Fanidan yozgan mustaqil ishi



Yüklə 45,4 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü45,4 Kb.
#201300
1   2   3   4   5   6
D.Mahmudova 22-BU

Kuzatish formulyari – bu berilgan savollarga olingan javoblar to’ldirilgan hujjat. U ikki xil bo’ladi: a) alohida shakldagi formulyar. Unga tijorat korxonasining yillik hisobotini misol keltirish mumkin. b) ro’yxat shaklidagi formulyar. Unda bitta emas, balki bir nechta hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.
Yo’riqnoma - bu statistik kuzatish dasturidagi barcha savollarga to’g’ri, aniq va bir xilda javob qaytarishni ta’minlaydigan ko’rsatmalar, tushuntirish va talqinlar to’plami. Yo’riqnomada har savol va unga beriladigan javob turli variantlarda talqin qilinadi. Savollar bo’lmasa ma’lumotlarni qaerdan va kimdan olish, kuzatish ob’ekti
va birligi, kuzatish muddati, kuzatish materiallarini rasmiylashtirish tartibi, topshirish va jo’natish muddati, ko’rsatkichlarni hisoblashni yagona texnologiyasi va boshqa masalalar batafsilyoritiladi.
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: kuzatish organi; kuzatish vaqti va muddati; kuzatish joyi; boshqa tashkiliy masalalar.
Kuzatish organi - bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro’yxatini o’tkazishda, sobiq ittifoq paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo’lib hisoblanardi. Kuzatish organi bo’lish uchun (kuzatish o’tkazishdan oldin, kuzatish paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo’yniga ola oladigan va shu ishni kami- ko’stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo’lishi kerak. Bu javobgarlik o’ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro’yxatini o’tkazish organi bo’lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli xalqaro tashkilotlar bahoberadi.
Kuzatish vaqti va muddati - deganda statistik kuzatish qachon (qaysi vaqtda) va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi. Kuzatish vaqtini tanlash muhim masala. Odatda, aholi ro’yxatini o’tkazish uchun qish payti tanlanadi (oxirgi ya’ni, 1989 yilgi aholi ro’yxati 12-19 yanvar kunlari o’tkazilgan), chunki bu paytda aholini harakati eng pastdir.
Kritik fursat (moment) - bu hodisa va voqealarning ma’lum bir nuqtaga bo’lgan holatidir. Aholi ro’yxati o’tkazilgan 8 kun ichida qancha o’zgarishlar bo’ladi: bir tomondan tug’ilish, ikkinchi tomondan o’lish, ko’chib kelish va ketish. Shuning uchun ham, kritik payt (moment) belgilanib, faqat o’sha momentga bo’lgan aholi soni aniqlanadi. Shu paytgacha bo’lgan aholi sonini fotosuratga olinadi desak ham xato qilmaymiz. 1989 yilgi aholi ro’yxatida 11 yanvardan 12 yanvarga o’tar kechasi soat 2400 kuzatishning kritik payti deb belgilangan edi. Bu degani, kechasi soat 23 dan 59 minut o’tganda o’lgan odamga va soat 00dan bir sekund keyin tug’ilgan bolaga ro’yxat varaqasi to’ldirilmaydi, agarda teskarisi bo’lganda edi ikkalasiga ham ro’yxat varaqasi to’ldirgan bo’lar edik.
Kuzatish qaerda o’tkazilsa o’sha joy kuzatish joyi deyiladi.
Statistik kuzatish natijalari uni o’tkazishga qanday tayyorgarlik ko’rilganligiga bog’liq. Tayyorgarlik ishlari statistik kuzatish o’tkazishni e’lon qilishdan boshlanadi. Birinchi navbatda ro’yxatni aniqlash, so’rov varaqasini tuzish, kuzatish o’tkazuvchilarni tanlash va tayyorlash turli-tuman yo’riqnomalarni tayyorlash va chop etish, shunday statistik kuzatish o’tkazishni zarurligi va mohiyatini xalqga ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish kerak. Bu ishlarni qanchalik yuqori darajada tashkil qilsak kuzatish natijalari shunchalik yuqori va ishonchlibo’ladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda statistic qarashlar bo’yicha 2023 yil davlatimiz 32 foiz miqdora yanglani. Misol uchun sanat, iqtisoiyot, maketing va boshqalar. Statistik jadvalni birinchi marta 1726 yilda buyuk rus olimi N.K. Krilov o‘zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti «Umumrossiya davlatining yashash holati» degan ishida keng qo‘Hagan. Shu davrdan boshlab statistik jadvallar amaliyotda juda ko‘p qo'llanila boshlandi. Jadval qatorlar (yotiq chiziqlar) va ustunlar (tik chiziqlar)dan tashkil topgan. Bundan tashqari, har bir statistik jadvalning ega va kesimi bo‘ladi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo'lsa, o'sha jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko'rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Ega odatda jadvalning yotiq qatorlarida, kesim esa tikka ustunlarida joylashtiriladi. Jadval egasi biron-bir belgi bo'yicha guruhlarga ajratilgan bo'lsa, bunday jadvallar guruhiy jadvallar deyiladi. Agar muhim belgi bo'yicha guruhlangan jadval egasi yana guruhchalarga ajratilsa yoki jadval kesimi ham guruhlangan ko'rinishda bo'lsa, u holda bunday jadvallar kombinasion jadvallar deb yuritiladi.Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish.
Hukumatdagi o‘rni Davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish; davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish; moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idora va agentliklardan, yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslardan, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, idoraviy hisobotlar ma’lumotlarini va davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni, shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida) soʻrash, olish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish; statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish; statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va toʻliqligini belgilangan tartibda tekshirish.


Yüklə 45,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin