Fanning mazmuni 2.1 Fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarga psixologik bilimlarning nazariy asoslarini, kasbiy psixologiyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, kasbiy psixologiyaning qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ulami amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalami nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fannio‘qitishningvazifalari – “Kasbiy psixologiya” fani xozirgi zamon ishlab chiqarishi insonning u yoki bu faoliyat turida ishlashi uchun o’zida mavjud bo’lgan xam jismoniy, xam intellektual potensial imkoniyatlariga ega yoki ega emasliklarini aniqlashda juda muxim rol o’ynaydi. Fikr yuritish tezligi ya’ni reaksiyasi ko’p masalani xal qilish yoki uddalay olmaslik sababi bo’lishi mumkinligini, aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish, amaliyotda qo’llash bilan kasbiy psixologiya shug’ulanadi, shuningdek
islohotlarning mazmun- mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirish fanning vazifalari hisoblanadi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fanning tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: (Fanning soatlar hajmiga ko’ra o’zgarishlar bo’lishi mumkin.) 1-Mavzu. Kasbiy psixologiyasining predmeti 1.Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2.Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.
3.Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
4.O’quv fanlari tizimida kasb psixologiyasi
Kasb psixologiyasining birinchi navbatdagi vazifasi - psixologiyaning oldida turgan asosiy vazifalardan kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o’rtasidagi bog’liqlikni asoslash, kasblar psixodiagnostikasi, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash, xamda kasbga doir masalalami bilish va ulardan foydalana olishi, shaxsning kasbiy xavfsizlik psixologiyasini anglash, kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalarini yechish, kasb tanlashga yo‘naltirish, maslaxat berish, kasbga layoqatli yoshlarni tanlash xamda ulaming xunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarida kasbiy qobiliyat va qiziqishni shakllantirishni psixologik o'rganish va tavsiflashdir, ish joy, mexnat jamoasi, psixik xolatlami taxlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lish xaqida tushuncha berish, shaxs psixikasining rivojlantirish bosqichlarida kasbiy rivojlantirish masalalarini xal qilish.