21
muvofiq o`tkaziladi.
3. Yakuniy nazorat turini o`tkazish va mazkur nazorat turi bo`yicha talabaning bilimini
baholash o`quv mashg`ulotlarini olib bormagan professor-o`qituvchi tomonidan amalga
oshiriladi. Tegishli fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib borgan professor-o`qituvchi
yakuniy nazorat turini o`tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi tomonidan nazorat turlarini o`tkazilish
tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o`tkazilgan nazorat turlarining
natijalari bekor qilinishi
hamda tegishli nazorat turi qaytadan o`tkazilishi mumkin.
5. Talaba tegishli fan bo`yicha yakuniy nazorat turi o`tkaziladigan muddatga qadar
oraliq nazorat turini topshirgan bo`lishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha «2»
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga
kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi
bo`yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
7. Talaba uzrli sabablarga ko`ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan
taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi
asosida ruxsat beriladi.
8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o`ta
olmagan
taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan
bo`yicha professor-o`qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o`tkazish va talabani baholash
mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud bo`lgan qarzdorlikni
topshira olmagan talaba
bo`yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig`ini, filial
direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug`i asosida
kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi bo`lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan
vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellatsiya berishi mumkin.
Talaba tomonidan berilgan
apellatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun
ichida ko`rib chiqiladi. Talabaning apellatsiyasini ko`rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga
ega. Apellatsiya komissiyasi talabaning apellatsiyasini ko`rib chiqib, uning natijasi bo`yicha
ushbu semestrda fanni o`zlashtirgani yoki o`zlashtira olmagani ko`rsatilib qaror qabul qiladi,
qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi.
11. Nazorat turi bo`yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5”
(a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo`l qo`yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: