3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
Qadimgi Yunonistonda falsafa ilmining shakllanishi. Sokratgacha bo‘lgan davr falsafasida olamning paydo bo‘lishi, uning mohiyatida yotuvchi unsurlar, borliqning tuzulmasi unda ro‘y beradigan o‘zgarishlar, taraqqiyot va tanazzulning sabablari, borliqning o‘zgarmas asoslari (suv, havo, tuproq, olov, apeyron, atom,) haqidagi Melit maktabi, Geraklit, Pifagor, Eley maktabi, Empedokl, Anaksagorlar qarashlari. Suqrotning va sofistlarning inson haqidagi qarashlari. Aflotun va Arastuning borliq paydo bo‘lishi, insonning bilish imkoniyatlari, axloqiy fazilatlar, jamiyat hamda davlat borasidagi g‘oyalari. Ellinizm davri falsafaning inson hayotidagi o‘rni, fizika, mantiq, axloq ilmlarining mutanosibligi, erkinlik, shubhaning bilish jarayonidagi ahamiyati g‘oyalarining tarqalishi.
Ilk o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. Ilk o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika, nominalizm va realizm. Avreley Avgustin ta’limoti. Foma Akvinskiy ta’limoti. O‘rta asrlar
Yevropasida Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo‘nalishlari. Yangi davr
G‘arb falsafasidagi asosiy muammolar. XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari. XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari (pozitivizm, neopozitivizm, pragmatizm, ekzistensializm, fenomenologiya, postmodernizm, personalizm oqimlari). XX-XXI asr G‘arb faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji.
4-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi
Borliqni ta’riflash muammosi. Tabiiy ilmiy fanlar va falsafa tarixida “Borliq” kategoriyasining o‘rganilishi. Borliq, mavjudlik va reallik. Borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi. Biosfera va Noosfera haqidagi ta’limotlar, koevolyusion va invayronmental nazariyalar. Borliqning o‘zgarmas asosi (substansiya va substrat) tushunchalarining mohiyati. Borliq ibtidosini sifatiy va miqdoriy jihatdan tushuntirishga oid konsepsiyalar tasnifi (Monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm). Borliqda shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro aloqadorligi. Makon, vaqt va harakat tushunchalari. Materiya (modda) falsafa va tabiatshunoslikning kategoriyasi sifatida. Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqt. Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni inkor qonuni va vorisiylik. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Falsafa va fan kategoriyalarining tasnifi. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalar. O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy dasturining atrofmuhitni saqlab qolishdagi ahamiyati.