81
Asosiy soliqlardan tashqari aholi zimmasida soliq ishlari bilan
shug‘ullanuvchi
amaldorlarning
ta’minoti
uchun
yig‘iladigan
qo‘shimcha soliqlar ham bo‘lib, ular, asosan, soliq (hosil) miqdorini
belgilovchilar uchun (“
sohibi jamona
”), soliq yig‘uvchilar uchun
(“
muxassiloni
”), davlat xazinasiga soliqlardan tushadigan kirim-foydani
nazorat qiluvchilar va boshqaruvchilar uchun (“
zobitona
”), dorug‘alar
uchun (“
dorug‘ona
”), suv ishlari bilan shug‘ullanuvchi amaldorlar va
miroblar uchun (“
mirobona
”) bir qator soliqlar yig‘ib borilgan.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar
1. Amir Temurning hokimiyatni egallashdagi siyosiy-harbiy faoliyati.
2. Davlat boshqaruvida dargoh va devonning o‘rni qanday edi?
3. Amir Temur davlatida huquqiy munosabatlar qanday qonunlarga
asoslangan edi?
4. Amir Temur davlatida soliq tizimi qanday tartibda amalga oshirilgan?
8. MAVZU: XVI-XIX ASR BIRINCHI YARMIDA
O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI
.
Reja:
1. Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi
2. Shayboniylar davlati harbiy qo‘shin va soliq tizimi
3. Shayboniylar davlati huquq tizimi
4. Qo‘qon xonligi davlat boshqaruv tizimi
5. Xiva xonligi davlat boshqaruv tizimi
Dostları ilə paylaş: