MATEMATIK TUSHUNCHA, TA’RIF, AKSIOMA VA TEOREMALARNING MANTIQIY TUZILISHI. O`QUVCHILARINING MATEMATIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA MASALALARNING AHAMIYATI. MASALA YECHISHDA UMUMIY VA XUSUSIY USULLAR.
Matematik tushunchalarni ta'riflash. Ta'riflarning turlari
Teorema va uning turlari.
Matematika o’qitish vositalari . matematika kabineti va uni jihozlash
Real dunyodagi jism – hodisalarning umumiy va xususiy belgilarini tushunchalar yordamida ifoda qilamiz. Har qanday tushunchani ta'riflashda o’zidan oldingi ta'riflangan tushunchalardan foydalaniladi. Bu mantiqiy bog’lanishni ketma-ket davom ettirib, shunday tushunchaga boramizki, uni ta'riflash uchun o’zidan oldingi tushuncha mavjud bo’lmaydi. Bularga nuqta, to’g’ri chiziq, tekslik misol bo’la oladi.
Haqiqiy dunyodagi biror narsa yoki hodisa haqidagi tushunchaning ta'rifi «shu narsa yoki hodisaning asl o’zi nima»? degan savolga javob beradi.
Fanda odatda «ta'rif deganda qaralayotgan tushunchalarni boshqalaridan farqlashga, fanga kiritilgan yangi termin mazmunini oydinlashtirishga imkon beruvchi mantiqiy usul tushuniladi».
Fan tarixida terminni ta'riflaymizki yoki shu terminga mos tushunchani ta'riflaymizmi degan savolni hal qilishda ikki yo’nalish ikki tendentsiya paydo bo’lgan. Birinchi yo’nalish nominal (lotincha nomen «so’zidan olingan bo’lib, o’zbekcha «nom» «ism» degan ma'nolarni bildiradi) ta'rif, ikkinchi esa real (lotincha real so’zidan olingan bo’lib, o’zbekcha «yaqqol» degan ma'noni bildiradi) ta'rif nomoyondalaridir.
www.themegallery.com
Nominal ta'rif orqali fan tiliga yoki tabiiy tilga kiritilgan yangi terminning (shu bilan bir qatorda so’n'iy tildagi simvollarning)mazmuni yakkol ko’rinishda ifoda qilinadi.
Real ta'rif orqali esa karalayotgan tushunchaning shu guruhdagi tushunchalardan farqi ko’rsatib beriladi. Bunda ta'riflanuvchi va ta'riflovchi tushunchalar hajmlarining teng bo’lishi muhim rol' uynaydi.Masalan: Aylana deb tekislikning biror nuqtasidan masofasi berilgan masofadan katta bo’lmagan masofada yotuvchi nuqtalar tuplamiga aytiladi bu erda ta'riflanuvchi tushuncha aylana tushunchasidir, ta'riflovchi tushunchalar esa tekislik, nuqta, masofa tushunchalaridir. Ta'riflarni boshqacha klassifikatsion va genetik ta'riflar deb ikki guruhga bo’ladilar.