Fanidan O’quv-uslubiy majmua


-MAVZU. Xalq xo’jaalik tarmoqlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə39/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

8-MAVZU. Xalq xo’jaalik tarmoqlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari.


Kitobiy olimlik- ziynat, ammo и poydevor emas.
M.Monten
1.Hisob siyosatining mohiyati va vazifalari.
2.Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni.
3.Hisob siyosatini shakllantirish tamoyillari.
4.Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti.
5. Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’ininoti
6. Hisob siyosatini o'zgartirish

1.Hisob siyosatining mohiyati va vazifalari
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo'Iga qo'yish usullarining tartiboti bo'lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat o'lchovida ifodalash (baholash va kalkulatsiya), joriy guruhlash (schotlar va ikkiyoqlama yozuv) va yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash, kalkulatsiya, xo'jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va hokazolaming muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi.
Hisob siyosatining asosiy vazifasi - korxona faoliyatini yuqori darajada obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to'liq va ishonchli axborotlami shakllantirishdan iborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilaroi ta’minlashi lozim:

  • xo'jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to'liq aks ettirish (to'liqlik tamoyili);

  • xo'jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o'z vaqtida aks ettirish (o'z vaqtidalik tamoyili);

  • mumkin bo'lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va majburiyatlami buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezervlar yaratilishiga yo'l qo'ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili);

  • xo'jalik faoliyati faktlarini nafaqat ulaming huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo'jalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);

  • har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo'yicha qoldiq va obo- rotlaming analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o'zaro zid bo'lmaslik tamoyili);

  • korxonaning hajmi va xo'jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili).

Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan hisob yuritish usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida qandaydir obyekt uchun hisob yuritish usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab chiqishi murnkin. Наг ikkala holda hisob siyosatini tashkil etishda korxonada asosiy talab - buxgalteriya hisobini yuritish usulini tanlash yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu quyidagilarni bildiradi: tanlangan hisob yuritish usulining korxonaning barcha tarkibiy bo'linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilganlari ham qo'llashi, aks holda hisob axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish murnkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar boshqachasi standartda belgilangan bo‘lmasa, qo'llashi murnkin; masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan olingan foyda bitta usul - tovarlami xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish me’yoriga qarab aniqlarfadi.
2.Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni
Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat (15.1 rasm).

15.1-rasm. Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari.
Hisob siyosatini shakllantirishning birinchi bosqichida lining predmeti aniqlanadi. Chunki har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o’zining buxgalteriya hisobi obyektlari to‘plamiga ega. Ikkinchi bosqichda hisob obyektlarining tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan muayyan shart-sharoitlar aniqlanadi. Uchinchi bosqichda oldingi bosqichda aniqlangan, yo‘1 qo’yilgan qoidalarga nisbatan hisob siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi. To'rtinchi bosqich buxgalteriya hisobini yuritishning muqobil usullaridan maqbulini tanlashdan iborat. Beshinchi bosqichda muayyan korxona uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi. Oxirgi, oltinchi bosqichda tanlangan hisob siyosati hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  • korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko’lami);

  • tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani kengaytirish, qo'shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish, raqobatbar- doshlikni mustahkamlash va b.);

  • faoliyat xususiyatlari - ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi, ishlatiladigan resurslar), tijorat (ta’minot va sotishni tashkil etish, hisob- kitob tizimi va shakllari), moliyaviy (bank, soliq inspeksiyasi bilan o'zaro munosabatlar), boshqaruv (tuzulmasi, mulkdorlarga bog’liqligi, ularga hisobot taqdim etish tartibi);

  • kadr ta’minoti - xodimlaming malakasi;

  • xo’jalik vaziyati - bozor infratuzilmasining rivojlanganligi, buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligining ahvoli.

3.Hisob siyosatini shakllantirish tamoyillari
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va qoidalari 0‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» Qonuni, Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan. Ularni amalga oshirishda muayyan korxonaning hisob siyosatida quyidagi farazlardan kelib chiqish zarur.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin