Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə28/72
tarix11.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#96197
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik

- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual 
faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),
yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar).
Biroq oliy ta`lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat 
ko`rsatkichini va namoyon bo`lish darajasini aniqlashning o`zi yetarli emas. 
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi 
umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o`zida ta`lim jarayonida 
ijodiy ta`lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va 
kreativlikni rivojlantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu 
sababli, olima kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta`lim va tarbiya 


jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o`rganish zarurligini e`tirof etadi. 
O`tgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik muammosini o`rganishda 
keskin burilish yillari bo`ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar 
paydo bo`ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni 
ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta`limining psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining 
pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o`rgandilar. (V.V.Davidov, LA.Zimnaya, 

22 


N.V.Kuzmina, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi 
pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) 
Kreativlikni o`rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy 
anrogogikada qo`llashning umumiy qonuniyatlari va o`ziga xosligini aniqlash 
imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib 
chiqib, unga shaxsning o`ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni 
qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz. 

Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma`naviyatining 
ajralmas qismi bo`lib, shaxsni o`z-o`zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning 
asosi, shaxs ega bo`lgan bilimlarning ko`pqirrali ekanligida emas, balki yangi 
g`oyalarga intilishda va o`rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh 
qilish va o`zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va 
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo`ladi.

Shu bilan bir qatorda filologiya fanlari doktori M.Ayimbetov ham 


o`qituvchilarning pedagogik mahoratiga doir o`z fikrlarini bayon etish bilan bir 


qatorda pedagogning shaxsiy va kasbiy faoliyati masalalariga to`xtab o`tgan. Olim 
«kreativlik» yoki «ijodkor» tushunchalarini bevosita qo`llanmagan bo`lsalar ham 
ijodkor o`ituvchining sifat ko`rsatkichlarini yoritib berishga doir fikrlarini bayon 
etgan. Olim mahoratli zamonaviy o`qituvchining strukturaviy komponenlarini 
ko`rsatib bergan. Shu bilan bir qatorda olim bunday pedagoglarning oltita belgisini 
alohida e`tirof etgan. Bular: 
1.

Pedagogik jamoada katta obruga ega bo`lishi. 


2.

O`zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo`lishi. 


3.

Darslarini oliy darajada tashkil etishi. 


4.

O`quvchilar bilan do`stona munosabatda bo`lish. 


5.

Murakkab vaziyatlarda o`zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini bir 


maromda olib borishi. 
6.

Pedagogik jamoada hamda maxallada katta ta`sir ko`chiga ega bo`lishi Sanab 


o`tilgan sifatlarga Biz o`qituvchining kreativlik faoliyatini ham qo`shicha qilgan 


bo`lar edik. Negaki, o`qituvchilarning oliy darajada dasrlarni atshkil etishi o`z-

23 


o`zidan bo`ladigan holat emas, balki o`qituvchining izlanishlari, o`z sohasidagi 
yangiliklarni tajribalarida qo`llay olishi, o`quvchilarni «o`qitish» emas «o`qishga» 
o`ragatishiga doir qator faoliyatlar tizimi bilan bog`liqdir.
O`qituvchining kreativ faoliyati pedagogik mahoratning mazmunida aks etar 
ekan, pedagogika fanida o`qituvchining pedagogik mahoratining modeli ishlab 
chiqilgan. Bu model` qo`yidagilarda o`zining aksini topgan. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin