Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/12
tarix02.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#123864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Malumotlar bazasi







Kirish
Mazkur ishchi o’quv dasturi bakalavriat yo’nalishi: 5110700 – Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarning o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlari va unga qo’yiladigan talablar asosida tuzilgan bo’lib, bo’lajak fan o’qituvchisi egallashi kerak bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuini o’z ichiga oladi:
Ma’lumotlarning axborot modellari, axborotni strukturalash va tasvirlash muammosi, ma’lumotlarning tarmoqli, relyasion va ierarxik modellari, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, “klient – server” texnologiyasi va undan foydalanish, ma’lumotlar bazasi muhitida foydalanuvchilar dasturini yaratish, SQL tili operatorlari, sun’iy intellect sohasidagi tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari, bilimlarni tasvirlash modellari, ekspert tizimlarning dasturiy ta’minoti klassifikatsiyasi, bilimlar bazasining faktlari va qoidalari ko’rinishida predmet sohasi bo’yicha bilimlarni tasvirlash, dasturda ma’lumotlar rekursiyasi va tuzilmalari, funksional dasturlash bilishi va ulardan foydalana olishi.


Fanning maqsad va vazifalari
«Ma’lumotlar bazasi” fanini o’qitishdan maqsad - informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchalar: ma’lumotlar bazasi turlari, ularni bashkil etish, tahrirlash, ish joylarni avtomatlashtirishda undan foydalanish, jadvaldan ma’lumotlarni tanlashda SQLdan foydalanish, SQL – so’rovlar yaratish, SQL server va undan foydalanish, “klient – server “ texnologiyasi borasidagi bilimlar va amalda qo’llash uchun ko’nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Ma’lumotlar bazasi fanining vazifasi:
• Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida bir butun tasavvur hosil qilish;
• MBBTning har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish;
• MBBTning mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish;
• MBBT va SQL tilini nima maqsadda va qanday qo’llash haqida tushuncha hosil qilish.
• bilimlar bazasi, sun’iy intellekt, bilimlar tizimi, ekspert sistemalari haqidagi tasavurlarini kengaytirish
• ekspert sistemalarning dasturiy ta’minoti o’rgatish;
• mantiqiy dasturlash haqidagi dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin