n = 2pV/(RT). (4) Shu paytda doimiy kuchlanish U0 da bajarilgan ish W ham o'lchanadi. Unda zaryad miqdori quyidagicha aniqlanadi Q = W/ U0 .(5) Faradey doimiysi esa (2), (4) va (5) tenglamalarga ko'ra quyidagicha bo‘ladi
Q = W٭R٭T/(2U0 pT)(6) K
1 rasm. Faradey doimiysini suvni elektroliz qilish qismi yordamida aniqlash qurilmasi ERAKLI ASBOBLAR 1 dona suvni elektroliz qilish qismi
1 dona patnis, 6x5 RE
1 dona Joul-vattmetr
1 dona o'zgarmas quvvat manbai 0 ... 15 V
1 dona voltmetr, DC, U < 30 V
1 dona termometr, -10 °C to + 40 °C
Suyultirilgan sulfat kislota, 500 ml
Ulovchi simlar
Qurilma Tajriba qurilmasi 1 rasmda ko'rsatilgan.
Izoh: Suvni elektroliz qilish qismi tajribadan keyin ham to'la qolishi va undan darhol boshqa tajriba uchun foydalanish mumkin. Suvni elektroliz qilish qismi: Suvni elektroliz qilish qismini qo'llash varag'iga (666 446) binoan yig'ing va uni patnisga qo'ying.
Darajalash idishini (a) gaz jo'mragi (b) balandligigacha ko'taring va har ikkala jo'mrakni oching.
Darajalsh idishi suyultirilgan sulfat kislota (1 mol/l atrofidagi) bilan suyuqlik sathi gaz jo'mraklari balandligiga yetgunicha to'diring.
Har ikkala gaz jo'mraklarini yoping.
Elektr simlar: O'zgarmas quvvat manbaining musbat va manfiy qutblarini (c) joul-vattmetr va voltmetrga (o'lchash sohasi:
30V-) rozetkalariga parallel ulang.
Suvni elektroliz qilish qismining elektrodlarini joul-vattmetr rozetkalariga (d) ulang.