QOBILIYATLARNING TURLARI
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo`ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo`lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug’ullana oladi. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish imkoniyatini beradi. Masalan, matematik, texnikaviy, adabiy, musiqiy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo`ladi.
Umumiy qobiliyatlarga ko`p hollarda intellekt, tafakkurning kreativligi va shaxsning psixomotor qobiliyatlari kiradi deb hisoblaydilar.
INTELLEKT. Yuqorida ko`rsatib o`tganimizdek odamning aqliy rivojlanish darajasini o`rganishga intilish "intellekt" tushunchasini va nazariyasininng yaratilishiga olib keldi. Ko`rsatib o`tganimizdek intellektini o`lchash va baholash uchun turli testlar qo`llaniladi. Ularning barchasi intellekt testlari degan umumiy nom bilan ataladilar. Biz yuqorida intellektini baholashda ko`p qo`llaniladigan testning mohiyatiga qisqa to`xtalib o`tgan edik. Shuni ta’kidlab o`tish lozimki, ulardagi formulalar bolalar intellektini o`lchashda qo`llaniladi. Katta yoshli kishilar intellektini baholash uchun boshqa mezon, individual natijani biror meyor (ko`pchilikni o`rganish natijasida tajriba yo`li bilan topilgan) bilan taqqoslanadi. Quyida biz shunday jadvallardan birini keltiramiz.
Intellektni baholash jadvali.
Intellekt
koeffitsienti
IQ
|
Aqliy rivojlanish darajasi
|
% hisobida taqsimlanganlik ko`rsatgichi
|
130 va yuqori
|
Juda yuqori
|
2,2
|
120 - 129
|
Yuqori
|
6,7
|
110 - 119
|
Yaxshi
|
16,1
|
90 - 109
|
O`RTA
|
50,0
|
80 - 89
|
Past
|
16,1
|
70 - 79
|
Chegara ko`rsatgichi
|
6,7
|
69 va past
|
Aqliy zaiflik
|
2,1
|
Ko`rinib turibdiki, (jadvalga qarang) yuqori intellektga egalar va aqliy zaiflar 2% ni tashkil qilar ekan. Aqliy rivojlanish darajasini o`lchash ko`proq aqliy zaiflikni, ijtimoiy qarovsizlikni yoki kasbga tanlash maqsadida qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda psixologik tadqiqotlar intellektning o`zgarmasligini inkor qiluvchi, uning juda ko`plab omillarga bog’liq (ijtimoiy muhit, oila, irsiyat, motivatsiya) ekanligini ko`rsatmoqda. Shu sababli intellekt koeffitsienti kishining taqdirini belgilovchi birdan-bir ko`rsatgich sifatida qo`llanilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |