149
vaziyatga uzoq vaqt qo‘shilmaydilar, yoki aksincha juda tez vazifani bajarishga
kirishib ketadilar, lekin bunda vazifaning hamma xususiyatlarini hisobga olmasdan
muammoli vaziyatni yuzaki baholashadi. Boshqalar vazifani bajarishga
kirishadilar, lekin unga qiziqishlari tez yo‘qoladi, hatto vazifa to‘g‘ri
bajarilayotgan bo‘lsa ham, ishni tugatmasdan ishlashdan bosh tortadilar. Bunda,
nutqi rivojlanmagan bolalarda fikrlash operyasiyalarini to‘g‘ri amalga oshirish
sharoiti qoidaga ko‘ra, saqlangani o‘z-o‘zini tashkil qilishni tartibga solish va bilim
zahiralarini kengaytirilganligi ochib ko‘rsatiladi.Talaffuzni shakllantirish ishi
yakka tartibdagi (guruhli va frontal) mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Bo`lim
bo`yicha tuzatuvchi ta’limning vazifalari bolalarda til doirasida kuzatish va
umumlashtirish qobiliyatini rivojlantirish, o`zlashtirilgan leksik va grammatik
materialni bog’langan nutqning turli ko`rinishlarida amaliy qo`llash
malakasini kengaytirishdan iboratdir.
Shunday qilib bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda tarbiyachi va ota-
onaning hamkorligini rivojlantirish o’ta muhim.
Dostları ilə paylaş: