Fanlararo aloqadorlik asosida darslarda vektorlarning fizik va geometrik talqinlarini bayon etish texnologiyasi



Yüklə 62,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü62,45 Kb.
#188862
  1   2
M.A. Babayeva 158-163 JUSR maqola matematika



158 
Fanlararo aloqadorlik asosida darslarda vektorlarning fizik va geometrik 
talqinlarini bayon etish texnologiyasi. 
M.A. Babayeva Termiz muhandislik texnologiya instituti assistenti. 
S. Turdiyev Termiz muhandislik texnologiya instituti talabasi. 
 
 
Annotasiya. 
Bugungi kun o‘quvchisi fanlardan nafaqat ma’lum bilim, 
ko‘nikma va malakalar to‘plamini o‘zlashtirishi, balki ularni turli vaziyatlarda qo‘llay 
olishlari ham zarur. Bunda integratsiyalashgan darslardan foydalanish ijodiy faoliyatni 
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, kognitiv, ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda qo’llash, tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirishga asos bo‘ladi. 
Kalit so’zlar
: integrasiya, vektor, masala, skalyar, geometriya, koordinata, 
ko’paytma. 
Zamonaviy ta'lim darslarni fanlararo tashkil etishni taqozo etmoqda, darslar 
o'quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bolaning shaxsiy tajribasiga 
asoslanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limning asosiy vazifasi - atrofdagi voqelikni 
to‘la qonli o'rganish bo’lib, bunda integratsiyalashgan darslar ta’lim sifatini oshirishga 
yordam beradi, darsni nostandart qiladi. Bunday darslarni ishlab chiqish bir necha fan 
o‘qituvchilarining birgalikda faoliyat ko’rsatishini talab etadi va yaxshi natija beradi. 
Bu o'quvchilarda fanlar bo'yicha umumiy bilim sifati va qiziqishi ortishi, yuqori 
motivatsiya hosil bo‘lishi bilan izohlanadi. O'quv materialining integratsiyasi ya’ni b
ir 
nechta fanda qo‘llaniladigan umumiy tushunchalar bitta fanda (albatta o‘qituvchi 
tomonidan to’liq o‘rganilib) o’rganilayotganda fanlararo talqinlarini keltirish, boshqa 
fanlar bilan uyg’unlashtirish 
o'quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam 
beradi, olingan bilimlarni real sharoitlarda qo'llash imkonini beradi, o'quvchilarning 
таянч kompetentsiyalari, madaniyatini va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishning muhim 
vositasi hisoblanadi.
Matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bu vektor tushunchasi 
hisoblanadi. Vektor tushunchasi matematika, mexanika, texnikaning turli jabhalarida 
keng foydalaniladi. «Vektor» terminining o‘zi 1845 yilda Vilyam Rouen Gamilton 
tomonidan kiritilgan. O’tgan asr oxiri va hozirgi asr boshlarida vektorlar ustida amallar 
va uning qo’llanishi keng rivojlandi. 
Vektorlar ustida qo‘shish va songa 
ko‘paytirish, vektorlarning skalyar, vektor va aralash ko‘paytmalari, vektorlarni bazis 


159 
fazoda almashtirish, vektorlarni proyeksiyalash vektorli algebraning predmeti 
hisoblanadi.
Vektor algebrasi, vektor analizi vektor fazosining umumiy nazariyasi kabi bilimlar
hozirgi zamon fizikasining asosiy qismi bo’lgan nisbiylik nazariyasida keng
ishlatilishi natijasida yanada mustahkamlandi. Vektor matematikaning elementar, 
analitik va differensial geometriya bo‘limlarida qo‘llaniladi. Vektorli algebra fizika va 
mexanikanig turli bo‘limlariga, kristallografiyaga, geodeziyaga tatbiq qilinadi. 
Vektorlar nafaqat fizika va matematikada balki boshqa ko‘plab fanlarda qo’llaniladi. 
Vektorlar va ular ustida amallardan foydalanib geometriya va fizika fanlarida 
uchraydigan masalalarni qulay usulda yechish mumkun. 
Fizikada «vektor» so‘zi ancha 
keng ma’noda ishlatiladi. Masalan, tezlikni vektor deb yuritiladi. Ammo, geometrik 
vektorning uzunligi metrlarda, tezlikning absolut qiymati esa sekundiga metrlarda 
o‘lchanishining o‘zidanoq tezlikning geometriyada qabul qilingan ma’nodagi vektor 
emasligi ko‘rinib turibdi. Biz geometriyada tezlikni vektor emas, balki vektor 
kattalik deymiz. Umuman, vektor kattaliklar, o‘zlarining modulidan tashqari
yo‘nalishi bilan aniqlanadi. Ma’lum masshtab tanlab olinganda vektor kattaliklar geo-
metrik vektorlar bilan tasvirlanadi. Bunda vektor kattaliklami qo‘shishga ularni 
tasvirlovchi geometrik vektorlami qo‘shish, vektor kattaliklami sonlarga ko‘paytirishga 
esa ularni tasvirlovchi geometrik vektorlami o‘sha sonlarga ko‘paytirish mos keladi. 
Hisoblashga, yasashga hamda trigonometriya elementlarini qo`llashga oid masalalarni 
vektorlarni qo`llab yechish ancha qulay. Vektorlar yordamida geometrik va fizik 
masalalarni samarali yechishda nafaqat vektor аlgebrasi qonunlaridan foydalana olish, 
balki masalani vektor “tili”da o`girish va masala yechish usulini to`g`ri tanlay olish 
talab etiladi. 
Vektorlar tatbig‘iga oid bir nechta masalalarni ko‘rib chiqaylik. 

Yüklə 62,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin