Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


burong‘or ”, so‘l qanoti esa “ javong‘or



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

burong‘or
”, so‘l qanoti esa “
javong‘or
” deb yuritilgan. Burong‘or va 
javong‘orning oldida Yana bittadan kichik bo‘linmalar-qo‘riqchi 
bo‘linmalar harakatlangan va ular “
kanbul
” deb yuritilgan. Qo‘shin 
harakatlanayotgan vaqtda esa asosiy qo‘shindan oldin kuzatuv ishlarini 
olib boruvchi eng tajribali askarlardan iborat “
xabargirlar
” (harbiy 
qo‘shin razvedkasi) harakatlangan. Shuningdek, qo‘shinning o‘z 
yo‘l 
boshlovchilari
ham bo‘lib, ular ham harbiy bo‘linma hisobida bo‘lgan. 
Bu bo‘linmaning ortidan yana bir kichik bo‘linma “
yasovul
”lar harakat 
qilgan.
Shu tariqa murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qo‘shin yetti qismdan 
iborat bo‘lib, markaz-manglay, burong‘or-o‘ng qanot, javong‘or-so‘l 
qanot mustaqil tarzda harakatlangan, asosiy qo‘shinning qanotlarida 
harakatlanuvchi ikki manglay va ikki kanbullar bo‘linmalari asosiy 
qismlarga birikkan holda harakatlangan va ularga tobe hisoblangan. 
Harbiy yurishlar vaqtida har bir jangchi o‘zi bilan oziq-ovqat, 
sadog‘ida o‘ttizta o‘qi bilan kamon, qilich, nayza va qalqon hamda sovut 
olib yurishi shart bo‘lgan. Otliq askar esa yuqorida aytilganlarga 
qo‘shimcha ravishda mingan otidan tashqari yana bitta ot olib yurishi 
belgilab qo‘yilgan. Har bir ayl – o‘n kishilk askariy bo‘linma o‘zi bilan 
chodir, qozon, ketmon, ikkita belkurak, bolta va o‘roq, igna va ip, arqon 
hamda bittadan oshlangan teri olib yurishi lozim bo‘lgan.
Harbiy sohada islohotlarni amalga oshirar ekan, Amir Temur, eng 
avvalo, har bir askar va har bir harbiy qo‘shin qo‘mondonlarining harbiy 
intizom va harbiy nizomga qat’iy ravishda bo‘ysunishini va amal 
qilishini eng zaruriy va birlamchi vazifa etib qo‘ygan. Ayni vaqtda, 
harbiy sarkardalarning eng quyi pog‘onadagilardan boshlab qo‘shin 
boshliqlarigacha harbiy san’at, jang qilish uslublari, jang taktikalari va 
harbiy harakatlarni olib borish malakalari, o‘z qo‘llari ostidagi oddiy 
askarlarga nisbatan har sohada adolatli bo‘lishlarini talab qilgan va 
ularning martabalarini ko‘tarishda ham shu kabi xususiyatlariga alohida 
e’tibor berilgan. Oddiy askar esa nizomni qat’iy bajarishga majbur 
bo‘lish bilan birga jang vaqtida ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik 
istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo‘lishi 
lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Amir Temurning harbiy islohotlari natijasida qo‘shin qat’iy 
tartibga va tizimga asoslangan qudratli armiyaga aylandi. Qo‘shinning 
tuzilishi ham o‘ziga xos tarzda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tinchlik 


79 
vaqtlarida ham, urush holatlarida ham harbiy intizomga va tartibga 
qat’iy amal qilingan.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin