0‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik yoki buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi davlat organi me’yoriy hujjatlarining o‘zgarishi;
korxona moliya-xo'jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida buxgalteriya hisobini yuritishning yangi usullarini ishlab chiqilishi;
korxona faoliyatining jiddiy o'zgarishi.
Bunda moliyaviy hisobotdan manfaatdor foydalanuvchilar qo'llash to'g'nsida moliyaviy ahvolni, pul oqimlarini yoki moliyaviy natijalami ishonchli baholash mumkin bo'lmagan, buxgalteriya hisobini yuritish usullari muhim deb e’tirof etiladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, pul mablag'larining harakati yoki faoliyatining natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan yoki ko'rsata oladigan hisob siyosatini o'zgartirish oqibatlari pul ifodasida baholanadi. Hisob siyosatini o'zgartirish oqibatlarini pul ifodasida baholash buxgalteriya hisobining o'zgartirilgan usuli qo'llanila boshlagan sanaga, korxona tomonidan chiqarilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hisob siyosatini o'zgartirish oqibatlarini aks ettirish hisobot davri uchun tegishli ma’lumotlami hisobot davridan oldingi davrdagi moliyaviy hisobotga kiritishdan iborat. Ko'rsatilgan tuzatishlar faqat moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. Bunda hech qanday buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi.
Hisob siyosatini o'zgarishini hisob siyosatidan oldingi davrga nisbatan pulda ifodalash unchalik ishonchli amalga oshirilmaganda buxgalteriya hisobini yuritishni o'zgartirilgan usuli faqat bunday usul kiritilgan xo'jalik faoliyati faktlarga muvofiq qo'llaniladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirishlar yilning 1- yanvaridan, ya’ni moliya yilining boshidan kiritilishi lozim.
Hisobot yilidan keyingi yil uchun hisob siyosatiga kiritilgan o'zgartirishlar moliyaviy hisobotni tushuntirish xatida izoh beriladi. Korxona faoliyatida birinchi marta vujudga kelgan yoki oldin mavjud bo'lgan faktlardan mohiyatan farq qiladigan xo'jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobida yuritish usulini tasdiqlash hisob siyosatining o'zgartirilishi hisoblanmaydi.
Nazorat savollari «Korxonaning hisob siyosati» tushunchasining mazmunini ochib bering.
Hisob siyosati qanday vazifalami hal etadi?
Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy tamoyillarini aytib bering.
0‘zbekistonda buxgalteriya hisobini boshqarish tizimi qanday?