106
taqdirini o‘zi belgilash” Turkistondagi mahalliy aholining mustamlaka
holatini o‘zgartirmadi. Davlat hokimiyat organlarining tarkib topgan
tuzilmasida, ularni shakllantirishning tor sinfiy
tomonli sharoitida ular
har qanday avtonomiyaning asosiy negizi bo‘lgan huquqdan-milliy-
hududiy birlik aholisining davlat hokimiyatini mustaqil amalga
oshirilishi huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar.
Tadqiqotchilarning fikricha, konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan
“sovet avtonomiyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy-hududiy birlik edi.
1919-yilning mart oyida Turkiston respublikasi sovetlarining
Favqulodda VII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unga qadar 1918-yil 10-avgustda (V
o‘lka syezdida) Milliy ishlar xalq komissarligi bo‘yicha maxsus Nizom
qabul qilingan edi. Ushbu Nizomga ko‘ra, Milliy ishlar xalq
komissarligida statistika, tashkiliy-tashviqot
va madaniy oqartuv
bo‘limlari tashkil qilingan edi. Ammo Turkiston hukumati a’zolaridan
Kazakov, Uspenskiy, Salkin kabilar Turkiston MIK qoshidagi milliy
ishlar seksiyasini tarqatib yuborishni so‘rab VII syezdga loyiha taqdim
etdilar. Ular mazkur seksiyani “millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida
baholadilar.
Shunga qaramasdan, milliy masaladagi murakkab vaziyatni
hisobga olgan RKP (b) MK 1919-yil 3-iyulda “Hokimiyatga mutanosib
vakillik to‘g‘risida” degan qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi.
Ushbu
qarorda Turkiston mahalliy aholisining partiyaga mansubligi shart qilib
qo‘yilmasdan, ularni mutanosib ravishda davlat qurilishi ishlariga keng
jalb qilish zarur deb ko‘rsatilib, mahalliy aholining mol-mulkini
majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olishni (rekvizitsiya) to‘xtatish
vazifasi ham qo‘yilgan edi. Turkiston respublikasi hukumati bu qarorni
yashirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, shov-shuvlardan so‘ng uni e’lon
qilishga majbur bo‘ldilar. Ammo ushbu qaror bo‘yicha e’tiborga molik
biror-bir amaliy ish qilinmadi.
Sovetlar tuzumi Turkistondagi boshqaruvni tashkil etishda katta
byurokratik apparatning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan edi. Biroq,
tadqiqotchilarning fikricha, bolsheviklarning
kadrlar masalasidagi
siyosati nafaqat milliy sohada, balki uquvsizligi bilan ham ajralib turadi.
Misol uchun:davlatning mas’ul lavozimlarida mutlaqo savodsiz
odamlarning ishlashi tabiiy hol edi. Bu xodim bolsheviklar manfaatini
himoya qilishi kifoya edi. Undan tashqari, Turkistondagi oliy hokimiyat
– Turkiston MIK, hukumat – Turkiston XKS, g‘oyaviy rahnamo –
Turkiston KP kabi o‘lka boshqaruvida Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
tashkilotlar mahalliy aholi ixtiyorida bo‘lmagan.
107
1919-yilning 8-oktyabrida V.Lenin Butunrossiya MIK va RSFSR
XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) tuzish
to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu komissiya tarkibiga Sh.Z.Eliava –
rais, M.V.Frunze, V.V.Kuybishev, Ya.Rudzutak, F.I.Golosheykin,
T.I.Bokiylar kirdilar. Ushbu komissiya
juda katta vakolatlarga ega
bo‘lib, jumladan, Butunrossiya MIK va XKSning vakolatiga, Turkiston
hududlarida va qo‘shni davlatlarda ularning nomidan ish ko‘rish
huquqiga, RKP (b) MK nomidan respublikada oliy partiya nazorati va
rahbarligini amalga oshirishga, o‘lka partiya tashkilotlarini tarqatib
yuborish, favqulodda syezdlar va konferensiyalar chaqirish hamda
Dostları ilə paylaş: