103
11. MAVZU: SOVETLAR ANDOZASI ASOSIDA TASSR. XXSR
VA BXSR LARNING TASHKIL TOPISHI
Reja
1. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining tashkil topishi.
2. Xiva xonligining ag‘darilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining
tashkil topishi.
3. Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi.
Tayanch
so‘z va iboralar.
Turkiston
Respublikasi,
o‘lka
konferensiyasi, Turkiston konstitutsiyasi, Milliy ishlar xalq komissarligi,
“Sovet avtonomiyasi”, Turkiston KP, Turkkomissiya, Turkiston
Respublikasi to‘g‘risidagi nizom, Musbyuro, “Idorai mashrutiya”,
Amudaryo bo‘limi, Favqulodda komissiya, Muvaqqat inqilobiy
hukumat, XNK, Butunxorazm sovetlari, BXSR, “YOsh buxoroliklar”,
demokratik kuchlar, Xalq Nozirlar Sho‘rosi, muvaqqat harbiysiyosiy
bitim, Buxoro Konstitutsiyasi, BSSR.
Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat
vakillari qo‘lida bo‘lib qolishi o‘lkadagi barcha demokratik kuchlarning
hukumatga bo‘lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi
Markazdagi bolsheviklar hukumati chekka o‘lkalar, shu jumladan
Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya” o‘rnatishga qattiq
kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko‘plab partiya
va sovet xodimlari Turkistonga jo‘natildi. Jumladan, P.A. Kobozev
O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918-yil 20-aprel
— 1-may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V syezdi
bo‘lib o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari
bo‘yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat
vakillari) ishtirok etdi. Syezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda
Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo‘ldi.
Sovetlarning V o‘lka syezdi o‘zining markaziy hokimiyatga
tobeligini ochiq namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy
rahbariyatining “barcha inqilobiy shiorlari hayotga qat’iy tatbiq etilishi”
ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga javoban V.I.Lenin va I.Stalin
zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda quyidagi so‘zlar bor
edi: “…sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz avtonomiyasini
qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun
o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq
aloqada bo‘lasiz deb to‘liq ishonamiz”.
104
Syezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918-
yil 30-aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi
Dostları ilə paylaş: |