O'qituvchi intellektiga tavsifnoma. Fikrlash - amaldagi inteliekt. Aqliy teranlik -maammoni boshqa hodisalar bilan o'zaro aloqadorlikda idrok etish qobiliyati. Tezlik- muammolani hal qilish tezligi, kasbga oid g'oyalami ishlab chiqarish qobiliyati. Originallik – yangi ilmiy g'oyalami yaratilishi. Tirishqoqlik – doimo o'rganilayotgan muammoning engyaxshi yechimini topish extiyoji
Biroq, kishidagi tabiiy layoqat nishonalari mukammal kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli olib borilishini ta'minlamaydi. Kishi o'zidagi layoqat nishonalarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak, bu esa faqat shijoatli kasbiy faoliyat jarayonida amalga oshirilishi mumkin.
2. O'qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g'oyasi - milliy va umum-bashariy mohiyatga ega bo'lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy ezgulikka undaydigan olijanob g'oya sifatida ulug'langan. Mazkur g'oyani yosh avlod ongiga singdirishda o'qituvchi kadrlarning roli beqi-yos. Bu esa ulardan awalo mukammal kasb qobiliyatiga ega bo'lishni, bilimi, mahorati, ilmiy nazariy va amaliy salohiyatidan oqilona foyda-lanishni taqozo etadi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Biz iqtisodiy o 'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivoj-lanishni ma'naviy o'nglash, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un bo'lishni»38 - istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu istak esa yoshlar ta'lim - tarbiyasi bilan shug'ul-lanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g'oyaviy -siyosiy e'tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo'lish lozimligini taqozo qilmoqda. Chunonchi, bu hoi ta'lim tizimi va kasb-hunar ta'limi muassasalari yangilanayotgan, ta'lim - tarbiyaning mazmuni, shakli, usullari, vositalari majmuiga, o'quv - tarbiya jarayoni-ga o'zbekona urf- odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda ja^ bermoqda. Bu o'zgarishlar har bir o'qituvchini yangicha fikrlashga, shar-qona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma'naviy - ma'rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo'lishga undaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda o'tgan davrdagidan ko'proq pedagogika fani oldida yangicha fikr yuritadigan o'qituvchi - tarbiyachini tayyorlash, uning kasbiy mahorati va malakasini takomillashtirish uchun o'qitish va tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish juda muhimdir. Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'qituvchilik kasbini tanlagan har bir yigit va qiz o'ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to'g'risida savol beradi. Zero masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu boiajak o'qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo'qmi degan muammo paydo boiadi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali egallanadi va mukammal o'rganiladi.
Pedagogik qobiliyatlar o'z runksiyasiga ko'ra umumiy va maxsus turlarga bo'linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo'lganda o'qituvchi o'z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug'ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlami qiynalmasdan bartaraf etadilar.
O'qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday yozadi: "Ta 'Urn - tarbiyada ro 'y beradigan ko pgina kamchilik-lar o 'qituvchi o 'z pedagogik qobiliyatining amaliy yo 'nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste 'dodning o 'qituvchidayo 'qligi natijasida ro 'y beradi". Maxsus qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchilar faqat o'zlari egallagan kasbiy yo'nalishlari bo'yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullanadilar.