Farg’on davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 190,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix17.04.2023
ölçüsü190,68 Kb.
#99084
1   2   3
дили мустақил иши

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. 


Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, 
u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab 
haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi 
harakatini taʼminlaydi. 
Yurakning qiyosiy morfologiyasi. Yurak qon tomirlari sistemasi toʻla 
rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir 
chuvalchangida Yurak vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak 
va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi 
yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga 
ega. Ularda Yurak tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning 
jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va 
yurakka oʻtadi. Yurak qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab 
tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda yurak vazifasini qorin aortasi bajaradi. 
Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yurak 3 kamerali — 2 boʻlmacha va 
qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 
2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 
ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng 
tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yurak oldingi 
pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari 
oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yurak yuqoridan va orqadan 
qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. 
Yurakning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, 
gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda 
Yurak yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va 
yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib 
turadi. 
Keyinchalik 1—3 yoshda Yurak qoʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta 
odamlarda koʻrilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi 
erkaklarda 300 g, ayollarda bir oz kamroq (220—250 g). Yurakning uzunligi oʻrta 
yoshdagi odamlarda 13—15 sm, eng serbar qismi (koʻndalangiga) 9—11 sm, oldingi 
sathi bilan orqa sathining uz. 6—7 sm. Yurak tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng) va 
oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har bir 
odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng mushtidek keladi. Oʻrta yashar odamning 
yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70—75 marta, bir sutkada 100000 marta qisqara 
oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka koʻtarish kuchiga teng. 
Yurakning ustki chegarasi III qovurgʻa togʻayining toʻsh suyagiga 
yopishayotgan joyidan oʻtkazilgan gorizontal chiziqqa goʻgʻri keladi. 


Yurakning oʻng chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan (oʻng III va V 
qovurgʻalar roʻparasida) 2—3 sm chetroqsa boʻladi. Bir yoshgacha boʻlgan 
bolalarda Yurakning oʻng tomondagi chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan 
1,0—1,5 sm chiqib turishi mumkin. Yurakning pastki chap chegarasi V 
qovurgʻaning oʻrta oʻmrov chizigʻidan 1,5 sm ichkariga Yurak uchiga toʻgʻri keladi. 
Yurak chegarasi va vaziyati odam koʻkragining shakliga ham bogʻliq, 
qoʻkragi keng odamlarda Yurak pastroqda joylashadi. Shuning uchun bunday 
konstitutsiyaga ega boʻltan odamlarda Yurak gorizontal holatda turadi. Keng 
(uzunligi oʻrtacha boʻlgan) koʻkrak qafasida Yurak qiyshiqturadi. Ayollar yuragi bir 
oz kichik boʻlib, gorizontal joylashadi. Jismoniy mehnat va sport bilan 
shugʻullanadigan odamlarda Yurakning hajmi birmuncha katta boʻladi. 
Yurak boʻlmachalari — venalar qonini qabul qiluvchi boʻshliqlar. Oʻng 
boʻlmacha katta qon aylanish doirasidan venoz qon olib keluvchi yuqorigi va pastki 
kovak venalar; chap boʻlmachaga 4 ta oʻpka venalari quyiladi. Ikkala boʻlmacha 
qorinchalar bilan boʻlmachaqorincha teshiklari orqali tutashadi. Qorinchalar 
qisqarganda 
teshiklar 
tavaqali 
(qopqoqlar) 
klapanlar 
bilan 
berkiladi. 
Qorinchalarning ichki yuzasida, bir-biri bilan kesishgan muskul tolalari va qorincha 
boʻshligʻiga chiqib turadigan soʻrgʻichsimon muskullar bor. Bu musqullar uchidan 
chiqqan payli tolalar boʻlmachaqorincha klapanlari tavaqalarining qirralariga 
yopishgan. 
Ular klapanlar tavaqalarini boʻlmachaga qarab burilishiga 
(koʻtarilishiga) toʻsqinlik qiladi 
Yurakning koʻkrak qafasida yurak xaltasi ichida joylashishi (yurak xaltasi 
kesib koʻrsatilgan). 
Aorta va oʻpka arteriyasi asosida yarimoysimon klapanlar joylashgan. 
Klapanlar shu tomirlarning yoʻnalish tomoniga ochiladigan 3 tavaqadan iborat. 
Yurak qisqarganda qon oʻng qorinchadan oʻpka arteriyasiga, chap qorinchadan 
aortaga quyiladi. 
Yurakning oʻng qorinchasidan oʻpka poyasi kichik qon aylanish, chap 
qorinchasidan aorta katta qon aylanish doirasi boshlanadi. Yurak oʻz xaltasi — 
perikardga oʻralgan, devori 3 qavat: ichki endokard, oʻrta miokard va tashqi 
elmkardryan iborat. Epikard va perikard oʻrtasidagi tor boʻshliqsa boʻladigan seroz 
suyuqlik Yurak ishlayotganda Yurak devorlarining ishqalanishini kamaytiradi. 
Yurakning muskul qavati — miokard boʻlmachalarida 2, qorinchalarida 3 qavat 
boʻlib, ixtiyorimizga boʻysunmay qisqaruvchi maxsus koʻndalangtargʻil muskul 
tolalaridan tarkib topgan, bu xususiyat uni skelet muskullaridan ajratib turadi. 
Yurakning boʻlmacha va qorincha muskul tolalari 2 ta (oʻng boʻlmacha va qorincha, 
chap boʻlmacha va qorincha orasidagi teshikni oʻrovchi) fibroz tola halqasidan 
boshlanadi. Lekin boʻlmacha muskullari, qorincha muskullari bir-biri bilan 
tutashmagan ayrimayrim fazada qisqaradi. Boʻlmacha muskullari ichdan boʻylama, 


sirtdan koʻndalang, qorinchalarda esa ichki, tashqi qavati boʻylama, oʻrtadagisi 
koʻndalangiga joylashgan. Ichki va tashqi boʻylama muskullar Yurak choʻqqisida 
tutashadi, koʻndalang (oʻrta) muskullar tutashmaydi. Qorinchalararo toʻsiq, asosan, 
muskul toʻqimasi va uni qoplab turgan endokard varagʻidan tuzilgan. 
Miokardda bir-biriga bogʻliq alohida muskul tolalari bor, ular Yurakning 
oʻtkazuvchi sistemasini tashkil etadi. Oʻng boʻlmacha devori, yuqori kovak 
venaning ochilish joyida kovak vena (sinus) "Kis Flyak" tuguni oʻrnashgan. Uning 
bir qism tolalari 3 tavaqali klapan asosi sohasida boshqa boʻlmachaqorincha 
(AshafTavar) tugunini hosil qiladi. Undan boʻlmachaqorincha (Gis) tutami 
boshlanadi. Bu tutam qorinchalararo toʻsiqda oʻziga tegishli qorinchalarga boruvchi 
chap va oʻng oyoqlarga ajraladi. Oyoqchalar endokard tagida alohida Purkinye 
tolalari bilan tugallanadi. Aortaning boshlangʻich qismidan chiquvchi oʻnt va chap 
toj arteriyalari Yurakni qon bilan taʼminlaydi. Yurakning yirik venalari, oʻng 
boʻlmachaga quyiladigan yurak sinusiga yigʻiladi (oʻng boʻlmachaga mayda venalar 
ham quyiladi). Yurakni adashgan va simpatik nervlar innervatsiya qiladi. Bundan 
tashqari. Yurak oʻziga xos impuls oʻtkazuvchi yoʻllarga ham ega. 
Yurak fiziologiyasi. Yurak faoliyati miokardning ritmik qisqarishiga asoslangan. 
Yurak qisqarishi sistola, boʻshashishi diastola deyiladi. Yurak avtomatik tarzda 
qisqaradi. Miokardning qisqarishini taʼminlaydigan impulslar Yurakning 
oʻtkazuvchi sistemasida hosil boʻladi. Kovak vena (sinus) tugunida normada 
minutiga 60—80 marta hosil boʻladigan bu impulslar avval boʻlmacha miokardiga 
tarqalib, undan boʻlmachaqorincha tuguni hamda Gis tutami va oyoqchalari orqali 
qorinchalar miokardiga oʻtadi va ular qisqarishiga sabab boʻladi. Qorinchalarga 
oʻtish vaqtida impulslarning tezligi pasayadi. Shu sababli qorinchalarnikiga nisbatan 
boʻlmachalar qisqarishi ilgariroq tugallanadi. Yurakning qisqarish va boʻshashish 
davri Yurak faoliyati siklini tashkil etadi. Bu sikl boʻlmachalar sistolasi (0,1 sek), 
qorinchalar qisqarishi (0,33—0,35 sek) va umum (qorinchalar va boʻlmachalar bir 
yoʻla boʻshashish fazasi) pauza (0,4 sek)dan iborat. 
Boʻlmachalar qisqarganda ulardagi qon bosimi (oʻng boʻlmachada simob ustuni 
hisobida 1–2 mm dan 6–9 mm gacha, chap boʻlmachada 8–9 mm gacha) koʻtariladi. 
Natijada qon boʻlmachaqorincha teshigi orqali qorinchaga chiqadi. 
Boʻlmachalar qisqarganda qorinchalarga qonning faqat 30% i chiqib, 70% i umum 
pauza vaqtida bemalol oqib keladi. Qorinchalar sistolasi ham fazalarga boʻlinadi. 
Qorinchalar bosimi oshganda boʻlmachaqorincha klapanlari yopiladi, lekin 
yarimoysimon klapanlari ochilmaydi. Bunda (izometrik qisqarish fazasi) 
qorinchalarning barcha muskul tolalari qisqarib, tarangligi tobora kuchayadi. 
Natijada qorinchalar bosimi aorta va oʻpka poyasidagi bosimdan ham oshgach, 
yarimoysimon klapanlar ochiladi; qon qorinchalardan tomirlarga otilib chiqadi; 
qonni haydash fazasi shu tariqa boshlanadi. 
Odamda qonni tomir sistemasiga haydash Yurak chap boʻlmasi simob ustuni 
hisobida 65–75 mm, oʻng boʻlmasiniki 5–12 mm ga yetganda sodir boʻladi. 0,10—
0,12 sek ichida yurak qorinchalari bosimi keskin [chap qorinchada simob ustuni 
hisobida 110–130 mm, oʻng qorinchada 25–35 mm ga (qonni tez haydash fazasi)] 


ortishi kuzatiladi. Qorinchalar qisqarishi (0,10—0,15 sek) qonni sekin haydash 
fazasi bilan tugallanadi. Keyin qorinchalar boʻshasha boshlaydi, ular bosimi tez 
pasayadi, yirik tomirlar bosimi koʻtarilib, yarimoysimon klapanlar yopiladi. 
Qorinchalardagi bosim 0 darajaga tushganda tavaqali klapanlar ochilib, qon 
boʻlmachalardan qorinchalarga tusha boshlaydi. Bu faza tez (0,08 sek) va sekin 
(0,07 sek) toʻlish fazasiga boʻlinadi. Qorinchalar diastolasi ularga qon toʻlishi 
bosqichi bilan tugaydi. Yurak faoliyati sikli fazalarining davomiyligi oʻzgaruvchan, 
Yurak ritmi chastotasiga bogʻliq. Shuning uchun Yurak faoliyati sikli fazalarini 
tekshirish Yurak muskullari faoliyati holatini aniqlashning muhim usuli hisoblanadi. 
Yurakdan minut sayin haydalgan qon miqdori Yurakning minutlik hajmi (MH) 
hisoblanadi, ikkala qorinchadan chiqqan qon miqdori baravar. Odamning tinch 
holatida Yurakning minutlik hajmi oʻrta hisobda 4,5—5 l, Yurakning bir 
qisqarishida haydalgan qon miqdori — sistolik hajmi oʻrta hisobda 65—70 ml ga 
teng 
Yurakning qisqarish kuchi va chastotasi organizm toʻqima va 
aʼzolarining kislorod va oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojiga mos holda oʻzgarib 
turadi. Yurak qisqarishini taʼminlaydigan impulslar oʻzida hosil boʻlsa ham 
faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Adashgan nervlar Yurak qisqarish kuchini 
susaytirib, maromini sekinlashtiradi, simpatik nervlar, aksincha kuchaytiradi. Yurak 
muskullari oʻzini oʻzi boshqarish xususiyatiga ham ega: mas, yurakka qancha qon 
koʻp kelsa, u shuncha ortiq kuch bilan qisqaradi. Yurak muskullarining qancha kuch 
bilan qisqarishi uning choʻzilishi, yaʼni muskul tolalarining dastlabki (qisqarishidan 
avvalgi) uzunligiga bogʻliq. Muskul tolasi qancha tez choʻzilsa, shuncha kuchli 
qisqaradi. Bu yurak qonuni deb ataladi 

Yüklə 190,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin