Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Turkiston respublikasi
deb 
atash taklif qilinganda bu taklif konferensiya ishtirokchilari tomonidan 
qo‘llab-quvvatlandi. 
Taklif etilgan Turk respublikasiga TSR dan tashqari qo‘shni milliy 
respublikalarda (hoz. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston 
davlatlari) yashovchi turkiy xalqlar kirishi kerak edi. T.Risqulov o‘z 
ma’ruzasida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasini qayta ko‘rib 
chiqish, musulmonlarning alohida armiyasini tuzish hamda qizil 
armiyaning musulmon bo‘lmagan barcha qismlarini Turkistondan olib 
chiqib ketish masalasini ham ko‘targan edi. T.Risqulovning ushbu 
g‘oyalari TKPning V o‘lka konferensiyasi (1920-yil yanvar)da ham 
ma’qullandi. Musbyuroning III konferensiyasi “Turkiston muxtoriyati 
va Konstitutsiyasi haqidagi rezolyutsiya” qabul qildi.
XX 
asr 
boshlarida 
ham 
Rossiya 
imperiyasining 
yarim 
mustamlakasi 
hisoblangan 
Xiva 
xonligidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar, boshqaruv tizimi ruslar bosqiniga qadar shakllangan 
holatda qolgan edi. Mamlakatda xon boshliq feodal amaldorlar, dindor 
ruhoniylar mamlakat boshqaruvida cheklanmagan huquqqa ega bo‘lib, 
iqtisodiy hayotda esa yerga egalik munosabatlari ham avvalgi 


109 
holatdagidek saqlanib qolgan edi. Imperiya hukmronligi ta’sirida 
ko‘pgina yuqori mansablar (inoq, otaliq, biy) oldingidek iqtisodiy 
asosini yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin yuqori unvon sifatida mamlakat 
siyosiy hayotida katta ta’sirga ega edi. 
Xiva xonligidagi asosiy shaharlarga Xiva, Urganch, Toshhovuz, 
Hazorasp, Pitnak va boshqalar kirgan. Xonlik hududi Rossiya 
bosqinidan keyin 62.236 kv.km bo‘lib, u 20 ta beklik va 2 ta noiblikdan 
iborat edi. Aholi aniq ro‘yxatga olinmagan bo‘lib, bu davrga oid 
manbalarda, u 600 mingdan 900 mingga qadar ko‘rsatiladi. Ularning 60 
foizdan ko‘prog‘ini o‘zbeklar, 28 foizini turkmanlar, qolganlarini qozoq, 
qoraqalpoq, fors (eroniy), arab, rus va boshqa millat vakillari tashkil 
etgan. 
Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotda ancha orqada qolgan 
Xiva xonligida sanoat ishlab chiqarishi yo‘q darajada bo‘lib, bu yerda 
o‘ndan ortiq paxta, yog‘ zavodlarigina bor edi. Aholining asosiy qismi 
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, kosibchilik va boshqalar 
bilan shug‘ullangan. Xalq ommasining turmush sharoiti ancha og‘ir 
bo‘lib, ular hosildor yerlar, sug‘orish manbalarini o‘z qo‘lida to‘plab 
olgan amaldorlar va ruhoniylarga ko‘plab soliqlar to‘lab turganlar. 
O‘sha davr manbalarida qayd qilinishicha, Xiva xonligida 20 dan ortiq 
soliq to‘lovlari va majburiyatlar bo‘lgan. Ayniqsa, Birinchi jahon urushi
yillarida soliq va to‘lovlarning miqdori hamda turi yanada oshgan. 
XX asr birinchi choragida butun Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi 
kabi Xiva xonligida ham xalq harakatining mafkuraviy asosini 
jadidchilik harakati, jadidchilik g‘oyalari tashkil etdi. Turkiston va 
Buxorodan farqli o‘laroq, Xiva xonligidagi jadidchilik harakatining 
shakllanishida, harakatning asosiy yo‘nalishi hisoblangan maktab, 
maorif ishining taraqqiyotida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II 
(Feruz), qozikalon Salimoxun va uning o‘g‘li Bobooxun, vazir 
Islomxo‘ja, 
mirzaboshi 
va 
devonbegi 
lavozimida 
ishlagan 
Pahlavonniyoz Komil Xorazmiy, Xonqa hokimi Muhammad va 
boshqalar katta rol o‘ynadilar. Ular o‘z hisoblaridan bir qancha 
maktablar ochishdi. Bobo Oxun Salimov do‘sti Bekjon Rahmonov bilan 
bu maktablar uchun darslik kitoblarini ham yozishgan. Xonlikda 
jadidchilik harakatining shakllanishida Munis, Ogahiylar asos solgan va 
keyinchalik Bayoniy boshchiligida davom ettirilgan tarixchilik va 
tarjimonlik maktabining mavjudligi, tarix va o‘tmishga e’tiborning 
kuchliligi ham katta rol o‘ynagan. Shuningdek, Turkiston va Buxorodagi 
kabi Xiva xonligida jadidchilik harakatining shakllanishida tashqi omil, 


110 
ya’ni Rossiyadan kelgan ilg‘or fikrli ziyolilar, inqilobiy ruhdagi surgun 
qilingan yoshlar va Rossiyadagi o‘zgarishlar ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatgan. Jadidchilikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matbuot 
Xiva xonligi hududida mavjud bo‘lmasa ham xonlikdagi ilg‘or ziyolilar 
Turkiya, Eron, Rossiya, shuningdek, Toshkent Samarqand va Buxoroda 
chiqadigan jadid gazetalari va jurnallari bilan tanishib borganlar. 
Xorazmdagi jadidchilik harakatidan 1914-yil avgust oyida Yosh 
xivaliklar tashkiloti tuzildi, unga rais qilib Polvonniyoz Hoji Yusupov 
(1861-1936) saylangan. Yosh xivaliklar harakatida bu davrda qozikalon 
Bobo Oxun Salimov (1874-1929)ning ham o‘rni bo‘lakcha edi. Yosh 
xivaliklar dasturining asosini mavjud tuzum doirasida islohotlar 
o‘tkazish, maktab-maorif ishini yaxshilash, xon hokimiyatini cheklash 
kabi masalalar tashkil qilar edi. 
Iqtisodiy qiyin sharoitda yashayotgan xonlik aholisining ahvoli 
boshlanib ketgan birinchi jahon urushi bois yanada og‘irlashdi. Xonlik 
istibdodiga 
qarshi 
1915-1916-yillarda 
turkmanlar 
Junayidxon 
boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Turkman, o‘zbek, qozoq 
aholisining mavjud tuzumga qarshi kurashini Yosh xivaliklar partiyasi 
rahbarlari faol qo‘llab-quvvatlashdi. 
1917-yil fevral inqilobi paytida Xiva xoni Asfandiyorxon Yaltada 
dam olayotgan edi. Shuning uchun ham u Rossiya imperatorining 
taxtdan 
voz 
kechganini 
eshitgan 
zahoti 
xonlikka 
shoshildi. 
Asfandiyorxonni kutib olishga chiqqan davlat arboblari orasida 
Husaynbek Matmurodov, Polvonniyoz Hoji Yusupovlar ham bor edilar. 
Xiva garnizonidagi soldatlar ham xuddi Rossiyadagi kabi o‘z sovetlarini 
tashkil qilishgan edilar. Ana shu sovetlarning faollaridan Latipov, 
Tinishev va boshqalarning tashviqotlari bilan Polvonniyoz Hoji 
Yusupov boshliq Yosh xivaliklar 4-aprelda soldatlarning Muvaqqat 
hukumatga qasamyod qilishi uchun to‘plangan tantanaga kishilarni 
yig‘ib borib, soldatlardan Xiva xonini ag‘darib tashlashni so‘rashdi. 
Garnizon boshlig‘i xonni taxtdan olib tashlamaslik talabi bilan Yosh 
xivaliklarga yordam berishga ruxsat berdi. 5-aprel kuni Asfandiyorxon 
rus soldatlari himoyasida saroyga kelib, xalq nomidan qo‘yiladigan talab 
(manifest)ni imzolashga majbur bo‘ldi. Manifestga, asosan, xon 
hokimiyati qoshida qonun chiqaruvchi organ – Majlis va Nozirlar 
kengashi tashkil etildi. Majlisning birinchi yig‘ini 1917-yil 26-aprelda 
bo‘lib o‘tdi. Unda Majlis raisi etib, Bobo Oxun Salimov, nozirlar 
kengashining raisi etib Husaynbek Matmurodov saylandilar. Bu tashkil 
qilingan davlat organlari tarkibida Yosh xivaliklarning a’zolari 


111 
ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Lekin keyinchalik Asfandiyorxon Xiva 
garnizoni boshlig‘i general Mirbadalov va Zaytsevlarning yordami bilan 
Majlisdan Yosh xivaliklarning a’zolarini siqib chiqarishga muvaffaq 
bo‘ldi. Turli bahonalar bilan Husaynbek Matmurodov va bir qancha 
Yosh xivaliklarni zindonga tashladi. Polvonniyoz Hoji Yusupov, Nazir 
Sholikorov, Bobo Oxun Salimov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Bobojon 
Yaqubov va boshqalar xonning ta’qibidan qutulish uchun To‘rtko‘l, 
Chorjo‘y, Toshkent kabi shaharlarga qochib ketishdi. Bu paytda 
To‘rtko‘l va Toshkentda sovet hokimiyati o‘rnatilgan edi. Sovet 
hukumati orqali Yosh xivaliklarning Asfandiyorxon, Zaytsev, 
Junayidxonlarga o‘z hamfikrlarini zindondan ozod qilishni talab qilib, 
yuborgan bir qancha telegrammalari hech qanday natija bergani yo‘q. 
Aksincha, oktyabr to‘ntarishidan keyin Xiva shahridan rus askarlari olib 
chiqib ketildi va Asfandiyorxon o‘zining harbiy tayanchidan mahrum 
bo‘ldi. Bu 1916-yil qo‘zg‘olonidan keyin Eronga qochib ketgan 
Junayidxonning Xiva xonligiga qaytib kelishi va bu yerda katta 
mavqega ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Chunki mingdan ortiq qurollangan 
sarbozlarga ega bo‘lgan Junayidxon bilan murosa qilmasdan 
Asfandiyorxon va uning atrofidagi a’yonlar bundan keyin hokimiyatni 
saqlab qolishga tayanchlari yo‘q edi. Shuning uchun ham Asfandiyorxon 
Junayidxonni “sardori karim”, ya’ni xonning lashkarboshisi qilib 
tayinladi. Shu bilan o‘zi Junayidxon qo‘lidagi qo‘g‘irchoq xonga aylanib 
qoldi. Xonlikdagi hokimiyat esa to‘la ravishda Junayidxon qo‘liga o‘tdi. 
Toshkentga yetib kelgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq Yosh 
xivaliklar 1918-yil bahorida sovet hokimiyatining faollaridan biri 
bo‘lgan Yusuf Ibragimovning maslahati bilan o‘zlari to‘rt kishi 
bo‘lishiga qaramasdan Yosh xivaliklar partiyasining Markaziy 
Qo‘mitasini tashkil qildilar. 
1918-yil oktyabr oylariga kelganda, Yosh xivaliklar ta’siri bilan 
Junayidxon va Asfandiyorxon o‘rtasiga nizo solindi va buning natijasi 
o‘laroq Junayidxonning o‘g‘li Eshshi tomonidan Asfandiyorxon qatl 
qilindi. Uning o‘rniga akasi Sayid Abdullaxon xon deb e’lon qilindi. 
Junayidxon Xiva xonligi hududida bolsheviklardan mustaqil bo‘lgan 
davlatni saqlab qolishga harakat qildi. 1918-yil noyabr oyida 
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlarda tashkil qilingan sovet 
hukumatiga qarshi Junayidxon bir necha marotaba muvaffaqiyatsiz 
urush olib bordi. 1919-yil aprel oyida sovet hukumati bilan Junayidxon 
o‘rtasida Taxta shartnomasi tuzildi. Unga sovet hukumati tomonidan 
Xristoforov, Xiva xonligi tomonidan Junayidxon imzo chekdilar. Bu 


112 
vaqtinchalik kelishuv bo‘lib, unga ikkala tomon ham amal qilmadi. Bu 
paytda To‘rtko‘lda mulla Jumaniyoz Sultonmurodov boshliq Yosh 
xivaliklar partiyasining qo‘mitasi tuzilgan bo‘lib, ularning soni Xiva 
xonligi hududidan qochib o‘tganlar hisobiga kundan-kunga 
ko‘payayotgan edi. Ularni sovet hukumati xivalik inqilobchilar deb, 
bolsheviklar partiyasi safiga qayd qilishgan. Mana shu Yosh 
xivaliklarning talablari va turkman urug‘lari orasida Qo‘shmamedxon, 
G‘ulomalixon kabi urug‘ sardorlarining Junayidxon bilan kelishmay 
qolganligi haqidagi xabarni hisobga olgan bolsheviklar Skalov 
rahbarligida 1919-yil 22 mustaqil davlat Xiva xonligi hududiga bostirib 
kirdilar. 1920-yil 1-fevralda Junayidxon qo‘shinlarini tor-mor qilgan 
qizil armiya Xiva shahriga kirib bordi. 2-fevral kuni so‘nggi Xiva xoni 
Sayid Abdulloxon taxtdan voz kechdi. 
Xivada Jumaniyoz Sultonmurodov rayisligida Muvaqqat inqilobiy 
qo‘mita tashkil etildi. 1920-yil 26-30-aprel kunlari Xorazm 
mehnatkashlarining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tib, unda Xiva xonligi 
hududida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e’lon 
qilindi va Polvonniyoz Hoji Yusupov raisligida Xalq Nozirlar Sho‘roi 
tuzildi. Bu hukumat tarkibiga, asosan, Yosh xivaliklar partiyasining 
a’zolari kirgan bo‘lib, ular mamlakatda demokratik tuzumni o‘rnatish, 
mustaqil davlatni barqarorlashtirish borasida katta ishlarni amalga 
oshirdilar. Ana shunday ishlarning bittasi sifatida Bobo Oxun Salimov 
raisligidagi delegatsiyaning uch oy davomida Moskva va Petrograd 
shaharlarida bo‘lib, 1920-yil 13-sentyabrda RSFSR bilan XXSR 
o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy shartnomaning imzolanishi bo‘ldi. Bu 
hujjatga asosan XXSR mustaqil davlat hisoblanib, sovet Rossiyasi bilan 
o‘zaro teng va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib 
olindi. Lekin XXSR hukumati rahbarlari olib borgan mustaqil siyosat 
sovet tuzumi va uning respublika hududidagi vakillariga yoqmadi. 
Chunki Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat xususiy mulk, vaqf 
yerlarini, diniy muassasalarni tarqatib yuborish o‘rniga ularni saqlab 
qolish va mustahkamlashga harakat qilayotgan edi. XXSRning 
Konstitutsiyasida ham xususiy mulk e’tirof etilgan edi. Bu narsa o‘sha 
paytdagi sovet hukumatining Xorazmdagi vakillari Skalov, Ioffe, 
Dubyanskiy, Shokirov va boshqalarga yoqmadi. Dubyanskiy va 
Shokirovlar 
1920-yil 
avgust 
oyida 
Qo‘shmamedxon 
va 
G‘ulomalixonlarni Xivaga chaqirib, ularni yigitlari bilan qatl qilishga va 
bu bilan mahalliy o‘troq aholi va turkman chorvadorlari o‘rtasida nizo 
tug‘dirishga harakat qilishdi. G‘ulomalixon qochib qutilgan bo‘lsa ham, 


113 
Qo‘shmamedxon va uning yigitlari qatl etildi. Biroq bu holatlarning 
hammasi Yosh xivaliklar hukumati zimmasiga yuklatildi. Natijada, 
1921-yil 6-martda Xiva shahrida qizil askarlar tomonidan namoyish 
uyushtirilib, inqilobiy qo‘mita tuzildi va Polvonniyoz Hoji Yusupov 
boshliq hukumat a’zolari qamoqqa olindi. Polvonniyoz Hoji Yusupov va 
Nazir Sholikorovlar qochib yashirinishga ulgurishdi. 
XXSRda kommunistlar olib borgan siyosat mahalliy kadrlarni, 
ziyolilarni, mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlarni yo‘qotishga qaratilgan 
edi. Xorazm respublikasi mavjud bo‘lgan atigi 5 yilga yaqin muddat 
ichida respublika hukumati Xalq Nozirlar Sho‘rosi va Xorazm MIK 
raislari o‘n martadan o‘zgartirilganligi fikrimizning yaqqol isbotidir. 
1920-1921-yillarda agrar sohada dastlabki o‘zgarishlar amalga 
oshirilib, 10000 desyatina yer dehqonlarga bo‘lib berildi. Bundan 
tashqari, ularga urug‘, dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) 
ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 5000 chorva mol sotildi. Eski 
sug‘orish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi. 
Masalan, 1922-yil oxirigacha Xorazm dehqonlari Hazoraspdan 
Xo‘jayligacha bo‘lgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922-yilda 
chorakor va kambag‘allarga yer bo‘lib berish uchun davlat yer fondi 
tuzishga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan 
sudalar berish uchun davlat dehqonlar bankini ta’sis etishga qaror 
qilindi. Bankka 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Xullas, 1921-1922-
yillarda 400000 tanobdan ortiqroq yer kambag‘al dehqonlarga berildi. 
XX asrda iqtisodiy siyosat va xo‘jalik sohasidagi islohotlar 
ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet 
Rossiyasining ta’siri kuchliroq bo‘lganligi uchun sinfiy yondoshuv 
yaqqol nomoyon bo‘ldi. Soliqning og‘ir yuki savdogarlar, sudxo‘rlar va 
yirik yer egalari zimmasiga to‘g‘ri keldi. Qishloq xo‘jaligida yagona 
soliq tizimi (1922-yil dekabr) joriy qilindi. Soliq to‘lashni to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. Yangi 
iqtisodiy siyosat (NEP)ning e’lon qilinishi bilan karvonsaroylar, 
korxonalar, kullar va to‘qaylar ijaraga berila boshlandi. Simlari tortilib, 
daryo kemachiligini tiklashga kirishildi. Bir qancha yirik ko‘priklar 
qurildi. Paxta maydonlarining hududi 1921-yildagi 10000 tanobdan 
1924-yilda 85000 tanobga, hosildorlik 100000 puddan 800000 pudga 
ko‘tarildi. Umumiy ekin maydonlari 1913-yildagi darajaning 62 %ni, 
hosildorlik 70-75 %ni tashkil qildi. 1924-yilga kelib, 6 ta paxta tozalash 
zavodi, 10 ta g‘isht zavodi, yog‘ zavodi, bosmaxona, elektrostansiya 


114 
tiklandi. Qog‘oz va shisha zavodlari qurildi. Sanoatda davlat sektori 
ustivor mavqeni egalladi. 
Hukumat madaniy-ma’rifiy va sog‘liqni saqlash ishlariga ham 
katta e’tibor qaratdi. 1920-yil bahorida Respublikada yangi tipdagi 
maktablar tashkil qilina boshlandi. 1921-yil sentyabrida Xivada ochilgan 
xalq dorulfununi respublika madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. 
Xorazm respublikasi tuzilgan davtlabki oylardan boshlab g‘oyaviy-
siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Yosh xivaliklar hukumati, 
demokratik kuchlar mahalliy sharoitni tushungan holda aholining urf-
odatlari va qadriyatlarini e’zozlab ish olib bordilar. Ammo Xivani bosib 
olish jarayonida kirib kelgan qizil armiya, uning qo‘mondonlari, 
yevropalik bolsheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy 
ta’sir ko‘rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq ommasi kayfiyati va 
qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy chora-
tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda 
Xorazm Kompartiyasi (1921-yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin 
yordamchisiga aylandi. 
Xorazm respublikasida keyingi yillarda ham g‘oyaviy-siyosiy 
kurash davom etdi. Respublikaning ko‘plab rahbarlari mustaqillik 
uchun, adolatsizlikka qarshi kurashni to‘xtatmadilar. 1923-yil bahorida 
savdo-sanoat noziri Nurullayev Moskvada RSFSR bilan bo‘layotgan 
muzokaralarda qat’iylik ko‘rsatgani uchun Xorazmga chaqirilib, 
qamoqqa olindi. Sovet Rossiyasining ko‘rsatmalari asosida 1923-yil 
yoz-kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to‘ntarish amalga 
oshirildi. 1923-yil oktyabrda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik 
Respublikasi (XSSR)ga aylantirildi. XSSRning yangi Konstitutsiyasi 
qabul qilindi. Afsuski, bu Konstitutsiya mamlakatni sotsialistik qurilish 
yo‘liga o‘tishini qonun yo‘li bilan mustahkamladi. 
Xulosa qilib aytganda, 1923-yil kuzidan boshlab Xorazm 
respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarga butunlay chek qo‘yildi. 
Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. 
Bu holat 1924-yilning oxirigacha davom etdi. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin