Fan/modul kodi falb204



Yüklə 61,08 Kb.
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü61,08 Kb.
#191084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Fan modul kodi falb204






Fan/modul kodi FALB204

O‘quv yili 2023-2024

Semestr 1

ECTS - Kreditlar 4

Fan/modul turi Majburiy

Ta’lim tili O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotla ri (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Falsafa

60

60

120


  1. Fanning mazmuni.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalar dunyoqarashining umumlashgan tizimini yaratish va unda inson oʻrnini koʻrsatish, insonning dunyoga boʻlgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy, estetik va boshqa munosabatlarini shakllantirish hamda to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishdan iborat;
Fanning vazifalari – talabalarning dunyoni bilish va uni o`zgartirishga tanqidiy tafakkur nuqtai nazardan yondashuvi, tabiiy ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyati; texnika va texnologiyalarning inson pragmatik ehtiyojlariga javob sifatidagi evolyusiyasi; milliy qadriyatlar, madaniyat va ommaviy madaniyatning o‘zaro aloqasi va farqi, dunyoni bilish, haqiqatni anglashda amaliyot va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashning ahamiyati, to‘g‘ri fikrning ijobiy maqsadlarga yo‘naltirishdagi o‘rni; ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni, global korrupsiyaning sabablari, shakllarini bilish va ularga qarshi kurashish, dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, ijtimoiy va professional mas’uliyatni va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shish tuyg`usini shakllantirishdan iborat.

  1. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-MODUL. FALSAFA VA MANTIQ 1-mavzu. Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli


Falsafaning predmeti, asosiy masalalari, tuzulmasi, funksiyalari. Falsafaning paydo bo‘lishi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati. Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik va diniy dunyoqarash, falsafiy va ilmiy dunyoqarash, ularning o‘aro aloqadorligi hamda o‘ziga xosligi. Raqamli sivilizatsiya sharoitida yoshlar dunyoqarashida axboriy tahdidlarga qarshi imunitetni shakllantirishda falsafaning ahamiyati.
2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Misr va Bobilda olam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi mifologik tasavvurlarning shakllanishi. Qadimgi Hindistonda olam va odamning kelib chiqishi, ularning o‘zaro munosabati borasidagi falsafiy qarashlarning rivojlanishi. Vedalar va Upanishadlar qadimgi hind donishmandligining manbai sifatida. Qadimgi hind falsafiy maktablari. “Avesto” qadimgi davrda Markaziy Osiyoda rivojlangan inson, tabiat, jamiyat va davlatchilik haqidagi falsafiy g‘oyalarning ilk manbai sifatida. Daochilik, Konfutsiychilik, Moizm, Legizm singari qadimgi Xitoy falsafiy maktablarining borliq, inson, jamiyat va davlatning mohiyati, ijtimoiysiyosiy tartibot, yoshlarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish haqidagi g‘oyalari.
Arab-musulmon sivilizatsiyasi va islom falsafasining vujudga kelishi. Islom tamaddunida diniy va dunyoviy ilmlarning o‘zaro uyg‘unlikdagi taraqqiyoti (Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abubakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu ali Ibn Sinolarning tabiiy-ilmiy, ijtimoiy falsafiy qarashlari). Islomiy ilmlar rivojida Xuroson va Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar hissasi. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri. Ilk o‘rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik maktablari ta’limotlari.
Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy falsafasi. Temuriylar davrida tabiiy-ilmiy bilimlar taraqqiyoti (Mirzo Ulug‘bek, Ali
Qushchilarning tabiatshunoslik fanlariga qo‘shgan hissasi).
Yangi davr Sharq tasavvufi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar. Sharq istilosi bilan bog‘liq uyg‘onish harakatlari, osiyotsentrizm, panturkizm, panislomizm, ma’rifatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari. O‘zbekistonda falsafiy fikrlar rivoji. O‘zbekistonda ajdodlar me’rosini tiklash va ularni jahonda keng ommalashtirish borasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati.

Yüklə 61,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin