137
ASHTARXONIYLAR DAVRIDA BUXORO XONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY
HAYOT
Ochildiyev Sardor Abduxalil o
’g’li
NavDPI Tarix fakulteti 2-kurs
talabasi
Ilmiy rahbar:
Muftillayeva U.T.
“Ota-bobolarimiz asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy,
ilmiy kurashlarni o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish
davri keldi”.
I.A. Karimov
O’rta Osiyoda uzoq davr mobaynida hukm surgan Buxoro xonligi
ashtarxoniylar boshqaruvi davrida uzoq vaqt mobaynida chuqur o’rganilmay, ilmiy
tadqiqotlardan chetda qolib ketdi. Davrga taaluqli tarixiy manbalar tahlili yetarli
darajada amalga oshirilmadi. Mustaqillik sharofati bilan tarixning har bir davri, shu
jumladan, O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan xonliklar davri bo’yicha ham, xususan
Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniy sulolasi haqida ilmiy asarlar tahlil
qilinib, xolisona tarix yaratila boshlandi. Turon hududida XVII asr boshlarida asos
solingan shayboniylarning Buxoro xonligi davlatini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Sulolan
ing eng yetuk vakili Abdullaxon II davrida ya’ni 1557-1598-yillar oralig’ida
ancha taraqqiy etadi, hududi kengayadi, ko’plab davlatlar bilan diplomatik aloqalar
yo’lga qo’yiladi. Lekin u vafot etganidan so’ng 1598-yil taxtga o’tirgan Abdilmo’min
yaxlitlikni taminlay olmaydi. Natijada ichki va tashqi, harbiy va siyosiy kurashlar
Buxoro xonligi hokimiyati tepasiga ashtarxoniylar sulolasining kelishiga yo’l ochiladi.
Bu sulolaning taxtga kelishi va shayboniylar sulolasining taxtdan ketishi
masalasida bir qancha mulohazalar mavjud.
“Shayboniylar Buxoroda 1598-yilgacha hukmronlik qildilar keyin esa
hokimiyatga joniylar keladi. Ular Jo’jining o’g’li O’rda avlodidan bo’lib,
shayboniylarga ona tarafdan qarindosh edi”
33
. Lekin ayrim manbalarda
Ashtarxoniylar
sulolasi Jo’jixonning o’n uchinchi o’g’li To’qay Temurga borib
taqaladi. Jo’jixonning katta o’g’li Botuxon To’qay Temurga 14 ulusni mulk qilib
bergan degan fikrlar ham mavjud. Shunday qilib 1601-yilda Buxoro xonligida
hokimiyat yangi sulola-
ko’p hollarda joniylar(Joni Muhammad nomidan) yoki
33
Bosvort K.E “Musulmon sulolalari (yilnoma va shajaralar bo’yicha ma’lumotnoma)”T.Fan 2007.-116-b.
138
ashtarxoniylar (kelib chiqish o’rni bo’yicha) degan nom bilan yuritilgan To’qay
Temur sulolasiga o’tdi. Ba’zi manbalarda aytilishicha Buxoro taxtiga Boqi
Muhammadxon o’z otasi Jonibek Muhammadxonni o’tqazgan va uning nomidan
tangalar ham zabt qildirgan, biroq Jonibek Muhammad Buxoro taxtidan voz
kechgan. Buning asosiy sababi hokimiyatning qonuniyligi edi. Ashtarxoniylar
sulolasining Movaraunnahrga kelib qolish masalasiga yozma manbalardan
tashqari qabrtosh yozuvlari ha
m ba’zi aniqliklarni kiritadi. B.Aminovning izlanishlari
natijasiga ko’ra Kattaqo’rg’on tumaniga qarashli (sobiq Oxunboboyev) Shammi
qishlog’i Xon Avliyo mozori topib o’rganilganda, bu yerda ashtarxoniylar sulolasi
yirik vakili va asoschisi Jonibek Muhammadning bobosiga atab yodgorlik toshi
qo’yilganligi isbotlangan.
Gap shundaki, qabrtosh shayboniylar davriga mansub va Jonibek Muhammad
bobosining vafot etgan sanasi aniq ko’rsatilgan va bunday ma’lumot qolyozma
asarlarda uchramaydi. Toshdan olingan tarixiy faktlar ashtarxoniylar shajarasini
to’ldirishga va ularning Movaraunnahr mintaqasiga kelib qolishiga doir ayrim
oydinliklarni kiritishga xizmat qwiladi. Ashtarxoniylar nasabnomasi haqida fikr
yuritilganda bu sulolani “buzilgan” shajara ham deb aytadilar. “Shunday qilib
ashtarxoniylar sulolasining hokimiyatga kelishi shu tarzda kechadi. Ashtarxoniy
hukmdorlar mamlakatda bir qator islohatlarni amalga oshirish orqali ma’lum
darajada bo’lsada xonlik aholisining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga harakat qilgan.
Lekin amalga oshirilgan islohatlar har doim ham kutilgan natija bermaydi. Yoki
oddiy xalqning ma’lum noroziligiga sabab bo’lgan. Bunga misol qilib sulolaning
ko’zga ko’ringan a’zolaridan bo’lgan Subhonqulixon davrida yetti yillik soliqning bir
martada yig’ib olishi va uning o’g’li Ubaydullaxon davrida amalga oshirilgan pul
islohotining samarasizligi xalqning ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qilgani va buning
natijasida turli hududlarda qo’zg’alonlar bo’lib o’tganidan bilishimiz mumkin”
34
Ashtarxoniylar hukmdor
lari ham o’zlaridan oldingi sulola vakillari – temuriylar,
shayboniylar singari ilm-
fan va madaniyatga e’tiborli bo’lishgan. Dastlabki
hukmdorlarning boshqaruvi davrida saroy hayotida shayboniylar davri nasri va
nazmi ta’siri sezilib turdi. Ayni vaqtda ushbu sulola vakillaridan ham bir qator yetuk
shoir, olim-fuzalo shaxslar yetishib chiqqan edi. Bularga misol qilib Imomqulixon va
Nodir
Muhammadning
o’g’li
shahzoda
Qosim
Muhammad
Sulton,Abdulazizxon,Subxonqulixon va boshqalarni keltirish joizdir.Xususan Qosim
Muhammad Sultonning tibbiyotga doir asari bunga misol bo’ladi Yana bir hukmdor
Abdulazizxon ijodda “Aziziy” taxallusi bilan mashhur bo’lib, aniq fanlardan
34
A.Zamonov “Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari” Metodik qo’llanma. Toshkent.”Bayoz”2021-118-b.
139
matematikani juda yaxshi bilar, xattotlik salohiyatiga ega bo’lgan. Xonlikda ko’zga
ko’ringa hukmdorlardan yana biri nazmda “Nishoniy” taxallusi bilan ijod qilgan, o’z
oldiga tib ilmi olimlarini yig’ib, tibbiy kechalarni tashkil qilib o’zi ham bularda ishtirok
etgan va oid asarlar ham yozib qoldirgan.
Shundan kelib chiqib aytish mumkunki, ashtarxoniyla
r o’z hukmronligi davrida
Buxoro xonligi tarixida o’zlaridan ma’naviy me’ros qoldira olganlar. Xonlar, ular bilan
bir qatorda yuqori lavozimdagi amaldorlar ham ma’naviy hayot yaxshilanishiga o’z
hissalarini qo’sha oldilar. Bu davrda ko’plab masjid-u madrasalar, bir qancha
hovuzlar, karvonsaroylar bunyod etildi. Butun dunyoga mashhur Samarqanddagi
Registon ansambili ham aynan shu davrda, bir qancha vaqt otaliq lavozimida
ishlagan Yalangto’sh Bahodir tomonidan hozirgi holatga keltirilgan.
Ashtarxoniylar davrida xonlikning tashqi siyosat qamrovi bir muncha kengayib,
xonliklar bu davrda Sharqda Hindistondan g’arbda Usmonli turklar davlatiga qadar
mamlakatlar bilan diplomatik aloqalarni yo’lga qo’yganlar. Mamlakatalarbilan tashqi
aloqalar olib borishda mamlakat h
ukmdorlari bo’lgan xonlarning diplomatic
qobiliyati, keng dunyoqarashi, asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qilgan. Bu davrda
eng ko’p elchilik aloqalari Rossiyada hukmronlik qilgan Romonovlar sulolasi va
Hindistonda hukmronlik qilgan boburiylar sulolasi
bilan bo’lgan bo’lsa, qo’shni
davlatlardan qozoq juzlari va eron bilan ham aloqalar uzilib qolmagan. Bu davlatlar
bilan aloqalarning yo’lga qo’yilishining yana bir sababi tranzit savdo aloqalari edi.
Masalan, xonlik savdogarlari Rossiyaga chiqishda qozoq
juzlari o’lkasidan o’tgan
bo’lsa, Rossiyaga Eron va Hindiston bilan savdo qilishda xonlik hududidan o’tgan
savdo yo’liga zarurat sezgan. Shu bois ham xonlar tomonidan diplomatik aloqalarni
yaxshilanishi tarixiy zarurat bo’lgan .
Xullas, Buxoro xonligini bir yarim asr davomida idora qilgan Ashtarxoniy
hukumdorlar davri tarix sahnasida o’z o’rniga ega bo’lgan va xonlik tarixida o’chmas
iz qoldirgan .
Dostları ilə paylaş: |