Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik
Latofat Sherzodovna tayyorladi Foydali: Kitoblar haqida siz bilmagan 13 ta qiziq fakt!
Qobiliyat
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search Qobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Q. bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Q. shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Q. koʻnikma, malakatssh farq qiladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan Q. aynanlashtiriladi. Q. inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday Q. turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun Q. deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha Q. uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Q.ning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda q. ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Q. umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy q. deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Q. tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Q.ni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, Q.ni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Q.ning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi.
Ergash Gʻoziyev.