Turkiston Sovet avtonom respublikasi ” haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda
davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya
organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet
Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom
Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq,
Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik
chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining
Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi. “Nizom”da Turkiston
Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-harakatlarini
Rossiya
Sovet
Federatsiyasi
markaziy
hukumati
bilan
muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. Syezdda “markaziy hukumat bilan
o‘zaro munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya
tashkil etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi.
Syezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi —
Markaziy Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu
komitetning yarmi bolsheviklar, yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu
komitet sovetlar syezdlari oralig‘idagi davrda o‘lkada oliy hokimiyat
vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo‘ldi. Turkiston MIK
raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari P.A.Kobozev
(hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga
16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat
vakillaridan to‘rt kishi – S.Jo‘raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va
S.Azimboevlar Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo‘jayev sog‘liqni
saqlash xalq komissari sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar.
1918-yil 17-25-iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston
bolsheviklarining
o‘lka
konferensiyasi
Turkiston
kommunist-
bolsheviklar partiyasining I syezdi deb nomlandi. O‘lkadagi
kommunistik guruhlar ushbu syezdda ilk marta tashkiliy jihatdan
rasmiylashib, Rossiya KP (b) tarkibidagi Turkiston Kompartiyasiga asos
soldilar. Syezdda 7 kishidan iborat Markaziy komitet saylanib, uning
tarkibiga mahalliy komunistlardan Nizomiddin Xo‘jayev ham kiritildi.
“Temir qonun”, “po‘latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari”
kabi sinfiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston KP Rossiya
KP (b)ga bo‘ysunar edi. Turkiston kommunistlari Markaz bergan har
qanday topshiriqlarni so‘zsiz ijro etishlari natijasida Turkiston
o‘lkasining Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam
asoslarda shakllandi.
105
Turkiston avtonom respublikasi sovetlarining VI favqulodda
syezdi 1918-yil 5-14-oktyabrda g‘oyaviy kurashlar jarayonida kechgan
bo‘lsada, unda Turkiston MIK maxsus komissiyasi tomonidan tuzilgan
Turkiston avtnom Respublikasining