga birinchi navbatda, mahsulot tannarxini hisoblash bilan bog‘liq xarajatlar, moliyaviy natijalami hisoblash, tahlil usullari, ichki nazorat va unga asosan boshqaruv qarorlarini qabul qilish to‘g‘risidagi axborotlar kiradi.
Ushbu yondashuvlami korxona hisob siyosatini ishlab chiqish yo'li bilan amalga oshiradi. Hisob siyosati tegishli mulklar va majburiyatlar hisobini yo‘lga qo'yishning muayyan usullarini xo'jalik yuritish shart- sharoitlari va amaldagi qonunchilikdan kelib chiqqan holda tanlashni bildiradi. Bunda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning aniq belgilangan yo‘nalishi doirasida bir qancha muqobil usullardan maqbuli tanlanadi, agar bu amaldagi qonunchilikka zid bo'lmasa. Buxgalteriya hisobini yuritishning tegishli usuli buxgalteriya hisobiga oid qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilmagan bo‘Isa korxona uning amaldagi buxgalteriya hisobi qoidalaridan kelib chiqqan holda mustaqil ishlab chiqishi mumkin. Har qanday holatda korxona tarkibiy bo'linmalari ham hisob siyosatiga rioya qilishi lozim (Korxona hisob siyosatining namu- nasi 2-ilovada keltirilgan).
Hisob siyosati moliya yili davomida o’zgartirilmasligi lozim va uning tarkibida quyidagilar tasdiqlanadi:

  • hisob va hisobotning o‘z vaqtidaligi talabidan kelib chiqqan holda, joriy hisobni yuritish uchun zarur bo'lgan, eng kam sondagi, ammo yetarli schotlar ro‘yxatidan iborat Ishchi schotlar rejasi;

  • dastlabki hujjatlaming shakllari (xo'jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun namunaviy shakllari mavjud bo'lmagan) hamda hisob axborotlaridan ichki foydalanuvchilar ehtiyoji uchun tuziladigan boshqaruv hisobi hujjatlarining shakllari;

  • mulklaming alohida turlarini baholashning tegishli variantini tanlash;

  • xarajatlarni guruhlash va ishlab chiqarishga olib borishning tegishli usullarini belgilash;

  • kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari uchun rezervlaming turlari;

  • hujjatlar aylanishi qoidalari va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;

  • buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun talab qilinadigan, xo'jalik operatsiyalarini hamda boshqa amallami bajarish jarayonida tegishli nazorat turini tanlash.

  • Hisob siyosatini qo‘llashning belgilangan chegaralari korxonada to'liqlik, ehtiyotkorlik, xo'jalik faktlari iqtisodiy mazmunining ulaming shaklidan ustuvorligi hamda muvofiqlik va oqilonalik talablari doirasida belgilanishi mumkin.

Korxonada belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosati yildan-yilga izchil qo'llaniladi. Buning natijasida har xil hisobot davrlarida olingan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanishi ta’minlanadi. Shunday qilib, ushbu talabni amalga oshirish maqsadida hisob siyosati tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati (buyruq, farmoyish) tasdiqlangan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilishi lozim.
Yangi tashkil etilgan korxona, u qachon yuridik shaxs maqomini olganligi (Davlat ro'yxatidan o*tganligi)dan qat’i nazar, hisob siyosatini kuchga kiritish bo‘yicha yuqorida belgilangan talablarga rioya qilishi lozim. Ushbu talablar korxonaning filiallari, vakolatxonalari va bo‘linmalariga (jumladan, alohida balansga chiqarilgan) ham taalluqli, ulaming joylashgan yeridan qat’i nazar.
Yangidan tashkil etilgan korxonalarda ishlab chiqilgan hisob siyosatini rasmiylashtirish ko'rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda uning moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilingunga qadar, ammo yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan(davlat ro'yxatidan o'tkazilgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan amalga oshirilishi lozim.
Hisob siyosati tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqilishi lozim.
Yangi Soliq Kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan 2008-yildan boshlab, korxonalar hisob siyosatini buxgalteriya hisobi uchun tuzish bilan birga, unda soliqqa tortish maqsadida alohida bo'lim ishlab chiqishlari maqsadga muvofiq.
Hisob siyosatini ochib berish ta’sis hujjatlariga muvofiq qonunchilik bo’yicha yoki o‘z tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini to'liq yoki qisman e’lon qilishi majburiy bo‘lgan korxonalarga tegishli. Shu munosabat bilan, bunday korxonalar ulaming tijorat sirini tashkil etuvchi axborotlaming ro'yxati va mazmunini aniq belgilab olishlari lozim.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug'urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar biijalari, investitsiya fondlari va ko’rsatilgan hisobotlami hisobot yilidan keyingi yilning 1-maydan kechikmasdan har yili e’lon qilishi lozim bo'lgan boshqa moliya muassasalari, agar boshqacha tartib 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanmagan bo’lsa, yillik moliyaviy hisobotini, buxgalteriya balansini va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotini e’lon qilishlari lozim.
0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» Qonunining qoidalari buxgalteriya hisobining yagona uslubiy tamoyillari asosida rivojlantirilgan buxgalteriya hisobi milliy standartlari qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlari qonunga zid bo’lmasligi va uning uslubiy ta’minotini ri vojlantirishi lozim. Hozirgacha 26 ta BHMS ishlab chiqilgan va amaliyotda qo'llanilmoqda. Bizning fikrimizcha, BHMSlar keyinchalik ularga buxgalteriya hisobining ayrim murakkab qoidalari va normalari qo'shimcha sharhlar bilan to‘ldirilgan va buxgalteriya hisobining texnik jihatlari to'liqroq aks ettirilgan holda qayta ко‘rib chiqilishi zarur.
Korxona darajasida buxgalteriya hisobini uslubiy ta’minlash quyidagilami qo'llash bilan belgilanadi:

  • tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilami zarur axborotlar bilan ta’minlaydigan, sintetik va analitik schotlardan iborat, namunaviy schotlar rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi schotlar rejasi;

  • xo'jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun mo'ljallangan tarmoqlararo va tarmoq dastlabki hujjatlarining namunaviy shakllari. Dastlabki hujjatlaming namunaviy shakllari ko‘zda tutilmagan hodisalar hamda ichki buxgalteriya hisoboti uchun dastlabki hujjatlar shakllari umumiy talablar va tnajburiy rekvizitlar ro'yxatiga mos kelishi lozim;

  • xo'jalik operatsiyalarini, ulaming mazmunidan kelib chiqqan holda joriy nazorat modeli inventarizatsiya o'tkazish texnologiyalari va ayrim turdagi mulklar hamda majburiyatlami baholash uslublari;

  • amal qilayotgan hisobni tashkil etish va mavjud texnik vositalar negizida hujjatlar aylanishi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi.

Shunday qilib, boshqaruv pog'onalarining har birida o'zining vazifalari hal etiladi. Shu bilan birga ulaming barchasi oxir-oqibatda buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillariga muvofiq hisob jarayonini tartibga solish va maqbullashtirishga qaratilgan.
Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillari korxona hisob siyosatining tarkibiy qismi sifatida quyidagilami nazarda tutadi:

  • korxona mulklari va majburiyatlarining boshqa korxona va mulkdorlardan alohidaligi;

  • korxona faoliyatining uzluksizligi, ya’ni kelajakda o‘z faoliyatini to'xtatish niyatining yp'qligi;

  • bir hisobot davridan boshqasiga o'tishda o‘z faoliyatini izchil amalga oshirishi va natijada, o'z majburiyatlarini to'lamaslik niyatining yo'qligi (hisob siyosatini izchil qo'llash tamoyili);

  • hisoblash paytiga rioya qilinishi, ya’ni daromadlar va xarajatlar ular shakllangan paytda emas, ular tegishli bo'lgan hisobot davrida aks ettiriladi.

Korxona hisob siyosati quyidagilami ta’minlashi lozim:

  • korxonada sodir bo'ladigan barcha xo'jalik operatsiyalarini ikkiyoqlatna yozuv usuli bilan o'z vaqtida va to'liq aks ettirish (to'liqlik tamoyili);

  • o'z xatti-harakatlarida ehtiyotkorlik, o'zining xatti-harakatlari bilan korxonaning moliyaviy barqarorligiga ataylab zarar yetkazmaslik;

  • huquqiy va iqtisodiy yondashuvlarning ayrim amaldagi qoidalarini formal tushunishdan ustunligi (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);

analitik schotlar boshlang'ich va oxirgi qoldiqlari hamda debet va kredit oborotlari mos ravishda yig'indilarining umumlashtiruvchi sintetik schotning boshlang’ich va oxirgi qoldig'i hamda debet va kredit oborotlariga mos ravishda tengligi (muvofiqiik tamoyili);

  • buxgalteriya hisobini muayyan korxona faoliyatini inobatga olgan holda tejamli va oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili);

  • bir tomondan, korxonaning moliyaviy natijasini hisoblash maqsadida, ikkinchi tomondan korxona moliyaviy ahvoli to‘g‘risida tashqi foydalanuvchilarga axborotlami taqdim etish maqsadida, hisob (oy) va hisobot (choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik) davrini chegaralash, ya’ni davriylik tamoyili;

  • moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili (uning tarkibi o'zgarmasligi, balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko'rsatkichlarining hisobot yili boshi va oxirida taqqoslanuvchanligi, hisobotning e’lon qilinishi).

Buxgalteriya hisobini uslubiy ta’minlash bo’yicha yuqorida keltirilgan yondashuvlami yana bitta, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan, ammo bizning mamlakatimizda deklaratsiya qilinmagan yondashuv bilan to'ldirish mumkin. Uning mazmuni: birlamchi yozuv, agar u hujjat bilan rasmiylashtirilgan va ishtirokchilar tomonidan boshqacha holat nazarda tutilmagan yoki sud orqali isbotlanmagan bo'lsa, ishonchli deb tan olinadi. Mazkur tamoyil qonunning ustunligini belgilab, ijro hokimiyati organlari tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid keladigan xatti-harakatlami amalga oshirishni bartaraf qiladi.
Buxgalteriya hisobining alohida masalalarini yo‘lga qo'yish jarayonida tegishli usullaming mavjud emasligi korxona oldiga boshqa yondashuvlami tanlash muammosini qo’yadi. Muhimi, bunday yondashuvlar №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMSga zid kelmasligi lozim.
Hisob siyosati korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan yillik hisobotni birinchi e’lon qilishdan, ammo yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro'yxatidan o‘tgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtiriladi.
5. Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’ininoti
Buxgalteriya hisobi boshqaruv funksiyasi sifatida o'zining tash­kiliy tuzilmasiga ega {Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta'ininolini bu yerda hisob siyosatining tarkibiy qismi sifatida ко ‘rib chiqamiz. Buxgalteriya hisobini tashkil etish masalalari 16-mavzuda batafsil bayon qilingan).
Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga ishonchli va zarur axborotlami kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida taqdim etish vazifasiga bo’ysundirilgan bo'lishi lozim. Ushbu vazifani hal etish qator omillar bilan ta’minlanib, ulardan har biri qaror topgan an’analar, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ishlarining hajmidan kelib chiqadi.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob quyi tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o’rtasida keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga oshirish zarur. U hisob axborotlarining alohida foydalanuvchilar o’rtasida aniq yo'nalishini belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo'yicha boshqaruv va korxonani strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu axborot faqat korxona menejerlariga ruxsat etiladi. Boshqaruv hisobini tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi.
Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning uchun ma’lum talablar va tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun uning rahbari javobgar. Rahbar hisob siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini (namunaviy shakli bo'lmagan xo'jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun). inventarizatsiya o’tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini va buxgalteriya hisobini taslikil etish maqsadida zarur bo’ladigan tartib- qoidalami tasdiqlashi lozim.
0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, korxona rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuntish huquqiga ega. Lekin qaysi holatlarda ushbu fiinksiyani rahbaming o‘zi bajarishi aniq ko’rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes korxonalari, masalan, dehqon xo’jaliklari uchun qulay.
Bosh buxgalter boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati tashkil etilishi ham mumkin. Bunday xizmat korxonaning boshqa bo’linmalari kabi tarkibiy bo'linma hisoblanadi.
Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo’ysunadi va hisob siyosatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, to'liq va ishonchli moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgar.
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan buxgalteriya, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega buxgalter tomonidan yuritilishi mumkin.

Наг qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini tanlash hisob jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob texnologik jarayoniga EHMni keng qo'llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish afzal hisoblansa, hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan buxgalteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega. Asosiy masala - buxgalteming ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi, xodimlar soni, ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlaming nomenklaturasi, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va shu kabilaming soni katta ahamiyatga ega emas.
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ulaming ish yuklamasi, boshqaruv tizimidagi pog'onalar o'rtasida to‘g‘ri va teskari o'zaro aloqalar hisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish vositalari va kanallaridan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim.
' Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi:

  • predmetli;

  • chiziqli;

  • funksional. ,

Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlami bo'limlaming nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi:

  • hisob-kitob bo‘limi;

  • ishlab chiqarish bo‘limi;

  • hisob bo'limi;

  • sotish bo'limi;

  • umumiy bo'lim.

Albatta, konsolidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya paketiga to'g'ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash imkoniga ega emas. Chunk! bosh kompaniyaning balansi faqat sho'ba korxonalariga qo'yilmalar summasidan iborat va ushbu qo'yilmalaming jami real qiymatini va mos ravishda aksiyadorlaming ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun ulaming qo'yilmalarini obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaning barcha sho'ba va tobe korxonalari faoliyatining ko'rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan obyektiv axborotlar zarur.
Buxgalteriya hisobining texnik ta’mlnoti
O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidawgi Qonuni 2-moddasiga muvofiq «Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilami o‘z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir».
Ushbu maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirishning muhim shartlaridan biri hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobining texnik jihatlarini ilmiy asoslangan holda tashkil etish hisoblanadi.
Xorijiy, MDH mamlakatlari va Respublikamizda chop etilgan sohaga oid ilmiy va o‘quv uslubiy adabiyotlar hamda me’yoriy hujjatlarda ко‘pincha «hisob texnikasi», «buxgalteriya hisobi texnikasi», «hisobda qayd etish texnikasi», «hisob yuritish texnikasi» kabi atamalar uchraydi. Bu atamalar buxgalteriya hisobining analitik va sintetik hisob registrlarida xo’jalik operatsiyalarini yozish (qo’lda bajariladigan yoki avtomatlashtirilgan hisob sharoitida), ularda oborot va qoldiqlar chiqarish kabi amallami bildiradi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish hamda taqdim etishga qadar barcha ishlami mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda moddiy-texnik ta’minlash - hisob siyosatining texnik ta’minoti deb ataladi.
Hisob siyosatining texnik ta’minoti buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy jihatlarini zamon talablari darajasida amalga oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimidir.
Bunday tadbirlar tizimiga quytdagilami kiritishimiz mumkin:

  • xo’jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy schotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo'riqnoma asosida ishchi schotlar rejasini ishlab chiqish;

  • dastlabki hujjatlar va ulami rasmiylashtirish qoidalari (buxgalteriyaning har bir bo’limi bo’yicha, masalan, ish haqi hisobi, materiallar hisobi va h.k);

  • sintetik va analitik hisob registrlarining korxona sharoitiga mos namunaviy shakllarini tanlash va (yoki) ishlab chiqish;

  • zamonaviy EHM, axborot texnologiyalari, dastur ta’minoti va shu kabilar negizida buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish;

  • sintetik va analitik hisob obyektlari bo’yicha tasniflagich (kodifikator)lar tuzish;

  • biznesni boshqarishning zamon talablariga javob beradigan malakali buxgalterlar bilan ta’minlash;

  • hisob jarayonlarini optimallashtirishga doir tashkiliy-texnik va sanitariya-gigiyena tadbirlari;

  • ichki nazorat tizimini tashkil etish;

  • hisob xodimlari jamoasida ishlab chiqarish munosabatlari madaniyati va mehnat taqsimotini tashkil etish;

  • hisobot tuzish va taqdim etishni tashkil etish .

Hisob siyosatining texnik ta’minotini shakllantiradigan tadbirlar tizimidagi talablaming barchasi muhim hisoblanib, sanitariya-gigiyena masallari va malakali buxgalterlar bilan ta’minlash va buxgalteriya apparati xodimlari orasidagi muhit sog'lomligi birinchi omil hisoblanadi. Bu ko‘p jihatdan korxona rahbariyatining malakali kadrlarga munosabati va tashkilotchilik layoqatiga bog'liq. Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobining texnik ta’minotida ishchi schotlar rejasini tuzish va hisob registrlarini ularga mos ravishda tanlash muhim o‘rin tutadi.
Avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanishini tashkil etish tizimi belgilangan darajada strategik boshqaruv tizimini qoUlab-quvvatlaydi, barcha turdagi va shakllardagi, jumladan audio va videohujjatlarga ham ishlov berish imkoniyatini hamda boshqa quyi tizimlar bilan muvofiqlikni ta’minlaydi. Mazkur hujjatlar aylanishining afzalligi hujjatlar aylanishining ko‘p pog'onali ierarxik tuzulmasini qo'llab- quvvatlash hisoblanadi. Pirovard natijada, avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanishini tashkil etishda bunday yondashuvlami amalga oshirish - bu korxonada buxgalteriya hisobini yo‘lga qo'yishning yangi sifat bosqichiga, natijada, samaraliroq boshqaruv darajasiga o‘tish demakdir. 6. Hisob siyosatini o'zgartirish
Hisob siyosati, qoidaga ko'ra, hisobot davri davomida o'zgartiril- masligi lozim.
Hisob siyosatini o‘zgartirishga quyidagi shart-sharoitlar ta’sir ko'rsatadi:


Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin