Tadbir senariysi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/13
tarix13.04.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#97263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amir Temur tavalludiga senariylar

TADBIR SENARIYSI
“Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz”
Zal bayramona bezatilgan: Amir Temur portreti, bayroq, bukletlar va kitoblar jamlanmalari.
Boshlovchi yigit: Bir to’kilib tag’in qomat tikladik,
Yelkalarga millat yukin yukladik.
Ozod vujudlarda ruh bo’ldi bino,
Binolar o’rnida davlat tikladik.
Boshlovchi qiz: Jahondan ot surib o’tgan Temurbek,
Ozodlik tug’ini tutgan Temurbek.
Millatning qalbida tug’on Temurbek,
Toadad yangragay dostoning sening.
Boshlovchi yigit: Assalomu alaykum hurmatli uztozlar va o’quvchilar! Bugungi tadbirimizda o’zbek davlatchiligi asoschisi, ilm-fan , san’at, ma’daniyat rahnamosi va targ’ibotchisi ulug’ sarkarda - Amir Temur tavalludning 683 yilligini nishonlash orqali ul zot sharafiga bo’lgan ehtiromimizni namoyon etamiz.
Boshlovchi qiz: shonli tariximizning nurli sahifalarida o’chmas iz qoldirgan ulug’ siymo, buyuk tarixiy shaxs Amir Temur – kuragi yerga tegmagan sarkarda, qudratli saltanat asoschisi, qonunshunos, me’mor, o’z el-yurtini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan yorqin siymolardan biridir.
(Shundan so’ng tadbirimizga tashrif buyurgan ustozlarning Amir Temur shaxsi, siyosati, saltanati, qilgan ishlari haqidagi ma’ruzalari tinglanadi.)
Boshlovchi yigit: Sohibqiron Amir Temurning tarix va bashariyat oldidagi ulkan xizmatlari haqida ortiqcha so’z yuritishga hojat yo’q.
Boshlovchi qiz: Ulug’ bobomizning birgina yaratuvchanlik salohiyati, ilm-fan va madaniyat rivojiga ko’rsatgan yuksak e’tiborining o’ziyoq uning ma’naviy dahosi naqadar ulug’vor ekanidan dalolatdir.
Boshlovchi yigit: 1996-yil O’zbekistonda “Amir Temur yili” deb ataldi. YUNESKO qarori bilan sohibqiron tavalludining 660 yilligi butun dunyo bo’ylab nishonlandi.
Boshlovchi qiz: “Xalqaro Amir Temir jamg’armasi” va “Temi=uriylar tarixi davlat muzeyi” ochildi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida muhtasham haykallari o’rnatildi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin