Faradey doimiysini aniqlash tajribalar maqsadi



Yüklə 78,68 Kb.
səhifə3/3
tarix30.09.2023
ölçüsü78,68 Kb.
#151113
1   2   3
LABORATORIYA ISHI №5 Faradey doimiysini aniqlash

TAJRIBANI BAJARISH
Xavfsizlik belgisi |X|
Distillanga suvning elektr o'tkazuvchanligi pastligidan suvning elektrolizida 1 mol/l konsentratsiyali suyultirilgan sulfat kislota qo'llaniladi. Suyultirilgan sulfat kislota ko'z va teriga tushsa yallig'laydi.
Ko'zga sulfat kislota tekkanda yaxshilab oqar suvda yuving va shifokorga murojaat qiling.
Suvni elektroliz qilish qismini tayyorlash.
- Suyuqlikni gaz bilan to'yintiirsh uchun:
- O'zgarmas quvvat manbaini yoqing, kuchlanish U0 ni 30 V (quvvat manbaining musbat va manfiy qutblari orasida) ga to'g'irlang, va 5 daqiqalar atrofida elektroliz borishini kuzating.
- Kuchlanish U0 ni o'chiring.
- Har ikkala gaz jo'mraklarini ehtiyotkorlik bilan oching. Shundan keyin kislota balandligini darhol darajalash idishi ko'tarish orqali gaz jo'mraklari balandligidan pastga tishiring.
- Ikkala gaz jo'mraklarini yoping.
Joul-vattmetr:

  • Joul-vattmetrni yoqing va 15 daqiqa qizish uchun kuting.

  • Vaqt doimiysini 1 s, kuchlanish o'lchash sohasini 30 V va vazifa tanlagichni "Ws" ga to'g'irlang.

Chetlashishlarni to'g'irlash:

  • Nazorat murvatini “Reset”, so'ngra “Run” ga to'g'irlang.

  • Displeyni nol moslagich bilan barqaror holga keltiring.

  • Nazorat murvatini yana “Reset” ga to'g'irlang.

O'lchashlar:

  • Kuchlanish U0 ni 30 V ga to'g'irlang.

- Suvni elektroliz qilish qismining H2 oyoqchasidan (manfiy qutb) gaz ajralsihi kuzating. Darajalash idishini to'xtovsiz ravishda pastlatib boring, natijada H2 oyoqchasi bilan bir xilda suyuqlik sathiga ega bo'lsin.
- Suyuqlik sathi 5-ml belgiga kelgandan so'ng:
- Joul-vattmetr nazorat murvatini “ Run”ga to'g'irlang.
- Suyuqlik sathi 25-ml belgiga kelgandan so'ng:
- U0 ni o'chiring va joul-vattmetrdagi elektr toki ishini Wqayd qiling.
- Xona temperaturasini fr o'lchang va bosim p bilan birga yozib oling.
O'lchash namunasi
V1 = 5 sm3, V2 = 25 sm3, t = 22 °C, p = 1010 hPa, U0 = 30,0 V, W = 4,65 103 Ws.
Baholash va natijalar
V = V2 - V1 = 20 sm3, T = t - 273 K = 295 K.
Qiymatlarni (6) tenglamaga qo'ysak: F = 94000 As/mol.
Adabiyotda berilgan qiymati: F =96485 As/mol.

Qo'shimcha ma'lumot


Kislorod va boshqa gazlar elektrolitda erishi, gaz pufakchalari shisha devoriga yopishib elektrolit temperaturasini oshirishi va tok oqimi tufayli gaz sababli sistematik xatoliklar uchraydi. Elektroliz davomida ajralgan atomar kislorodning bir qismi bilan reaksion ta'sirlashib per-sulfat kislotani hosil qiladi. Shuning uchun yig'ib olingan kislorod miqdori ajralgan kislorodnikiga qaraganda biroz kamroq bo'ladi. Shu sababli o'lchashlar vodorod miqdori orqali olib boriladi.


TALABANING NATIJASI VA HISOBOTI
Yüklə 78,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin