partiyasi arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatla konstitutsion
monarxiya va demokratik tartibotlarni o‘rnatmoqchi bo‘lgan jadidlar-
Yosh buxoroliklarni yo‘qotish yo‘lini tutdi. Fayzulla Xo‘jayevning
ta’kidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini
qatl qilgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, faqat poytaxt Eski Buxoro
emas, balki G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako‘l, Chorjo‘y,
Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab
kishilar jadidlikda ayblanib, nohaq o‘ldirildi. Buxorolik jadidlarning
tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga jo‘nab ketishga
majbur bo‘lishdi. Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918-yilning yozida
Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi. Fayzulla Xo‘jayev
Moskvadagi muhojirlik davrida 1918-yil oktyabrda Turkiston respubli-
kasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida
Yosh buxoroliklar partiyasining bo‘limini tashkil qildi. 1920-yil
yanvarda Toshkentda Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi inqilobchi
Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi.
Bolsheviklar Yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag‘darishda
foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni ko‘zlagan holda
bolsheviklarga yaqinlashishdi.
Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920-
yil 13-14-iyunda bo‘lgan birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo‘jayev
tuzgan dastur (programma)ni qabul qildi. Dastur “Zulmga qarshi
birlashingiz!” degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda
Buxoroning umumiy ahvoli va Yosh buxoroliklarning asosiy
maqsadlari, ikkinchi qismida esa Yosh buxoroliklarning amaliy
takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi
bayon etildi. Shariat-adliya ishlarini olib borishning negizi, deb
quyidagicha e’tirof qilindi: “Shariat – adolatni talqin qiluvchi va
kambag‘allarni himoya etuvchidir”. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan
ag‘darib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb e’lon
qilish talabi qo‘yildi. Yosh buxoroliklar katta boylar qo‘lidagi yerlarni
musodara qilish, bepul boshlang‘ich ta’lim joriy etish, shuningdek,
qishloq xo‘jaligi, hunarmandlar sanoati, ichki va tashqi savdoning
117
ahvolini yaxshilash yo‘lida amaliy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini
ta’kidlashdi.
1920-yil 25-avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze
qizil askarlarga Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin
janglardan so‘ng 2-sentyabrda Buxoro shahri bosib olinib Sayid
Olimxon hokimiyatdan ag‘darib tashlandi. Qizil askarlar Sharqning eng
qadimgi shaharlaridan biri, “Islom dinining gumbazi” va “sharif shahar”
hisoblangan muqaddas Buxoroni vayron qildilar. Qadimiy Buxoro o‘t va
xarobalar ichida qoldi.
Shafqatsiz o‘q yomg‘iri va bombardimon natijasida shahar
obidalarining beshdan bir qismi vayron etilib, minglab begunoh odamlar
nobud bo‘lgan. O‘sha davr voqealarining bevosita shohidi bo‘lgan
mahalliy tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o‘zining “Tarixi Nofeiy”
(“Foydali tarix”) asarida qizil askarlar tomonidan qilingan Buxoro
bosqini oqibatlarini quyidagicha tasvirlaydi: “Buxoroni bosib olish
natijasida 34 guzar, 3000 dan ortiq do‘kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid
yonib xarob bo‘ldi. Minorayi Kalonga ham zarar yetib, Olimxon va Mir
Arab madrasalari yonib ketdi... Hazrati Imom darvozasidan Guzari
Nazargacha, Kofirobod, O‘g‘lon darvozasi, Masjidi Kalon, Zindondan
To‘qimdo‘ziy hammomigacha, minora ostidan to So‘zangaron dahasi,
Gul bozor, Lattafurushlar rastasi, Registondan to Puli oshiqonning
boshigacha batamom yonib ketdi. Qarshi darvozasi ham yonib ketdi...
Shaharda 3000 ga yaqin hovli yonib kul bo‘ldi. Buxoro shahri qariyb 20
kun yongandi. Buxoroning shu darajada xarob bo‘lganini hech bir tarix
ko‘rmagan edi”. Buxoroliklar bu kunlarni “kichik qiyomat” deb
atashgan.
