3-o`quvchi: Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko`rsat.
4-o`quvchi: Har qanday odam mening adolat devonimdan panoh topgan ekan, gunohi bo`lsa, u holda gunohiga yarasha jazolansinlar. 5-o`quvchi:Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o`zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib jabr-zulmdan uzoqda bo`lishga intildim. 6-o`quvchi: Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og`ayinilar, qo`shnilar va men bilan bir vaqtlar do`stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne`mat martabasiga erishganda unutmadim, haqlarini ado etdim. 7-o`quvchi: Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilishga qasd qilgan bo`lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog`lanib, bitirmagunimcha qo`limni tortmadim. 8-o`quvchi: Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o`zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hikm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko`nglidan joy oldim. 9-o`quvchi:Davlat ishlarining to`qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur. 2-boshlobchi: Bobomizning bu dono o`gitlari bizni adolatli, vatanparvar bo`lishga undaydi. 1-boshlobchi: Biz Amir Temur avlodlari u kishining ruhi-poklarini shod etishni sharaf deb bilamiz. Buyuk sohibqiron shoirlar nazdida yanada yuksaklikka yo`g`rildi. Aytilajak she`rlar sizga buyuk hurmatimiz ramzidir. O`quvchilar tomonidan Amir Temurni sharaflovchi she`rlar o`qiladi. 2-boshlobchi: Amir Temurdek buyuk zot mansub bo`lgan millat farzandlari ekanimizni, tomirlarimizda Amir Temur shijoati jo`sh urayotganini o`ylasak, anglasak qalbimizni chinakkam iftixor tuyg`ulari qamrab oladi. 1-boshlobchi: Bobomiz adolat bilan ish yuritganlar. Hozir namoyish etiladigan sahna ko`rinishi bizni yanayam shijoatli bo`lishga undaydi. Maktabning yuqori sinf o`quvchilari tomonidan Abdullo Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonidan ikkinchi sahna ko`rinishi namoyish etiladi.