1-mavzu. FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI. AVTOMOBIL VA TRAKTORLAR SIFATINI TEXNOLOGIK TAMINLASHDA KONSTRUKTOR ROLI. MASHINASOZLIK KORXONASI TARKIBI
1. Avtomobillar va traktorlarni yaratish asosan nimalarni o‘z ichiga oladi? B) Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita aloqador bosqichlarni: konstruksiyalash va tayyorlab sinash.
2.Ishlab chiqarishni texnologik ta’minlash qay paytdan boshlanadi? С) Texnologik loyihalash ishlari tugagandan keyin.
3.Quyidagi tadbir qanday tadbirlar sirasiga kiradi: “tipaviy texnologik jarayonlardan birortasi tanlanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi”?
D) Ishlab chiqarishni texnologik ta’minlash.
4. Detallarning texnologik nobirxilligi qanday sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi?
A) Detallar materali mikrostrukturasi shakllanishi, kuchlanishlar, mexanik xususiyatlar majmuasining ehtimollik xususiyatlaridan kelib chiqadi.
5.Mashinani yaratish darajasini oshirishning asosiy uchta yo‘nalishini ko‘rsating. B) Hisoblash usullari va mezonlarini takomillashtirish; detal o‘lcham va shakllarini konstruksiyada paydo bo‘ladigan ichki kuchlanishlarni pasaytirishga yo‘naltirgan holda optimallash; yuqori sifatli konstruksion materiallar hamda tayyorlash sifati va mustahkamlikni oshirishning istiqbolli texnologik jarayonlaridan foydalanish. 6.Mashinani ishonchliligi yuqori, umrboqiy, tejamkor, xavfsiz qilib yaratishda asosiy vazifani kim bajaradi? С) Konstruktor; 7.Mashinasozlik zavodini ixtisoslashtirish nimani ko‘zda tutadi? D) Korxonada qat’iy bir turdagi mahsulotni katta hajmlarda ishlab chiqarishni. 8.Mashinasozlik zavodini kooperatsiyalash nimani ko‘zda tutadi? С) Muayyan mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonaning ixtisoslashgan boshqa korxona tomonidan zagotovkalar (quymalar, pokovkalar, shampovkalar), jamlovchi agregatlar, turli priborlar va qurilmalar bilan ta’minlab turilishini.