Shaharga kirgan qizil askarlar Arkdagi amir xazinasini, Buxoro
qozikaloni, qushbegi va boshqa amaldorlarning boyligini musodara
qilganlar. askarlar va qo‘shin rahbarlari katta boylik orttirganlar. Hatto
Frunze xazinadagi qimmatbaho boyliklarning bir qismini o‘zi uchun
saqlab qo‘ygan. Turkiston harbiy-inqilobiy byuro “uchligi”ning a’zosi
A.Mashitskiyning
1920-yil
sentyabrda
V.I.Leninga
yozgan
ma’lumotnomasida shahar markazi yakson qilinganligi, Registon va Ark
yondirilgani, Ark yerto‘lalari va omborxonalaridagi boyliklar, oltin,
kumush, brilliantlar talangani, bunda qizil armiya bevosita qatnashgani
haqida xabar bergan. Sentyabr oyining boshida amirlik xazinasi va
boshqa boyliklar ortilgan 2 eshelon yuk Samarqand va Toshkent orqali
Moskvaga yo‘l oldi. Qariyb 15-sentyabrgacha davom etgan Buxoro
talovining guvohi bo‘lgan Turkbyuro raisi o‘rinbosari G.Safarov
118
quyidagicha yozgan edi: “Buxoroga kelgan qizil qo‘shinlar, eng avvalo,
talonchilik bilan shug‘ullandilar. Ular hammani va hamma narsani
taladilar. Umuman qizillar Buxoroni talash uchun kelgan edilar”.
Buxoro shahridan so‘ng qizil armiya 27 beklik (ba’zi manbalarda 32
beklik)ni ham birin-ketin egallab, Buxoro amirligiga barham berishdi.
1920-yil 14-sentyabrda bo‘lgan Xalq Nozirlar Sho‘rosi, Revkom
va Buxoro Kompartiyasi MKning umumiy yig‘ilishida 9 kishidan iborat
Butun Buxoro inqilobiy qo‘mitasi (raisi Abdulqodir Muhitdinov) va
respublika hukumati - 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Sho‘rosi (raisi
Fayzulla Xo‘jayev) tuzildi. Mamlakatni boshqarish maqsadida tuzilgan
Buxoro Xalq Nozirlar Sho‘rosi tarkibi quyidagicha edi: rais va xorijiy
tashqi ishlar (nozir-Fayzulla Xo‘jayev), maorif (Qori Yo‘ldosh
Po‘latov), doxiliya-ichki ishlar (Muxtor Saidjonov), moliya
(Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev), davlat nazorati (Najib Husayinov),
favqulodda komissiya (Cheka raisi Yusuf Ibrohimov), adliya
(Mukammil Burhonov), harbiy ishlar (Bahovuddin Shihobuddinov), yer-
suv ishlari-dehqonchilik (Abdulqodir Muhitdinov), savdo va sanoat
(Mirzo Muhitdin Mansurov) nozirliklari. Bu paytga kelib inqilobchilik
ta’sirida bo‘lgan Yosh buxoroliklar partiyasi a’zolari Buxoro
Kompartiyasi safiga kirishga majbur bo‘lgan edilar. Ushbu o‘rinda
ta’kidlash joizki, asosan, jadidlardan tashkil topgan Buxoro hukumati
o‘sha paytda ma’lumotli kishilar yig‘ilgan hukumatlardan biri
hisoblangan. Buxoro jadidlari o‘zlarining islohotchilik g‘oyalarini yangi
hukumatdagi faoliyatlari davomida amalga oshirishga harakat qildilar.
1920-yil 6-8-oktyabrda amirning yozgi saroyi Sitorayi Mohi
Xosada chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining I qurultoyida
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi tantanali ravishda
e’lon qilindi. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi.
Uning zimmasiga qisqa muddat ichida o‘rta asrchilik an’analari meros
qolgan amirlik Buxorosini demokratik davlatga aylantirishdek tarixiy
vazifani bajarish tushdi. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun
chiqaruvchi oliy organi bo‘lgan Buxoro inqilobiy qo‘mitasi (Markaziy
Revkom), Buxoro Xalq Nozirlar Sho‘rosi-dastlabki hukumat tarkibini
uzil-kesil tasdiqladi. Ularning vakolat muddati II qurultoygacha
uzaytirildi. 1920-yil oktyabr-noyabr oylarida BXSR bilan RSFSR
o‘rtasida muvaqqat harbiy-siyosiy ahdlashuv va shartnoma tuzildi. 1921-
yil 4-martda har ikki davlat o‘rtasida Ittifoq shartnomasi imzolandi.
Ushbu shartnomalar mustaqil siyosat yuritishga harakat qilayotgan yosh
Buxoro davlati arboblari faoliyatini muayyan darajada cheklashga olib
119
keldi. Ittifoq shartnomasi mustaqil Buxoro davlati hududida sovet
qo‘shinlari turishini “qonuniy” asoslab berdiki, mazkur hol BXSR ichki
ishlariga Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy jihatdan qurolli
aralashuvidan boshqa narsa emas edi.
Buxoro hukumati oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri yer-
suv masalasini hal qilish edi. 1920-yil 30-sentyabrda Buxoro Markaziy
Revkomi “Yer to‘g‘risida”gi dekretni qabul qildi. Dekretga muvofiq,
sobiq amir unig qarindoshlari va amaldorlari qo‘lidagi butun yer-mulk
kambag‘al va yersiz dehqonlarga berilishi kerak edi. Shuningdek,
dekretga ko‘ra, “xiroj”, “amlok” va boshqa soliqlar bekor qilindi. Arxiv
hujjatlarida keltirilishicha, faqat Eski Buxoro tumanlari va Chorjo‘y
bekligida sobiq amir va beklarga qarashli 10000 tanob yer musodara
qilinib, kambag‘al dehqonlarga taqsimlab berildi.
Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi
ma’qullab kutib oldi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar
tabaqasiga nisbatan ko‘rilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun mol-
mulkning musodara qilinishi, saroy a’yonlari va amir amaldorlarining
yoppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi amir xazinasining
Moskvaga olib ketilishi, majburiy oziq-ovqat razvedkasi va uning
qattiqqo‘llik bilan amalga oshirilishi, islom dini va ulamolariga nisbatan
dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan qizil armiya
ta’minotining aholi zimmasiga yuklatilishi, buning ustiga, qizil
askarlarning bosqinchilik va talonchilik faoliyati haqqoniy ravishda
xalqning kuchli noroziligiga sabab bo‘ldi. Respublikadagi ijtimoiy-
siyosiy munosabatlar ham keskinlashdi. Buxoroda amir hokimiyati
ag‘darib tashlangan dastlabki haftalardayoq mamlakatning g‘arbiy,
markaziy va sharqiy qismlarida qizil armiyaning bosqinchilik siyosati va
bolsheviklar zulmiga qarshi boshlangan qurolchilik harakati avj olib
ketdi.
Yosh davlat yetakchisi Fayzulla Xo‘jayev murakkab va og‘ir
sharoitda ishlashga majbur bo‘ldi. Buxoro hukumati ichida siyosiy
bo‘linish kuchaydi. Bir tarafdan, Buxoro Kompartiyasi ichidagi so‘l va
o‘ng kommunistlarga qarshi g‘oyaviy jihatdan kurash olib borishga
to‘g‘ri kelsa, ikkinchi tarafdan, RSFSR va uning favqulodda organlari
bo‘lgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O‘rta Osiyo byurosi yosh mustaqil
davlatning bosgan har bir qadamini sergaklik bilan nazorat qilib turar
edi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan F.Xo‘jayev, U.Po‘latxo‘jayev,
Otaulla Xo‘jayev, Fitrat, Muinjon Aminov, Muxtor Sayidjonov, Sattor
Xo‘jayev, M.Mansurov, A.Muhitdinov va boshqalar hukumatda
120
demokratik yo‘l tutib, mo‘tadil mavqeda turdilar. Ular BXSRning
amalda mustaqil bo‘lishi, islohotlar o‘tkazish zarurligini yoqlab
chiqdilar.
1921-yil
18-23-sentyabrda
bo‘lgan
Butun
Buxoro
xalq
vakillarining II qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi
qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning
demokratik huquq va erkinliklarini qonun bilan mustahkamladi.
Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa
vakillarining ishtiroki ta’minlandi. Xususiy mulk va savdo-sotiq
erkinliklari unda o‘z ifodasini topdi. BXSR Konstitutsiyasi barcha
fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo‘qotdi.
II qurultoyda Butun Buxoro MIK tashkil qilinib, uning raisi qilib
Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev (1887-1968) saylandi. 1922-yil avgustda
bo‘lgan III qurultoyda bu lavozimni Porso Xo‘jayev egalladi. Buxoro
Respublikasidagi iqtisodiy siyosat va xo‘jalik sohasidagi islohotlar
ziddiyatli tarzda kechdi. Buxoro inqilobiy qo‘mitasining 1921-yil 2-
fevraldagi dekreti hamma yerlarni umumxalq mulki deb e’lon qildi.
Vaqf yerlari tugatildi, ayrim toifadagi xo‘jaliklarning chorva mollari va
mulklari musodara qilindi. Sug‘orish tizimi izdan chiqdi. Ekin
maydonlari qisqarib chorva mollarining soni kamayib ketdi. Shu bilan
bir vaqtda ko‘plab ijobiy ishlar ham amalga oshirildi. 1921-yil kuzida
yerni tortib olish bekor qilindi. BXSR MIKning umumiy avf
to‘g‘risidagi 1922-yil 25-may dekreti vaqflarni tugatishni to‘xtatish,
qozixonalar ishini shariat ko‘rsatmalarini tiklash va boshqalarini e’lon
qildi. O‘sha yilning noyabr oyida yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o‘tish
e’lon qilindi. Buxoro davlat banki tuzilib, “pul islohoti” amalga
oshirildi. Dehqonlarni moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘rildi. Bu
qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishiga olib keldi. 1923-yili
sug‘oriladigan yerlar maydoni 1913-yildagi darajaga yaqinlashib qoldi.
Temir yo‘l tiklanib, zavod va fabrikalar qaytadan ishga tushdi. Bu
paytga kelib, Buxoro Respublikasida 19 ta korxona, 500 dan ortiq bozor
ishlab turdi. Xususiy sarmoya 12000 savdogarlar mablag‘idan iborat
bo‘ldi.
1923-yil mart oyida Turkiston, Buxoro va Xorazm iqtisodiy
jihatdan birlashtirildi va uni boshqarish uchun O‘rta Osiyo Iqtisodiy
Kengashi (SredAz EKOSO) tuzildi. BXSR hukumati raisi Fayzulla
Xo‘jayev O‘rta Osiyoning iqtisodiy jihatdan birlashuvi to‘g‘risidagi
fikrning boshida qo‘llab-quvvatlamadi. Chunki u iqtisodiy siyosatini
ishlab chiqish, hatto mintaqa xalq xo‘jaligi istiqbollari to‘g‘risida qaror
121
qabul qilishgacha bo‘lgan barcha ishlar markaz qo‘liga o‘tayotganligini,
eng avvalo, sezgan va bu siyosatning mash’um oqibatlarini chuqur
tushungan arbob edi. O‘zi kuchli iqtisodchi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jayev
Buxoro tomonidan Rossiya va Turkistonga yetkazib beriladigan
mollarga aniq tovar ekvivalentini belgilash zarurligi to‘g‘risida, ayniqsa,
tashvishlanib gapirar edi. Buxoro hududida joylashgan sovet Rossiyasi
qo‘shinlari Buxoro davlatining oziq-ovqati va yem-xashagi bilan
ta’minlanar edi. Hukumat boshlig‘i F.Xo‘jayev Rossiya qo‘shinlari
sonini 15000 kishigacha qisqartirish to‘g‘risidagi masalani Moskva
oldiga bir necha marta qo‘ydi.
Biroq Buxoro respublikasidagi demokratik jarayonlarga mamlakat
tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923-yil 3-iyunda Buxoroga
SSSR Qurolli kuchlarining Bosh qo‘mondoni S.S.Kamenev, Turkfront
Inqilobiy harbiy kengashi raisi A.I.Kork, RKP (b) MK O‘rta Osiyo
byurosi a’zosi Mixaylov va boshqalar kelishdi. Ular Buxoro hukumati
faoliyatidan
qoniqmayotganliklarini
ochiq
aytib,
sotsialistik
o‘zgarishlarni jadallashtirish kerakligini ta’kidlashdi. Oradan ko‘p
o‘tmay 12-iyunda RKP (b) MK Siyosiy byurosi maxsus qaror qabul
qilib, Buxoro hukumatini sovetlashtirish chora-tadbirlarini belgilab
berdi. Sovet hukumati o‘z buyruqlarini tez va qarshiliksiz amalga
oshirish uchun RKP (B) MK kotibi YA.E.Rudzutakni Buxoroga
jo‘natdi. 23-iyunda BKP MK yopiq plenumida Rudzutak ishtirok qilib,
Buxoro hukumati rahbarlari va mahalliy kommunistlar oldiga qat’iy
talablarni qo‘ydi. Fayzulla Xo‘jayevning eng yaqin safdoshlari bo‘lgan
sobiq Yosh buxorolik jadidlar Otaulla Xo‘jayev (tashqi ishlar noziri),
Fitrat (maorif noziri), Sattor Xo‘jayev (moliya noziri), Muinjon Aminov
(Buxoro EKOSO rayisi) lavozimlaridan chetlashtirilib, Buxoro davlati
hududidan chiqarib yuborildi. Qori Yo‘ldosh Po‘latov, Abdurahim
Yusufzoda, Muzaxar Maxsum Burhonov, Hoji Hamro Yo‘ldoshev ham
ma’sul lavozimlardan olib tashlandi. Buxoro hukumati Moskva va
Toshkentning “kommunistcha sabog‘i”ni olgan “tajribali sovet
xodimlari” bilan to‘ldirildi.
Buxoro hukumatida Turkistondan yuborilgan emissarlarning ta’siri
tobora kuchayib bordi. Kommunistik unsurlar bu bilan cheklanib
qolmasdan 14-avgustda bo‘lgan Buxoro MIK favqulodda sessiyasida
Konstitutsiya matniga o‘zgartirish kiritishga ham muvaffaq bo‘ldilar.
1923-yil 11-17-oktyabrda bo‘lgan Butun Buxoro xalq vakillarining IV
qurultoyi Konstitutsiyani o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.
Unga binoan, barcha savdogar, mulkdor va sobiq amaldorlar saylov
122
huquqidan mahrum qilindi. Ammo ishchi va kosiblarning saylov huquqi
kengaytirildi. Shuningdek, qurultoy jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni
kuchaytiradigan “Sovet qurilishi to‘g‘risida” nomli maxsus qaror qabul
qildi. Jamiyat tobora siyosiylashib bordi. Buxoroda o‘tkazilayotgan
demokratik islohotlarning taqdiri xavf ostida qoldi. Markazning talabi
bilan mamlakatda sun’iy ravishda sotsialistik qayta qurishlarni amalga
oshirishga kirishildi. Respublikadagi bu keskin vaziyat qurolli muxolifat
harakatining kuchayishida ham o‘z ifodasini topdi.
Shunday qilib, 1923-yil yozida mustabid sovet tuzumi Buxoroda
o‘ziga xos davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. Milliy qo‘shin va milliy
valyuta
bolsheviklar
tomonidan
tugatildi.
Bu
holat
Buxoro
mustaqilligiga katta xavf tug‘dirdi. Biroq Xorazm respublikasidan farqli
ravishda, faqat 1924-yil kuzidan boshlab Buxoroda sotsialistik
taraqqiyot tomon yo‘nalish boshlandi.
1924-yil 18-20-sentyabrda bo‘lib o‘tgan Butun Buxoro xalq
vakillarining V qurultoyida BXSR Buxoro Sovet Sotsialistik
Respublikasi (BSSR)ga aylantirildi. BSSRning tuzilishi yuqoridan turib
sun’iy tarzda amalga oshirilgan hodisa edi. Natijada, taraqqiyotning
demokratik yo‘li inkor qilinib, sotsialistik yo‘nalishi tanlandi.
Markazdagi
bolshevik
rahbarlarining
Buxoro
va
Xorazm
respublikalarini sotsialistik respublikalarga aylantirishdan ko‘zda tutgan
asosiy maqsadi – mahalliy xalqlarni tezroq sovetlashtirish va
ruslashtirish, xalqimiz ongiga kommunizm mafkurasini majburan
singdirish edi. 1924-yil noyabr oyi oxirida xuddi Xorazm respublikasi
singari Buxoro SSR ham tugatilib, uning hududi 1925-yilda tashkil
etilgan O‘zbekiston SSR (1929-yilgacha tarkibida Tojikiston ASSR ham
bo‘lgan) va Turkmaniston SSRga kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro va Xorazm Xalq respublikalarining
demokratik islohotlar tomon bosib o‘tgan yo‘li o‘sha davr uchun ham,
bugungi kun nuqtayi nazaridan olib qaralganda ham, mashaqqatli va
ulug‘ yo‘l bo‘ldi. Buxoro va Xorazm respublikalari atiga 4-5 yil ichida
dunyoviy islohotlar joriy qilinayotgan demokratik davlatga aylana
boshladi. Afsuski, bu jarayonlar mustabid sovet tuzumi tomonidan
sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yildi va nisbatan mustaqil bo‘lgan bu
davlatlarning mavjudligiga ham barham berildi. Buxoro va Xorazm
respublikalarining tugatilishi bilan kamida uch ming yillik tarixga ega
bo‘lgan o‘zbek xalqining milliy davlatchilik halqasi deyarli uzib
tashlandi. O‘zbekiston SSR tuzilsa ham (1925-yil fevral) oradan ko‘p
o‘tmay, u SSSR tarkibiga kiritildi. O‘zSSR amalda hech qanday
123
mustaqil siyosiy huquqlarga ega bo‘lmay, balki yangi shakldagi
mustabid sovet rejimining bir qismi bo‘lganligi uchun ham mustaqil
davlat vazifasini o‘tay olmadi.
Dostları ilə paylaş: |