Tadbir senariysi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə1/13
tarix13.04.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#97263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amir Temur tavalludiga senariylar


@ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga




TADBIR SENARIYSI

Zal bayramona tarzda gullar bilan bezatilgan. Buyuk sarkarda Amir Temurga bag`ishlab chiqarilgan rangli plakatlar ham mavjud. Kechaga o`quvchi, o’qituvchilar, ota-onalar taklif qilinadi.


Zal o`rtasida ekran o`rnatilgan. Unda Amir Temur haqidagi videolavhalar, kinofil'mlardan olingan jang tasvirlari hamda Sohibqiron qurdirgan me'moriy obidalar, u yaratgan kitoblar, tuzuklardan namunalar o`qish orqali ekranda birin -ketin namoyon bo`la boshlaydi. Ovoz-("Biz, kim-mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz, kim -millatlarning eng qadimi va eng ulug`i-Turkning bosh bo`g`inimiz.", "Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qatt'iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.", "Bir kunlik adolat-yuz kunlik toat ibodatdan afzaldir", "Qudratimizga shubhang bo`lsa, biz qurdirgan imoratlarga boq" Lavhalar to`xtagandan so`ng ekranda Rustam G`oipovning Sohibqiron to`g`risidagi qo`shig`i yangraydi. Shuningdek, zalda Amir Temur yaratgan asarlar hamda u haqdagi ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar ko`rgazmasi, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar ham tashkil etilgan. Qo`shiq yakunlangandan so`ng milliy kiyimda boshlovchi yigit va qiz sahnada hozir bo`ladi.
Boshlovchi yigit: Assalomu alaykum, hurmatli kecha qatnashchilari. Bugungi bayram tadbirimizda O`zbek davlatchiligi tarixining asoschisi, millatimiz homiysi, ilm-fan, san'at, madaniyat raqnamosi va targ`ibotchisi ulug` Sarkarda bobomiz Amir Temur tavalludining 683 yillik muborak to`yi munosabati bilan yig`ilib turibmiz.

Boshlovchi qiz: Assalomu alaykum, vatandoshlar, aziz yoshlar, davramizning aziz ishtirokchilari va qatnashchilari. Shonli tariximizning nurli sahifalarida o`chmas iz qoldirgan va qalbimizda abadul-abad muhrlanib qolgan ulug` siymo, buyuk tarixiy shaxs Amir Temur bobomizning shon-shavkati, qoldirgan bebaho merosi, qilgan yaxshi amallari haqida qancha gapirsak, qancha kuylasak ham kam.


Boshlovchi yigit: 1336 yil,9 aprel. Bu sana endilikda ko`pchilikka ma'lum. O`sha kun Amir Temur ibn Muhammad Tarag`ay Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo`lgan Kesh shahridan o`n chaqirim, taxminan 13 km masofada bo`lgan Xo`jailg`or qishlog`ida tavallud topganligi aytiladi. Ayni bugungi dorilamon kunlarda bobomiz Amir Temur tavalludining muborak 683 yillik yubiley tantanalari barcha joylarda; madaniyat va ma'naviyat maskanlarida, oliy va o`rta maxsus ta'lim dargohlarida ommaviy ravishda nishonlanmoqda.


Boshlovchi qiz: Qadimiy Turkistonu Turonzaminning buyuk farzandi Temur tarix sahnasiga kelgach, qariyb bir yarim asrlik mug`ullar hukmronligini va feodal tarqoqlikni bartaraf etib, o`zining qudratli imperiyasini vujudga keltirdi. Savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik umuman hamma soha jadal rivojlanib, xalqaro miqyosga ko`tarildi. Sohibqironning sa'yi-harakati tufayli buyuk Ipak yo`li yo`nalishining Turonzamin tomon burilib, uning sarhadlaridan o`tishi bu borada ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlovchi yigit: Temur homiyligida islom dini insonlar qalbida yanada mustahkam o`rin oldi, ilm-fan, adabiyot, san'at, hunarmandchilik, madaniyat rivojlandi, me'morchilik, obodonlashtirish, yo`llar, o`z davri uchun muhim bo`lgan ko`prik va suv yo`llari qurilishi borasida jahonni lol holdiradigan ishlar qilindi. Natijada Sohibhiron Temurning orzulari ro`yobga chiqib, uning o`lkan davlati tanildi. Samarqand va Kesh eng dongdor shaharlar qatoridan o`rin oldi.
Boshlovchi qiz: Temurdan juda katta ma'naviy meros ham qoldi, uning bu boradagi xizmatlarini bashariyat tan oldi. hozirgi paytda ular jahon xalhlari ma'naviy boyligining ajralmas bir qismidir. Temur ma'naviyati bundan buyon ham mustaqil yurt istiqlol mafkurasining boy va asosiy manbasi bo`lib qolaveradi. Temur va Temuriylar davri ma'naviyatining mana shunday salohiyati bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Boshlovchi yigit: Abdulla Oripovning "Sohibqiron" she'ri Sahnaga (ishtirokchilardan birining ismi familiyasi)chorlaymiz. She'r yakunida sahnada Sohibqiron Amir Temur obrazi hozir bo`ladi. Obraz o`sha davr muhitiga mos ravishda kiyingan bo`lishi lozim.
Sohibhiron obrazi: Barcha ishlarimning to`qqiz ulushin kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushin esa qilich bilan bajo keltirdim. Kengash ikki turli bo`lur: biri til uchida aytilgani, ikkinchisi-yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog`iga qo`yardim va dilimga joylardim.
Men hayotim mobaynida besh narsaga e'tiqod qildim va qamishaliq ularga amal qildim. Ular ushbulardir:
-Olloh-ul har narsaga qodir kuch, sidhidildan sihinsang, istagan murodu maqsadingga yetkazadi.
-Tafakkur-fikrlash va mushohada qobiliyati, huvvai hofizasi kuchli inson har qanday mushkulotni oson hal qilish yo`lini topa oladi.
-Qilich-er yigitning yo`ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli.
-Imon-ul insonni barcha jonlilardan farhlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi. qarindosh urug`lari, elu xalqning or-nomusini himoya qiladi. Halollik va poklikni fazilat biladi.
-Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o`rgatuvchi murabbiydir.
Boshlovchi qiz:
Taxtingizga sizni bilganlar keldi,
Dinu islomdagi o`g`lonlar keldi.
qalbi jur'atlarga to`lganlar keldi,
Assalomu-alaykum , Sohibqironim,
Poyingizni o`par mulki Turonim.
Sohibqiron obrazi,-Menkim, Amir Temur vasiyatim shul erur, O`g`illarim! Millatning ulug` martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o`qing,aslo unutmang va tadbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qadrlang, yo`hsillarni boylar zulmigatashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin. Bularga sodiq qolsangiz, malomat toshlari boshingizga tushmas.
Sohibqiron obrazi sahnani tark etadi. Vatan to`g`risida qo`shiq yangraydi. Raqs ijro etiladi.
Boshlovchi yigit: -Amir Temur og`ir mashaqqatlarning bariga bardosh berib, sabot matonat bilan pirlari va ustozlari nasihati tufayli fe'l -atvori turlicha bo`lgan amirlarning boshlarini birlashtirib, buyuk va qudratli temuriylar davlatini barpo etdi. Davlat boshqaruvida diplomatik aloqalar, elchilarni qabul qilish ishlarini samarali yo`lga qo`ydi.
Shu o`rinda kichik sahna ko`rinishi namoyish etiladi
Sohibqiron huzuriga qo`li ko`ksida ta'zim ila devonbegi kiradi.
Devonbegi:-Olampanoh! Ispaniya elchisi kelmish, huzuringizga kirish uchun izn so`raydir.
Amir Temur: -Kirsin!
Elchi kiradi va ta'zim ila hurmatini bajo keltiradi
Amir Temur: Klavixo, bizning eski birodarimiz. Aytchi, o`g`lim, qirolning ahvoli nechukh Unga jami ezguliklar yor bo`lsin, deyman.
Klavixo: Qirolim ham sizga mudom soqliq tilaydi. Karvon bilan yetib kelgay uning tuhfasi. Zafar muborak, a'lo hazrat.
Amir Temur: Qulluq, qulluq
Klavixo: A'lohazrat, bul murag`g`a daftarda Ispan yurtining shaharlari, go`zal manzaralari tasvirlangan.
Amir Temur: Hoyat noyob sovg`adir bu, senga tashakkur!
Shoyon hurmat ko`rsating Klavixoga, shohona sarpolar kiygizing.
Devonbegi: -Zafarni qutlash uchun andijoniylar, bir minora yasamishlar momiq paxtadan.
Amir Temur: -Faxr eturman men xalqimning san'ati bilan, uning ko`ngli xuddi o`sha paxtadek oh. Siylovlarni ayamangiz ulardan aslo!
Devonbegi: -O`rusiya vakillari navbat kutmoqda!
O`rusiya elchisi: Zafar muborak, hazrati Temur! To`yonamiz qabul qiling. Olib keldik oltin ko`zli oltin g`archig`ay va silovsin ma'nasidan tikilgan po`stin.
Amir Temur: -Tashakkurim aytadurman harchig`ay uchun, do`st bo`lg`ay u g`olib Turon burguti bilan. O`rislarning yelkasiga zarbof to`n tashlang.
Kimki menga kelib qo`shilsa,u lug`lanadi.
Kimki men bilan kurashmoqchi bo`lsa, yiqiladi.
Amir Temur obrazi sahnani tark etadi. Sahnaga bir guruh ishtirokchi yigit va qizlar chiqishadi.
1-o`quvchi: Buyuk jahongir 35-yil O`rta Osiyo hukmdori(1370-1405) bo`lib ko`p o`lkalarni zabt etdi. Samarqand, Shahrisabz kabi shaharlarda dunyoga dong`i ketgan ajoyib binolar, madrasayu machitlar qurdirdiki, ular hozir ham barchani hayratga soladi.
2-o`quvchi: Samarqand atrofida "Bohi Chinor ", "Bog`i Shimol", "Bog`i Behisht", "Bog`i Jahonnamo ", "Bog`i Baland ", "Bog`i Dilkusho", "Bog`i Zohon" kabi go`zal bog`larni barpo ettirdi.
3-o`quvchi: Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, hazrati Shayx, Jahongir maqbarasi Arkoni davlat bilan bog`liqdir.
4-o`quvchi: qudratli saltanat sohibi dunyoda birinchi bo`lib, hayotlik davridayoq o`zining harbiy san'ati va davlatni boshqarish uslubiga bag`ishlangan maxsus asar yaratdi. U" Temur tuzuklari" nomi ostida shuhrat topadi. "Temur tuzuklari" -Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyati to`g`risida ma'lumot beruvchi noyob asar hisoblanadi.
5-o`quvchi: U 2-qismdan iborat bo`lib, 1-qismi davlatni barpo etish va mustahkamlash, qo`shinlarni tashkil etish borasidagi tuzuklardan iboratdir.
6-o`quvchi: -2-qismi esa 13 kengash, Jahongirning harbiy yurishlari to`g`risida qimmatli ma'lumot va tafsilotlarni o`z ichiga oladi. Tuzuklarni o`qirkanmiz Sohibqironga xos bo`lgan insoniy fazilatlarga, mard, jasurlik timsollariga havasimiz keladi. O`quvchilar Temur tuzuklaridan namunalar aytadilar:
-Kimki senga do`stlik qilsa, do`stlik qadrini unutma, unga muruvvat, ehson, izzat-u ikrom ko`rsat.
-Chin do`st uldurki, do`stidan hech qachon ranjimaydi. Agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi.
-Bir kunlik adolat -yuz kunlik toat ibodatdan afzaldir.
-Og`zingga qon to`lsa ham , dushman oldida tupurma.
-Oltmishga kirgan otadan osh so`rama.
-Qilich o`tkir bo`lsa-da o`z sopini kesmaydi.
-Ot mingan otasini unutadi.
-Qudratimizga shak-shubhangiz bo`lsa, biz qurdirgan imoratlarga boqing.
7-o`quvchi: Vatanimiz Mustaqilikka erishgandan bo`yon qanchadan-qancha ota-bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz nomi tiklandi. Shular qatorida Amir Temur bobomiz ham adolatparvar va qudratli saltanat egasi sifatida e'zozlandi.
8-o`quvchi: Prezidentimiz I.A.Karimov1996-yilni "Amir Temur yili" -deb e'lon qildilar. Mamlakatimizdagi noyob tarixiy yodgorliklar ta'mirlandi.1996-yil 18 oktyabr kuni Sohibqironning 660-yillik tavallud to`yi munosabati bilan Amir Temur nomi bilan atalgan xiyobonda buyuk Sarkarda, davlat arbobi va u asos solgan temuriylar sulolasiga bag`ishlangan go`zal koshona-Temuriylar tarixi muzeyi ochildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida ulug` bobomizning haykallari ochildi.
9-o`quvchi: -O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Shahrisabz va ro`yi zamin sayqali, buyuklik maskani-Samarqand shahriga "Amir Temur" ordenini topshirdilar. Endilikda Amir Temur nomi bilan bog`liq bo`lgan maktab, jamoa xo`jaligi, ko`cha va xiyobonlar hamda tarixiy muzeylar ham bu ulug` insonga yurtdoshlarimizning yuksak ehtiromi ramzidir.
10-o`quvchi: Buyuk sarkarda Amir Temur 1405 yil 18 fevralda O`tror shahrida vafot etdi. Sohibqiron bobomizni dunyo taniydi, u kabi ulug` odamlar bir umr oramizda yashaydilar.
Boshlovchi qiz: -Buyuk shaxslarni tarix yaratadi,-deydilar. Bunga qo`shimcha qilib, Sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko`zgusidan o`tkazib, buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi, deyish mumkin.
Yurtimning mard, jasur, botir o`g`loni,
Sarbaland ko`tardi turkiy tuhroni.
Jahonga jahondek mag`rur bo`lg`oni,
Amir Temur bobom- podshohi olam.
O`gitin ma'nosi xo`p beadaddir,
Tuzuklari hamisha bizga madaddir.
Ota-bobolarga ruhi madaddir,
Amir Temur bobom, sarkarda bobom.
Dasturilamaldir siz bitgan hikmat,
Siz sajda qilgulik ulug`vor xilqat.
Siz-la o`sib borar g`ururim qat-qat,
Sizga bo`lgan hurmat cheksiz, beadad.
Boshlovchi yigit: -Aziz mehmonlar! Mana, buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz tavallud topgan kunga atalgan tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetdi. Biz tadbirda Jahongir bobomiz bosib o`tgan shonli hayot yo`lini, ma'rifat, madaniyat obodonchilik borasida qilgan savobli ishlarini, mardlik va jasoratlarini o`zimizning chiqishlarimiz, she'rlarimiz, raqsu qo`shiqlarimiz, sahna ko`rinishi va bobomiz tuzuklari orqali namoyon etishga harakat qildik. Shu orqali bu ulug` zotga hurmatimiz cheksizligini ifoda etdik. E'tiboringiz uchun rahmat.
Tadbir oxirida tashrif buyurgan mehmonlarga so`z beriladi.
Tadbir so`ngida tarixiy mavzu tarannumidagi biror qo`shiq, masalan "Sitora"guruhining "Ajdodlaring bor" qo`shig`i namoyishi orqali yakunlanad




Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin