Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik


-MAVZU: KOMMUNIKATIV MALAKALAR VA TA’SIR KO‘RSATISH



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə39/72
tarix11.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#96197
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik

4-MAVZU: KOMMUNIKATIV MALAKALAR VA TA’SIR KO‘RSATISH.

(REJA
  1. O'qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari


  2. Pedagogik ta'sir ko'rsatish - kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli sifatida


  3. O'qituvchining kommunikativ qobiliyatida so'z bilan og'zaki ta'sir o'tkazish





Tayanch tushunchalar: Ongli intizom; fikr almashish; kommunikativ qobiliyat; o'quvchini ishontirish; ongga ta'sir, taqlid qilish; psixik ta'sir; g 'oyalar va mafkuralar; pedagogik ta 'sir ko 'rsatish; g 'oya va mafkura; komil inson tarbiyasi; talab; istiqbol; rag'batlantirish va jazolash; jamoatchilik fikri; so'z bilan og'zaki ta'sir o'tkazish; intonatsiya; ekspressiv holat; kasbiy mahorat; xushmuomalalik; axborot hajmi; pedagogik qobiliyat texnikasi.
1. O'qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari
O'qituvchi faoliyatida tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik aloqa-larning uzluksizligi tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biridir. O'quv-chilar bilan ta'lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o'rnatish, ijobiy iqlim yarata olish, o'ziga ishontira olish va jalb qilish - o'qituvchi kom­munikativ qobiliyatining asosiy mohiyati boiib, bunda bevosita o'qi­tuvchi bilan bog'liq bo'lgan minglarcha ruhiy jarayonlar, ma'lum bir qolipdan chiqishi mumkin bo'lmagan muomala turlari va shartlari mavjud. Tarbiyaning samaradorligi, pirovard natijada o'quvchilar bilan aloqa o'matishning shakl va uslublariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Asosiy maqsad, o'qituvchi va o'quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi, o'quv-chilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. O'qituvchi tarbiya usullari tizimini belgilab olgandan keyin bir qator aloqa o'matish vazifalarini rejalashtirishi kerak. Albatta, bu nihoyatda qiyin jarayon, zero tarbiyaning har bir usuli, tarkibiy qismi va tashkil etuvchi usullari muomala orqali aloqa o'matishning samaradorligiga bog'liq. Ushbu jarayon bevosita o'qituvchining fikr almashuvi (reflek-siya) bilan bog'liq xususiyatlariga, o'quvchi ruhiy holatini fikr tezligi bilan uqib olish san'atiga va pedagogik ta'sir ko'rsatishning turli usullarini bir-biri bilan o'zaro aloqadorlikda qo'llay bilishiga taalluqli bo'lib, ular uzluksiz shakllanadi.
O'qituvchining fikr almashuvi bilan bog'liq kommunikativ qobili-yatini shakllantiruvchi asosiy xususiyatlari o'quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo'lib, nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O'zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog'liq boigan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo'nalishlari mavjud:
- o'quvchilarni ishontirish;
- o'quvchilar ongiga ta'sir etish;
- o'zgalarga taqlid qilish.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin