6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA
amir ul-umaro , to‘rt nafari
beklar begi , qolganlari
mingboshi va
yuzboshi martabasida bo‘lishgan.
Bulardan tashqari o‘n ikki kishi birinchidan o‘n ikkinchi darajagacha
bo‘lgan amirlar sanalib, ularning har biriga bittadan bayroq va noqora,
amir ul-umaroga ham bayroq va noqora, o‘n ming kishilik qo‘shin,
tug‘,
to‘rt nafar beklarbegining har biriga ham bayroq, noqora, chodir va
karnay berilib, bu narsalar amirlarning martabalarini va qo‘shindagi
mavqelarini belgilab bergan.
Bunday o‘ziga xos ramzlar ayni vaqtda qo‘shin yoki ayrim alohida
bo‘linmalarning umumiy qo‘shindagi mavqeyi, o‘rni va darajasini
hamda uning kim tomonidan boshqarilayotganligini ham anglatib
turgan.
Katta qizil bayroq qo‘shin boshlig‘i, ya’ni amir al-umaro yoki
beklarbegi uchun xos bo‘lsa, ot yoli bog‘langan uzun tug‘ tuman og‘asi
(o‘n ming kishilik qo‘shin qo‘mondoni)ning, ikki tomoniga kokillar
(yoki shokilalar) osilgan ikki noqora yuzboshi uchun xos bo‘lgan harbiy
ramzlar yoki belgilar hisoblanar edi. Otliq jangchilar bo‘linmalarini
boshqarish uchun maxsus ajratilgan otliqlar ot egarlarining ikki
tomoniga ikki tabl dovul (nog‘ora) osilib, jang paytlarida otliq
askarlarning jang harakatlarini tartibga solish va boshqarish uchun turli
musiqa usullarida chalib borilgan.
Qo‘shin tuzilishiga ko‘ra bir necha qismdan iborat bo‘lib, asosiy
bo‘linmani bir necha tumanlarni o‘z ichiga olgan “
manglay ”, ya’ni
asosiy avangard qismlar tashkil qilgan. Manglay bilan qo‘shinning
asosiy qismlari oralig‘ida esa qo‘mondonning qarorgohi va uning
tevarak “
zahira ” qismlar joylashgan bo‘lib, u “
izofa ” deb yuritilgan.
Urush vaqtlarida jang oqibatining qanday tugashi bevosita izofa
qismlariga bog‘liq bo‘lgan. Qo‘shinining eng asosiy jangovor qismi
78
markaz, o‘ng va so‘l qanotlardan iborat bo‘lgan. Uning o‘ng qanoti
“