13.Parmalashda qaysi holda parma kesish yo‘anlishidan chetalana boshlaydi: G. Teshik chuqurligi va diametri orasidagi nisbat l/d>5 bo‘lganda.
14. Ishlov berish jarayonida kesish ishining qancha qismi issiqlik hosil bo‘lishiga sarflanadi? B. 85 ... 90% gacha.
15.Ishlov berish jarayonida issiqlikning qancha qismi asbob qizishiga sarflanadi? V. 40 ... 10 % gacha.
16. Cho‘yandan quyib tayyorlanadigan yirik detallarda hosil bo‘ladigan ichki kuchlanishlarni bartaraf etish uchun qanday chora ko‘riladi? G. Zagotovka tabiiy yoki termik ishlov berib eskirtiriladi.
17. Zagotovkani tabiiy eskirtirish qanday amalga oshiriladi? B. Zagotovkani 6 ... 12 oy ochiq havoga tashlab qo‘yish bilan amalga oshiriladi.
18.Silindrik yuzalarga ishlov berishda zagotovka diametrining kattalashuvi qaysi formuladan aniqlanadi? A. .
19.Patronga konsol o‘rnatilgan zagotovkaga kesuvchi kuchlar ta’sir qilganda konuslilik hosil bo‘lishiga olib keluvchi xatolikni aniqlash formulasini ko‘rsating.
A. .
6-mavzu. MEXANIK ISHLOV BERISH UCHUN QO‘YIM HAQIDA TUSHUNCHA. QO‘YIM MIQDORIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR. QO‘YIM TURLARI VA TARKIBI
1.Ishlov berishga umumiy qo‘yim nima? D) Chizmada talab qilingan sifatga ega yuzani olish uchun ishlov berish operatsiyalari jarayonida detal yuzasidan olib tashlanishi lozim bo‘lgan material qatlami.
2.Ishlov berishga operatsion qo‘yim nima? С) Alohida operatsiya (o‘tish) davomida olib tashlanadigan material qatlami.
3.Minimal operatsion qo‘yim nima? B) Detalning oldingi operatsiya (o‘tish) da erishilgan eng kichik chegaraviy o‘lchami va navbatdagi operatsiyada olinadigan eng katta chegaraviy o‘lcham orasidagi farq.
4.Maksimal operatsion qo‘yim nima? A) Detalning oldingi operatsiya (o‘tish) da erishilgan eng katta chegaraviy o‘lchami va navbatdagi operatsiyada olinadigan eng kichik chegaraviy o‘lcham oarsidagi farq.