Tushunarlilik va soddalik hisob axborotlarini boshqaruv maq- sadlari uchun to'g'ridan-to'g'ri, zarur hollarda guruhlangan holda foydalanish imkoniyatidan kelib chiqadi.
Tejamlilik va oqilonalik buxgalteriya hisobi boshqaruv funksi- yasini amalga oshirishi uchun muhim talab hisoblanadi.
Mazkur talabning mazmuni axborotni olish xarajatlarming qiymati hamma vaqt ushbu axborotlardan foydalanishdan kutilayotgan natijalar qiymatidan past bo'lishini bildiradi. Aks holda bunday vaziyat buxgalteriya apparatining unga yuklatilgan funksiyalami uddalay olmayot- ganligi deb baholanadi. Ayni vaqtda buxgalteriya hisobini soddalash- tirish uni oqilona tashkil etishning muhim yo'nalishi sifatida amaldagi me’yoriy hujjatlaming majburiy talablaridan chetga chiqmasligi lozim.
2.Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida shakllanadigan axborotlar bilan qiyoslaganda farq qiladigan belgilari uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum mahsulot, ish va xizmatlar bozorida o'zining moliya-xo'jalik strategiyasi ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunning 6-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilar:
buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;
hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
aktivlar va majburiyatlaming haqiqiy baholanishi.
Har bir tamoyilning mohiyatini ochish uchun ularga batafsilroq to'xtalib o'tamiz. Demak, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish bu barcha xo'jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi schotlarida ikki marta, ya’ni bir schotning debetida ikkinchi schotning kreditida bir xil summalarda aks ettirilishini bildiradi. Shunga ко‘га ikki yoqlama yozuv usulidan foydalanib schotlar korrespondensiyasi tuzilganida uchta narsa: xo‘jalik muomalasining mazmuni (bayoni), debetlanuvchi schot va kreditlanuvchi schot ishtirok etadi. Bu tamoyil ulkan nazorat ahamiyatiga ega. Chunki, bir xo'jalik muomalasi bir vaqtning o'zida bir xil summada ikki marta (ikki joyda) - bir schotning debetida, ikkinchi schotning esa kreditida aks ettirilib, summalarda farq aniqlanganida ushbu muomala bo'yicha xatoga yo‘l qo‘yilganligi va uning aybdori ma’lum bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining uzluksizligi korxonaning butun faoliyati davomida sodir bo'ladigan barcha xo‘jalik muomalalari tasdiqlangan qoida va buxgalteriya hisobi hamda hisobotning me’yorlari asosida tuzilib, qayd qilib borilishini talab etadi.
Xo'jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash tamoyili ulami yagona universal o'lchov - pulda ifodalashni bildiradi. Bunday baholashning haqiqiyligi va to‘g‘riligi butun buxgalteriya hisobi tizimini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborotlar aniqligi dastlabki hisob hujjatlarini yuritish va buxgalteriya hisobi registrlarini to‘lg‘azishdan to buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini taqdim etishgacha bo‘lgan butun buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning asosiy tamoyili hisoblanadi.
Hisoblash tamoyili tegishli mahsulotlar qaysi davrda jo'natilgan (ish va xizmatlar bajarilgan) bo‘lsa, hatto pul mablag'lari sotuvchining schotiga kelib tushmagan bo'lsa ham, ulami sotishdan olinadigan daromadlar shu davrga olib borilishini taqozo etadi. Sarflar ham qaysi davrda amalga oshirilgan bo'lsa, ular korxona tomonidan mazkur hisobot davrida to'langanligidan qat’i nazar, shu hisobot davrida aks ettiriladi. Demak, realizatsiyadan olinadigan daromad mahsulotlar jo'natilgan yoki xizmatlar ko'rsatilgan paytda aniqlanadi. Lekin, iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichidagi ma’lum xususiyatlami hisobga olib, ushbu tamoyilni qo'llash qoidalari buxgalteriya hisobining tegishli milliy standartlari bilan detallashtirilishi mumkin.