Tadbir senariysi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə7/13
tarix13.04.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#97263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Amir Temur tavalludiga senariylar

Boshlovchi yigit: A.Temur hayoti mobaynida besh narsaga qat’iy amal qilgan bo’lib, ular ushbulardir:
1-o’quvchi: OLLOH – ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang istagan murodu maqsudingga yetkazadi.
2-o’quvchi: TAFAKKUR – fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvai hofizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulotni oson qilish yo’lini topa oladi.
3-o’quvchi: IYMON - ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir, iymonli odam xiyonat qilmaydi, elu xalqining oru-nomusini himoya qilasi, halollik va poklikni fazilat deb biladi.
4-o’quvchi: KITOB (BITIK) - barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.
5-o‘quvchi: QILICH: ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin.
Boshlovchi qiz: Sohibqironga xos insoniy fazilatlar, mardlik, jasurlik, shijoat tuyg’ulari barchangizga yor bo’lsin deya Temurni madh etuvchi va sharflovchi she’rlarni tinglaymiz.
( bir guruh o’quvchilar tomonidan she’rlar aytiladi)
Avliyolar bosgan tuproq aziz derlar,
Qat-qatidan chiqaverar ekan sirlar.
Har tuproqdan har kun o’tmas axir pirlar,
Ko’kragimni hayrat tiklar, Temur bobo.
Boshlovchi yigit: Buyuk jahongir 35 yil O’rta Osiyo hukmdori bo’lib, ko’p mamlakatlarni zabt etdi, dunyoga mashhur binolar, madrasayu masjidlar qurdirdiki, ular hozir ham dunyoni hayratga soladi.
Boshlovchi qiz: Temur ma’naviyati bundan buyon ham mustaqil yurt istiqlol mafkurasining boy va asosiy manbai bo’lib qolaveradi. Temur va Temuriylar davri ma’naviyatining mana shunday saloiyati bilan har qancha fahrlansak arziydi.
Boshlovchi yigit: Jahongir ko’z tashlar olis yoqlarga,
Hayol ummonida jumlai jahon.
Bir pas orom oling endi bog’larda
Ot boshini buring, ey Sohibqiron!
Boshlovchi qiz: Aziz ustozlar va o’quvchilar! Bugungi tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi, barchangizga sog’lik, salomatlik, o’qish va ishlaringizga rivoj tilab qolamiz. E’toboringiz uchun rahmat.
(Tadbir so’nggida o’quvchilar tomonidan “Vatan Bayrog’i” qo’shig’i ijro etiladi)


TADBIR SENARIYSI


AMIR TEMUR-FAXRIMIZ, G`URURIMIZ

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin