Fаrg‘onа dаvlаt universiteti chet tillari fakulteti tabiiy yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kаfedrаsi o‘qituvchisi ergasheva shahnozaning 2022 – 2023 O‘quv yili mobaynida shаxsiy rejа bo‘yichа bаjаrgаn ishlаri hisoboti



Yüklə 17,09 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü17,09 Kb.
#133247
Shahnoza Erkinovna yillik hisobot


FАRG‘ONА DАVLАT UNIVERSITETI CHET TILLARI FAKULTETI TABIIY YO’NALISHLAR BO’YICHA CHET TILLARI KАFEDRАSI O‘QITUVCHISI ERGASHEVA SHAHNOZANING 2022 – 2023 - O‘QUV YILI MOBAYNIDA SHАXSIY REJА BO‘YICHА BАJАRGАN ISHLАRI HISOBOTI


1. O‘quv ishlari bo‘yicha.
Menga bahorgi semestr davomida yuklamani bajarish uchun jami 100,5 soat ajratilgan bo‘lib, biologiya yo’nalishi 20-69,20-70 va 20-71 guruhlarida ingliz tili fanidan amaliy darslar o’tdim. Guruhlar jurnaliga joriy, oraliq, mustaqil ish baholarini qo‘yib, fanlarni yopdim. Yakuniy nazorat uchun testlar bazasini shakllantirib, nazoratchiga taqdim etdim. Fevral oyida 2-semestr bo‘yicha menga ajratilgan fanlardan mavzularni Hemis platformasiga kiritib, resurslarlar joyladim. Mustaqil ishi loyihalariga rahbarlik qilib, ular bo‘yicha talabalarga kerakli maslahatalar berib bordim.
2. O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha.
Men ushbu bo‘lim bo‘yicha menga berilgan barcha fanlar uchun fevral oyining boshida ikkinchi yarim yillik uchun O‘UMlarni takomillashtirib, foydalanishga tayyorladim. Menga yuklatilgan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni olib borish uchun darslarga tayyorgarliklar ko‘rib, turli xildagi mavzu yuzasidan elektron taqdimotlar, tarqatma o‘quv materiallar tayyorladim hamda talabalarga taqdim etdim. Talabalar bilimini baholash uchun oraliq va yakuniylardan nazorat savollari (testlar, yozma ish savollari va boshqalar) tayyorladim.
3. Ilmiy-tadqiqot ishlar bo‘yicha.
2022-2023-o‘quv yilining ikkinchi yarmida "Turli tizimdagi tillarda ertak diskursining leksik-semantik va grammatik xususiyatlari" mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlayotgan dissertatsiya ishini boshladim
2022-2023-o‘quv yilining ikkinchi yarmida mavzuyim bo‘yicha quyidagi maqolalarim chop etildi:





Ilmiy asar nomi

Bosma

Jurnal, to‘plam (yil, nomer, betlari), nashriyot yoki mualliflik guvohnomasi nomeri

Hajm

Hammuallif

1

The Role of Translation Art in English and Uzbek Languages

Bosma

European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E): 2938-3625 Volume 1, Issue 2, May, 2023

4 bet

-

2

РЕКЛАМА МАТНИНИНГ ПСИХОЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТИ

Bosma

“Involta” innovation Scientific Journal. Vol-2. No.5 May (2023)

4 bet

-


4. Ustoz-shogird ishlari bo’yicha.
Universitet, fakultet va kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol qatnashib kelmoqdaman. Darsdan tashqari vaqtlarda davra suhbatlari uyushtirib kelinmoqda. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish uchun atrof-muhitga foydali bo‘lgan jamoaviy ishlarni tashkillashda 20- 70 guruh talabalari bilan 5-iyun “Butunjahon atrof muhit kuni” munosabati bilan “Chiqindilarsiz makon yaratamiz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan Eko ploggingda faol ishtirok etdim. Shu bilan birga 20-69 guruh talabalari bilan ingliz yozuvchisi hamda shoiri Villiam Shekspir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Villiam Shekspir 459 yoshda” mavzusida kichik ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkilladik.
5. Rejadan tashqari ishlar.
Darsdan tashqari past o‘zlashtiruvchi va darslarni qoldirgan talabalar bilan ishladim. Ularga mavzularni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashdim.

O‘qituvchi: Sh.Ergasheva.
Yüklə 17,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin