6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA
Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi va undagi siyosiy o‘zgarishlar 1917-yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari Muhim
o‘zgarishlar arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati
va undan o‘sib chiqqan Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati
kuchaydi. Yosh buxoroliklar 1910-yildayoq o‘zlarni alohida tashkilot
sifatida e’lon qilgan edilar. Ular dastavval mavjud monarxiya tuzumi
115
doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsion monarxiyani
o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qo‘yish tarafdori
bo‘lishgan. 1917-yil 7-aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda
islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqarsa ham, amalda uni joriy
qilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirganlaridan so‘ng
mamlakatda ularni yoppasiga ta’qib etish boshlandi.
Buxorodagi aprel voqealarining yakuni shu bo‘ldiki, hukumatda
konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Said Olimxon qozikalon
Sharifjon Maxdumni lavozimidan bo‘shatdi, g‘azablangan mutaassiblar
rais Abdusamadxo‘jani olomon qilib o‘ldirdilar. Nasrullobek
qo‘shbegining buyrug‘i bilan Yosh buxorolik jadidlarning mashhur
namoyandasi Sadriddin Ayniy va boshqalar 75 tayoq urib jazolandilar.
Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan
yakunlandi.
Oktyabr to‘ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi
o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Turkiston respublikasining
bolsheviklardan iborat
rahbariyati Buxoro
amirligining davlat
mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga qaramay, amalda uning ichki
ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi.
Yosh buxoroliklar amirlik istibdodiga qarshi kurashni davom
ettirdi. Partiya ichida turli guruhlarning borligi, qarashlarning xilma-
xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tug‘ildi. Markaziy qo‘mita
bu vazifani 1917-yil noyabrda Fitratga topshirdi. Fitrat tomonidan 1918-
yil yanvarda yozilgan Yosh buxoroliklar partiyasining dasturi
(programmasi) Markaziy qo‘mita tomonidan tasdiqlandi va islohot
loyihasi sifatida e’lon qilindi. Unda Buxoro mamlakatida
konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va
harbiy mustaqilligini ta’minlash, madaniy taraqqiyotga erishish
lozimligi, dehqonchilik va soliq tizimiga alohida e’tibor berildi.
Buxoroda zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy
xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy o‘quv yurtlari
ochish zarurligi aytildi. Loyihada Buxoroda 10 ta nozirlikdan iborat
Nozirlar Sho‘rosi tuzish taklif etildi. Keyinchalik Fayzulla Xo‘jayev
Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda
boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini
ko‘rsatgan edi.
Turkiston XKS Buxoro davlatiga g‘animlik qilib, amir hukumatini
kuch bilan ag‘darishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda Yosh
buxorolik jadidlarni qo‘llab-quvvatlashdi. 1918-yil mart oyida Turkiston
116
o‘lkasi XKS raisi F. Kolesov qo‘mondonligidagi qizil askarlar mamlakat
poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi
muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni
o‘zgartirish uchun urinish to‘xtamadi. Afsuski, Amir Olimxon mamlakat
taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi Yosh buxoroliklar