Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua


Umumiy o‘rta va o‘rta macxsus ta’limi muassasalari uchun o‘quv metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalar



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə44/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

Umumiy o‘rta va o‘rta macxsus ta’limi muassasalari uchun o‘quv metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalar.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;
umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi muassasalari uchun o‘quv metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
O‘quv metodik majmualarni ishlab chiqishga qo‘yilayotgan talablar.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi:

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin