148
yashirilgan joyni qidiradilar va topib olgan rasmlarni bolalarga ko`rsatib,
uning
nomini aytadilar.
Metodik ko`rsatma: Narsalarning nomini aytayotganda zarur tovushini aniq
talaffuz etishlari kerak. Zarur tovushini cho`zib talaffuz etmaslik lozim.
Hozirgi davrda ota-onalar bilan pedagoglar hamkorligiga alohida e’tibor
berilmoqda va bu ta’lim tarbiya ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
Ota – onalar bilan ishlashda o`qituvchi – logopedlar an’anaviy va noan’anaviy
usullar : anketalashtirish, maslahat – muloqat, ochiq mashg’ulotlardan keng
foydalanadi. O`z navbatida ota – onalar farzandlari ishlari bilan tanishib, ulardagi
muammo va yutuqlardan tegishli xulosa chiqaradilar. O`qituvchi – logoped har bir
bola topshiriqlarni qanday bajarganligini ota – onalarga tushuntiradi. Individual
daftarlar orqali bolalar qanday natijalarga erishgani, qaysi tovushni hosil
qilolmagani, nimada qiynalishi haqida ma’lumot berib boriladi. Shu Bilan bir
qatorda, ota – onalar bolalari bilan topshiriqni qayta ko`rib chiqishlari lozim.
“Men nimani chalayapman o’yini”
O`yinning qisqacha mazmuni: Logoped bolalarni musiqali o`yinchoqlar
bilan tanishtiradi. So`ngra bu o`yinchoqlarni parda orqasiga yashiradi. Parda
(shirma) orqasida turib, bironta musiqaviy o`yinchoqni chaladi va bolalardan qaysi
musiqali o`yinchoqni chalganini so`raydi.
Metodik ko`rsatma: Bolalar tinchgina o`tirib, ohangni diqqat bilan tinglashi
kerak. Bir mashg’ulotda to`rt xildan ko`p musiqali o`yinchoq bo`lmasligi kerak.
Xulosa
qilib aytganda ,tadqiqot jarayonida quyidagi natijalar olindi: nutqi
rivojlanmagan bolalarda bilimidagi kamchiliklar tafakkur jarayoni va natijalariga
va o‘z-o‘zini tashkil qilishning buzilishiga ko‘proq ta’sir qiladi.
Ularda
atrofdagilar to‘g‘risida etarli hajmda ma’lumotlar bo‘lmaydi, borliqdagi
predmetlarning xususiyatlari
va funksiyalari haqida, hodisalarning sabab-tergov
aloqalarini o‘rnatishda qiyinchiliklar tug‘iladi. O‘z-o‘zini
tashkil qilishning
buzilishida hissiyotli-iroda va motiv doirasidagi kamchiliklar sabab bo‘ladi va
psixojismoniy tormozlanish kamdan-kam to‘xtab qolishi va vazifaga qiziqishning
yo‘qligi namoyon bo‘ladi. Bolalar, ko‘pincha, siz taklif qilgan muammoli
149
vaziyatga uzoq vaqt qo‘shilmaydilar, yoki aksincha juda
tez vazifani bajarishga
kirishib ketadilar, lekin bunda vazifaning hamma xususiyatlarini hisobga olmasdan
muammoli vaziyatni yuzaki baholashadi. Boshqalar vazifani bajarishga
kirishadilar, lekin unga qiziqishlari tez yo‘qoladi, hatto vazifa to‘g‘ri
bajarilayotgan bo‘lsa ham, ishni tugatmasdan ishlashdan bosh tortadilar. Bunda,
nutqi rivojlanmagan bolalarda fikrlash operyasiyalarini to‘g‘ri
amalga oshirish
sharoiti qoidaga ko‘ra, saqlangani o‘z-o‘zini tashkil qilishni tartibga solish va bilim
zahiralarini kengaytirilganligi ochib ko‘rsatiladi.Talaffuzni shakllantirish ishi
yakka tartibdagi (guruhli va frontal) mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Bo`lim
bo`yicha tuzatuvchi ta’limning vazifalari bolalarda til
doirasida kuzatish va
umumlashtirish qobiliyatini rivojlantirish, o`zlashtirilgan
leksik va grammatik
materialni bog’langan nutqning turli ko`rinishlarida amaliy qo`llash
malakasini kengaytirishdan iboratdir.
Shunday qilib bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda tarbiyachi va ota-
onaning hamkorligini rivojlantirish o’ta muhim.
Dostları ilə paylaş: