2. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, deyarli bir asrlik
boshboshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib
o‘rnatish oson emas edi. Uni faqatgina kuchli siyosat yurgizib,
mamlakat qudratini mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur
o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida dastlab barlos
qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. Chunki bunday ishonchli
gvardiya, ayniqsa, uning siyosiy va harbiy kurashlari uchun zarur edi.
68
Shuningdek, Amir Temur davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa-
da, ammo mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo‘yib borish
nihoyatda og‘ir edi. Zero, mamlakat yo biron-bir viloyat yoki ijtimoiy
tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo‘lgan amirlar avval boshda
uning hukmronligini tan olgan bo‘lsalar-da, ular bilan Amir Temur
o‘rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ularning namoyondasi
bo‘lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p
jihatdan bog‘liq edi. Aynan shuning uchun ham 1370-yilning o‘rtalarida
Samarqandda o‘tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan
nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig‘ib, ularga har birining mavqeyi va
martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar)
taqsimlab beradi, katta-katta sovg‘alar ulashadi.
Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida
mamlakat hududlarini birlashtirishga kirishar ekan, hududlar ustiga
dabdurustdan harbiy yurishlar qilmasdan, kelishuvchilik siyosatini tutdi.
Shu bois ham u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni, Farg‘ona,
Shosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritishda unchalik qiynalmadi.
Ammo Xorazmda ahvol boshqacha edi. Xorazmning o‘sha davrdagi
hukmdorlari (Husayn So‘fi, Yusuf So‘fi) Oltin O‘rda ta’sirida bo‘lib,
elchilar jo‘natilganligiga qaramay bir necha yil Amir Temur
hokimiyatnini tan olmadilar.
Shuning uchun, ham Amir Temur Xorazm ustiga besh marotaba
(1371, 1373, 1375, 1379, 1388-yillar) qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi.
1388-yildan so‘ng Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. Amir
Temurning harbiy yurishlari 1386-yildan boshlab “uch yillik”, 1392-
yildan “besh yillik”,1399-yildan “yetti yillik” urushlar nomini olagn.
XIV asrning 80-yillari o‘rtalariga kelib butun Xuroson Sohibqiron
ixtiyoriga o‘tadi. “Uch yillik” urush davrida Amir Temur Ozarbayjon,
Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni bo‘ysundiradi. Shundan keyin u
Kavkazga yurish boshlab Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi.
1388-yilning yanvarida Amir Temurning qaytishidan xabardor
bo‘lgan dushmanlar chekina boshlaydilar. Amir Temurdan topshiriq
olgan amirlar, Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalar dushmanni
Sirdaryo bo‘yidagi Sarisuv degan joyda quvib yetib, unga katta talofat
yetkazdilar. 1388-yilning oxiridagi yana bir to‘qnashuv (Sagaron,
Kattaqo‘rg‘on atroflarida) To‘xtamishning mag‘lubiyati va qochib
ketishi bilan yakunlandi. 1395-yilning bahorida Kavkazdagi Terek
daryosi bo‘yida To‘xtamish va Amir Temur qo‘shinlari yana
to‘qnashdilar. Bu jangda To‘xtamish qattiq mag‘lubiyatga uchradi,
69
poytaxt Saroy Berka ishg‘ol etildi va Oltin O‘rdaning qudratiga qattiq
zarba berildi.
Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning bir mamlakatga qilgan
yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket
borgan. Xorazm, Xuroson, Eron, Hindiston yurishlari bunga misol bo‘la
oladi. Ma’lumki, Sohibqiron hokimiyat tepasiga kelgan davrda Eron va
Xurosonda ham bir nechta kichik davlatlar mavjud bo‘lib, oddiy xalq va
savdogarlar ulardan ko‘p jabr ko‘rar edilar. Amir Temur 1380-yildan
boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur, Sabzavor
shaharlari unga jangsiz taslim bo‘ladilar. 1388-yilning yanvarida Amir
Temurning
qaytishidan
xabardor
bo‘lgan dushmanlar
chekina
boshlaydilar.
Sohibqiron Ozaybarjonga bir necha bor hujum qilib 1387-yilda uni
egallashga muvaffaq bo‘ladi. 1392-yilda Armaniston va Gruziya Amir
Temur izmiga o‘tadi. Shimoliy Hindiston va Kashmir musulmonlari
qaroqchilardan aziyat chekayotganligi bois Temur Hindistonga ham
yurish qilib, 1399-yil martida bu hududlarni ham egallaydi. 1400-yilda
Amir Temur qo‘shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni bilan
kurash olib borib, o‘sha yili Misr sultoni Farajni tor-mor etdi. 1402-yilda
Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to‘qnashdi va
uni tor-mor etdi.
Temurning bu g‘alabasi, ayniqsa, yevropaliklarda katta taassurot
qoldirgan edi. Misol uchun, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba
munosabati bilan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va
Vizantiya imperatori Temurga o‘z tabriknomalarini yuborganliklari
manbalarda ma’lum. Chunki, tadqiqotchilar tili bilan aytganda,
Yevropaga ulkan xavf solib turgan Boyazid boshchiligidagi usmoniylar
imperiyasiga berilgan zarba uchun endigina uyg‘onayotgan butun
Yevropa Amir Temurdan minnatdor edi. 1404-yilning may oyida Amir
Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va Xitoyga
bo‘ladigan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 1404-yilda qahraton
qishda Temurning 200 minglik qo‘shini Samarqanddan Xitoy yurishiga
chiqadi. O‘sha yili qish O‘rta Osiyo tarixidagi eng qahraton qishlardan
bo‘lgan edi. Sirdaryoning suvi bir metrga muzlagan, askarlardan
ko‘pining qo‘l-oyoqlarini, quloq-burunlarini sovuq olgan edi. Amir
Temurning o‘zi ham ko‘p o‘tmay shamollab qoladi. 1405-yil yanvar
oyining o‘rtalarida O‘trorga to‘xtashga qaror qilishadi va bu yerda 18-
fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etadi.
70
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar olib boradi. Ushbu
yurishlar natijasida ulkan saltanat barpo etildiki, uning tarkibiga
Movarounnahr va uning atrofidagi viloyatlar, Xorazm, Kaspiy atrofidagi
viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy
Rossiya, Kavkaz va G‘arbiy Osiyoning bir qator davlatlari kirgan. Amir
Temurning ulkan davlat barpo etishdagi faoliyati uning maqsad va
rejalariga ko‘ra ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich 1360-1386-
yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Sohibqiron Movarounnahrda
markazlashgan kuchli davlat barpo etishga erishadi. Ikkinchi bosqich
1387-1404-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Amir Temur mamlakat
qudratini mustahkamlash payida bo‘ldi. O‘sha vaqtdagi Qobul va
Shimoliy Hind mulklarining hukmdori bo‘lgan Pirmuhammadni taxtga
o‘tqazish tarafdorlari ko‘p bo‘lsa-da, Mironshoh Mirzoning o‘g‘li,
Toshkent, Sayram, Turkiston yerlarining hokimi Xalil Sulton 1405-
yilning 18-martida o‘zining ming chog‘li askari bilan shoshilinch tarzda
Samarqand taxtini egallaydi. Xalil Sulton boshqa bir temuriy shahzoda
Muhammad Jahongir Mirzo (Temurning ikkinchi o‘g‘li bo‘lmish
Jahongir Mirzoning o‘g‘li Muhammad Sulton Mirzoning o‘g‘li)ni xon
deb ko‘taradi va uning nomidan xutba o‘qitib, tanga zarb ettiradi. Xalil
Sulton vaqtincha Temurdan qolgan xazinalar evaziga Sohibqironning
nufuzli a’yon va kiborlari, ayrim amirlarini ma’lum qismini o‘z
tomoniga og‘dirib, Movarounnahr taxtini egallab olgan bo‘lishiga
qaramay, ko‘p o‘tmasdan kuchli norozilik va isyonlarga duch keladi.
Avvalo, Temurning kenja o‘g‘li Shohruh Mirzo Hirotda o‘z nomiga
xutba o‘qitib, tanga zarb etishni joriy qildi. Shundan so‘ng, Turkiston
hokimi Shayx Nuriddin va Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil
Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Bu isyonga O‘tror hokimi Berdibek
ham qo‘shiladi. Xalil Sultonning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo
bo‘ylarida o‘z akasiga qarshi bosh ko‘taradi. Temur taxtining asosiy
valiahdi bo‘lgan Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil
Sultonga qarshi Nasafga qo‘shin tortadi. Xalil Sultonni Iroq tomondan
otasi Mironshoh Mirzo qo‘llab quvvatlab turgan bo‘lishiga qaramay,
unga qarshi nizolar kuchayib bordi. Natijada, 1405-yilning oxirlariga
kelib Xurosonda Shohruh Mirzo, Balx, G‘azna va Qandahorda
Pirmuhammad Mirzo, G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshoh
Mirzoning o‘g‘illari Umar Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi mutlaq
bo‘lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston,
Sarbon, O‘tror, Sayram Amir Berdibek tasarrufida qoladi. O‘ratepa bilan
71
Farg‘onani Amir Xudoydod egallab oladi. Xorazmni esa Oltin
O‘rdaning taniqli sarkardalaridan biri Amir Idiku O‘zbek ishg‘ol etadi.
1405-1408-yillarda Shohruh Mirzo Xalil Sultondan Samarqand
taxtini tortib olishga harakat qilgan bo‘lsada, buning uddasidan chiqa
olmadi. Balx, Seyiston, Xuroson va Ozarbayjonda temuriy shahzodalar
va ayrim nufuzli amirlarning birin-ketin ko‘tarilib turgan g‘alayonlari
bunga
jiddiy
to‘sqinlik qilar edi, 1409-yilning boshlarida
Movarounnahrda ham siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. Bu vaqtda
Amir Xudoydod Xalil Sultonni Samarqand yaqinidagi Sheroz
qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning o‘zini asirlikka oladi.
Xuroson hokimi Shohruh esa Mozandaron, Mashhad, Seyiston va
Kirmondagi g‘alayonlarni bostirib, bu viloyatlarda osoyishtalik
o‘rnatadi. So‘ngra butun e’tiborini Movarounnahrga qaratadi va 1409-yil
25-aprelda Amudaryodan o‘tib, Samarqandga qo‘shin tortadi.
Bu jangda Xalil Sultonni asir olgan Amir Sulton qo‘shinlari tor-
mor etilib, Xalil Sulton asirlikdan ozod qilinadi hamda Ray viloyatining
(Eronda) hokimligiga tayinlanib 1411-yilda vafot etadi. 1409-yilning
oxiriga qadar Movarounnahrda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatib, Xalil
Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga keskin choralar
ko‘radi, izdan chiqqan xo‘jalik hayotini, savdo-sotiqni tiklaydi, Shohruh
Mirzo temuriylar davlatining oliy hukmdori sifatida e’tirof etilib, uning
deyarli 40-yillik (1409-1447-yy.) barqaror hukmronlik davri boshlanadi.
Temur vafotidan so‘ng o‘tgan davr mobaynida davom etgan taxt va
hududlar uchun o‘zaro urushlar hamda isyonlar mamlakat aholisining
iqtisodiy ahvoliga keskin ta’sir qilib, xalqning jiddiy noroziligiga sabab
bo‘lgan edi. Shu bois, Shohruh Mirzo oddiy xalq tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi tabiiy edi. Aynan shuning uchun ham Shohruh Amir
Temur hukmronligi ostida bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatini
o‘rnatishga hamda mamlakatda doimiy tinchlik va osoyishtalik
o‘rnatishga jiddiy harakat qiladi.
Amir Temur va temuriylar davrida davlatning kuchli boshqaruvi
asoslari yaratilgan bo‘lib, bu asoslar saltanat tasarrufiga olingan xalqlar
va millatlarning diniy e’tiqodi, milliy va irqiy mansubligi hamda
sivilizatsiyalar taraqqiyoti darajasidagi tafovutlar va boshqa holatlarning
o‘z holicha davom etishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Aksincha,
mamlakat tarsarrufidagi barcha xalqlar va elatlar iqtisodiy siyosiy
taraqqiyotining yanada yuksalishiga ijobiy turtki beribgina qolmasdan,
ularga tarixiy sharoitni, ya’ni barcha xalqlar va davlatlar o‘rtasida
madaniy va iqtisodiy aloqalarni hozirgi qabul qilingan iboralar bilan
72
aytganda integratsion jarayonlarning faol harakatda bo‘lishiga imkon
yaratib bergan edi. Amir Temur tomonidan davlat boshqaruvi sohasida
bir qator islohotlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan islohotlar
natijasida Movarounnahr va unga tobe viloyatlarda qonunga, uning
ustuvorligiga asoslangan davlat boshqaruvi tizimi shakllantirildi.
Islohotlar jarayonida shu davrdagi mavjud davlat boshqaruv tizimidagi
ko‘chmanchi va o‘troqlik xususiyatiga ega bo‘lgan davlatchilik
boshqaruvi an’analarining qaytadan tashkil etilishi, bunda o‘troq va
ko‘chmanchi xalqlarning diniy, milliy, mintaqaviy, etnik qadriyatlari
asos qilib olingan bo‘lsada, pirovard natijada mahalliy o‘troq
madaniyatga ega xalqlarning milliy davlatchilik an’analari asosiy
o‘ringa ko‘tarildi.
Boshqaruv ikki idoradan - dargoh va vazirlik - devondan iborat
bo‘lgan. Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini
boshqarish, uning devonlari, mahalliy hokimiyat idoralari bilan
bog‘lanib turish ishlarini oliy devon yuritgan.
Oliy devon - ijroiya hokimiyatida bosh vazir, mulkchilik va soliq
ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlar
boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch vazir faoliyat ko‘rsatib,
devonbegiga hisobot berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, qoziyi
ahdos (urf-odatlar bo‘yicha hukm chiqaruvchi qozi, qoziyi askar, sadri
a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodxoh (fuqarolarning
shikoyatlarini ko‘ruvchi), eshikog‘asi, saroy vaziri, yasovul va boshqalar
bo‘lgan.
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi butun hududda yagona
markazlashgan siyosiy tartib asosiga qurilgan edi. Davlat o‘z tarkibiy
tuzilishiga ko‘ra harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Amir Temur
o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal
qiladi:
3
1.
Davlatning siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi;
2.
Davlat va jamiyat siyosiy yaxlitligining buzilmasligi;
3.
Davlat va jamiyatning muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura
asosida boshqarilishi;
4.
Boshqaruv tizimini muvofiqlashtirib turuvchi qonun va qoidalar
ishlab chiqilishining shakllangan bo‘lishi;
5.
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ahvolining davlat
e’tiborida bo‘lishi;
3
Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. 133-б.
73
6.
Fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urish;
7.
Har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki
taraqqiyoti masalalarining tashqi dunyodagi mavjud omillardan
foydalangan holda olib borishi;
8.
Davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamon va kelajakni teran
tafakkur,
mustahkam
iymon,
g‘oyat yuksak ma’naviyat va
millatparvarlik ila anglamog‘i;
9.
Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to‘qqizinchisini, ya’ni
jamiyatning rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar manfaatlarining
ta’minlanishini qo‘shdi.
Dostları ilə paylaş: |