86
Norbo‘tabiy vodiydagi barcha beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga
kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning davrida Andijon va
Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon davrida
xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan ancha
kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki - viloyat, shahar,
Toshkent va Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning
hududlariga
Ohangaron, Chinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi
Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning hokimlari
manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga
olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi
yerlarga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817-yilda O‘ratepa
bosib
olinadi. Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada
kengayadi. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir
okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin,
Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar – Shug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu
hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan, sharqda
Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan Qorategin
O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida
joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va
Qo‘qon xonligi o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston,
Sirdaryoning quyi oqimidan to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar
yashaydigan yerlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining
sharqiy etaklari, 1830-yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan.
XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan
viloyat va
sarkorlik sifatida tilga olingan ma’muriy-hududiy qismlarga bo‘lingan
hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va
sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun) Qo‘qon xonligidagi 15
ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qo‘qon va uning atrofi, Marg‘ilon,
Shahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon,
Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon.
“Tуркистанские ведомости” (1876, №13) to‘plamida esa Asaka,
Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh, So‘x, Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham
tilga olinadi. Hokimlar va hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi
a’zolari,
unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda yetakchi
qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon
davrida yettita beklik xonning o‘g‘illari va yaqin qarishdoshlari
tomonidan boshqarilgan. O‘z navbatida hokimlar viloyat hududlarini
o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon
xonligining ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy)
87
va uning o‘rdasi alohida o‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan
hokim va qozi ko‘plab vakolatlarga ega bo‘lgan. Qo‘qon
xonligida
davlat boshqaruvi tizimi Movoraunnahrdagi o‘rta asrlardagi davlatlar
boshqaruv tizimiga juda o‘xshash bo‘lgan.
Xonlikda mutlaq huquqlarga ega bo‘lgan va qadimgi odatlarga
ko‘ra, saylanib qo‘yiladigan xon cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lib, u
harbiy-ma’muriy, diniy amaldorlar yordamida davlatni boshqargan.
Dastlabki hukmdorlar “biy” unvoni bilan hokimiyatni boshqargan,
Olimxon davridan (1805) esa “xon” unvoni bilan yuritila boshlagan.
Xon saroyida muhim ishlarni ko‘rib chiqadigan Kengash tuzilgan
bo‘lib, unga “mingboshi” boshchilik qilgan. A’zolari dasturxonchi,
risolachi va yana ba’zi muhim amaldorlar bo‘lgan. Davlatni
boshqarishda bu Kengashning ham o‘rni katta edi. Saroy amaldorlari
ichida mingboshi (bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy vazir), qushbegi
– xon maslahatchi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi),
shig‘ovul,
xudoychi xonning yordamchisi, tunqator, xon yotog‘i
posboni, tundan topshiriqlarni bajaruvchi, noib (sarbozlar boshlig‘i)
otaliq, dodxoh, mextar boshi, dasturxonchi, to‘qsoba, devonbegi,
mirzaboshi, sarkor va boshqa muhim amaldorlar hisoblanganlar. Ular
o‘z xizmatlari evaziga maosh va tegishli yer mulklari olishgan.
Mansablardan
amirlashkar
va mingboshilikka
bir
kishi
tayinlangan.
Bulardan tashqari shariat, sud ishlariga oid mansabdor muddaris,
Shayx ul islom (rais), Oliy sud –
qozi-ul kuzot, qozi-kalon bosh qozi,
katta qozi, qozi askar, maxsus qozi, a’lam (huquqiy-maslahatchilar
boshlig‘i), mufti va boshqa mansabdorlar bo‘lgan. Bu mansablarni ishga
tayinlash va faoliyati ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs
“shig‘ovul” deb atalgan.
Qo‘qon xonligidagi barcha mansablar uch toifaga oliy, o‘rta va
past darajalarga ajratilgan.
Qo‘qon xonligining asosiy hududini Farg‘ona vodiysi, Toshkent
viloyati, Xo‘jand, O‘ratepa, Janubiy Qozog‘iston va hozirgi Qirg‘iziston
Respublikalari tashkil qilgan. Xonlik ma’muriy jihatdan bekliklarga
bo‘linib boshqarilgan. Ularning ko‘pchiligi
turli davrlarda xonlik
tarkibiga kirib chiqib turgan. Asosiy bekliklar sifatida Namangan,
Marg‘ilon, Andijon, To‘raqo‘rg‘on, O‘sh, O‘ratepa, Xo‘jand, Toshkent,
Turkiston, Chimkent va boshqalar bo‘lgan. Bekliklar xon tomonidan
tayinlanadigan hokim – qushbegi tomonidan boshqariladigan, kichik
ma’muriy birliklar amin va oqsoqoliklarga bo‘lingan.