Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

5. Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlar 
Amir Temur va temuriylar hukmronligi yillarida yer egaligi 
an’anaviy tarkibini saqlab qoldi. Avvalgidek, asosiy yer egasi davlat 
hisoblanib, davlatga qarashli yerlar “
mulki devoniy
deb yuritilgan
shuningdek, xususiy yerlar – “
mulk
”, diniy muassasalar ixtiyoridagi 
yerlar – “
vaqf mulki
” yoki “
mulki vaqf
” asosiy yer egaligi turlari 
bo‘lib, qishloq jamoasi tasarrufidagi yerlar – 
jamoa yerlari
ham mavjud 
bo‘lgan.
Amir Temur va temuriylar davrida ham davlat oldidagi xizmatlari 
uchun yerlarni in’om qilish an’anasi saqlangan va xatto kengaygan 
bo‘lib, bunday yerlar “
suyurg‘ol
” nomi bilan yuritilgan. Suyurg‘ol 
yerlar suyurg‘ol egalarining hokimiyatdagi va jamiyatdagi mavqelariga 
qarab turlicha – kichik-kichik yerlardan tortib bir necha o‘nlab 
qishloqlarni o‘zida birlashtirgan yirik mulklargacha bo‘lgan. Kichik yer-
mulklar, asosan, kichik unvonli harbiy zobitlar va oddiy askarlarga 
berilgan va ular 40 tanobgacha (80 jarib) bo‘lib, soliqlar va yig‘imlardan 
ozod etilgan. Yirik suyurg‘ol egalari esa, asosan, hukmron tabaqaga 
mansub bo‘lib, ularning yer-mulklarga egaligi siyosiy tusga ham ega 
bo‘lgan. Har bir suyurg‘ol egasi o‘z tasarrufidagi mulkda markaziy 
hokimiyatga bo‘ysungan holda to‘la hukmronlik qilish vakolatiga ega 
edi. Ko‘p hollarda bunday mulklar meros tariqasida ham qoldirilgan 
bo‘lsada, davlatga qarshi xatti-harakatlari uchun suyurg‘ol egasi 
mulkdan mahrum qilinishi yoki mulkning miqdori yoki hududlari 
qisqartirilishi ham mumkin edi. Ayniqsa, temuriylar hukmronligi 
yillarida yirik suyurg‘ol egalari yoki ayrim hududlarni o‘z ta’sir 
doirasiga kiritgan hokimlar va amirlarning markaziy hokimiyatga 
bo‘ysunmaslik holatlari kuzatiladi. Bunday holatda ular o‘z mulklaridan 
mahrum etilganlar, masalan, 1414-yilda hokimiyatga bo‘ysunmaganligi 
uchun Shohruh Mirzo tomonidan Mirzo Iskandar, 1415-yilda esa 
Boyqaro Mirzo o‘zlari egalik qilayotgan suyurg‘ol mulklaridan mahrum 
etilgan edilar.
Amir Temur va temuriylar davrida 
tarxon yorlig‘i
berish keng 
tarqalgan bo‘lib, odatda, tarxon yorlig‘i sohiblari o‘z mulklaridan 
to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlar hamda boshqa turli majburiyatlardan 
ozod etilganlar. Tarxon egalari ham yirik suyurg‘ol egalari kabi siyosiy 
hayotga jiddiy ta’sir o‘tkazib turganlar. 


80 
XV asrda ziroatchilik bilan shug‘ullanuvchi qishloq ahli orasidan 
bir qismi imtiyozlarga ega bo‘lgan va ular soliqlarning oz miqdorini 
to‘lashgan. Aholining juda katta qismini ijarachi – 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin