2.Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari
va funksiyalari Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi axborotdan foydala- nuvchilami o'z vaqtida, to'liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlaming holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlaming holati to'g'risida to'liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’Iumot- larini umumlashtirish;
moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlami tuzishdan iborat3.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilini- shi ustidan nazorat o'matish, xo'jalik faoliyatida salbiy holatlaming oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo'jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur.
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sis- chilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditoriar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to'liq va ishonchli bo'lishi, ya’ni foyda- lanuvchilarga xo'jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlami taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo'lishi lozim.
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-xo'jalik faoliyati faktlarining 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o'matish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo'jalik muoma- lalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa korxona xo'jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, shartnomalaming bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Birin- chisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslami hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriq- larini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun bir vaqtning o'zida ulaming bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmat- laming tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo'limnalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bunday ulkan vazifalar korxonalaming hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarish zaxiralarini va xarajatlarini o'z vaqtida hisobga olib borish bilan muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi oldiga qo'yiladigan ushbu vazifalar uning nafaqat xo'jalik mablag'lari (aktivlari) va mablag'lar manbalari (passivlar) hamda xo'jalik jarayonlarini (ta’minot, ishlabchiqarish, realizatsiya) ro'yxatga oluvchi va axborotlami saqlovchi tizim ekanligidan dalolat beradi. Uning asosiy maqsadi - korxona iqti- sodiyotini boshqaradigan tizimni ishonchli, turli pog'onalardagi boshqaruvchilarga tushunarli hisob-iqtisod axborotlari bilan ta’min- lashdan iborat.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini qaror toptirish va rivojlantirish butun buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish, jumladan buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilishi bilan chambarchas bog'liq.
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalami bajaradi (1.6-rasm).