O‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi?
Tayanch tushunchalar: Tarbiya metodlari, tarbiya usullari, shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar, faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlar, xulq-atvorni va faoliyatni rag‘batlantirish metodlar. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar To‘rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar narsalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: er ag‘darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin erni chopib beringlar, deyman.