Fanidan yozgan mustaqil ishi


Statistik kuzatish to’g’risida umumiytushuncha



Yüklə 45,4 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü45,4 Kb.
#201300
1   2   3   4   5   6
D.Mahmudova 22-BU

1.1.Statistik kuzatish to’g’risida umumiytushuncha.




1.2. Statistik kuzatishningshakllari, turlari va usullari

1.3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliymasalalari.

2.Xulosa.


3.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

Statistik kuzatish deb, o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga aytiladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi.


Agarda to’plangan ma’lumotlar noaniq va noto’g’ri bo’lsa, birinchidan sarflangan vaqt va mablag’ zoe ketgan bo’ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar va chiqarilgan xulosalar noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi.
Statistik kuzatish ma’lumotlarni bir-biri bilan uzviy bog’langan va butunlikda qayd qilishi zarur. Masalan, moliyaviy holat o’rganilayotgan bo’lsa, uning yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni bir guruhini o’rganib xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki ular bir-biriga bog’liq, bir- birini taqozo qiluvchi ko’rsatkichlardir. Agarda bir guruh ko’rsatkichlarni tahlil qilib xulosa chiqarsak, oldindan ko’zlangan xatolarni keltiribchiqaramiz.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir.
Masalan, o’shcha moliyaviy holatga qaytaylik. Agarda birinchi yilda to’plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili to’plamning qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa, olingan ma’lumotlar vaqt bo’yicha to’la-to’kis bo’lmaydi va ularni taqqoslash mumkinemas.To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda gap arifmetik hisob-kitob ustida ketmayapti, balki har birini birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi ustida bormoqda. Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksizma’lumotdir.



Yüklə 45,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin