20
II-BOB. UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK
KREATIVLIKNING TUTGAN O`RNI
2.1. KREATIVLIKNING PEDAGOGIK TAHLILI
Bugungi kunga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning
diqqat e`tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo`llailmayotgan
bo`lsa ham bu tushunchani ma`lum darajada pedagogik iste`molga kiritishga doir
harakatlar ko`zga tashlanmoqda. Pedagogika oid manbalarda kreativlik ijod bilan
bog`liq holda o`rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida
fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog`liq holda tahlil
etiladi. Ijodning psixologik asoslari sifatida qo`yidagi elementlar qabul qilangan.
Bular:
1.
Qabul qilish.
2.
Xohish va istak.
3.
Tasavvur qilish.
4.
O`z-o`zini kuzatish.
Shu bilan bir qatorda bilimning asosini tashkil qilishda asosiy o`rinni
egallaydigan fikr yuritish bilan tasavvur qilish qo`yidagi elementlar belgilanishi
e`tirof etilgan. Bular:
1.
Aqliy mehnat.
2.
Intuitsiya.
3.
Dunyoqarash
Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog olim
pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o`zining ilmiy ishlarida
kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning «Boshlang`ich ta`limda
innovatsiya», «Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli
o`quv qo`llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to`xtab o`tgan.
Buyuk olim V.A.Slastyonin pedagogning innovatsion faoliyatiga bo`lgan
qobiliyatlarining asosiy xislatlarini qo`yidagicha belgilagan:
•
shaxsning ijodiy motivatsiyani qo`llaganligi.
21
Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o`z
kamolotiga intilish;
•
kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o`z ka - molotiga
intilish;
•
kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik
tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy
bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o`zaro yordam berish
qobiliyati;
•
o`qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur`ati va ish
qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o`zini tuta bilish.
Pedagog olima R.A.Mavlanova an`anaviy psixologiya va pedagogikada
kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida
bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar:
Dostları ilə paylaş: |